kitobchasi chop etilgan. Bular „Kulib tursinlar doim “ (1987-yilda,
Habib Rahmat bilan biigalikda) va „Sehrli so‘z “ (1993- yilda).
Shoirning birinchi kitobchasiga, asosan, parranda va darran-
dalaming hayotidan hikoya qiluvchi jajji va quvnoq she’rlar kiritilgan.
Burgut, baliqcha, zebra, mingoyoq, tuyaqush, xo‘roz, kakku, echki,
begemot, sirk sherlari haqidagi she’rlami, Bo‘ri, Tulki, Fil, Jirafa,
Ayiq, Quyon va Kenguruning antiqa futbol o ‘ynagani haqidagi alo-
hida quvnoq hangomani o'qisangiz, ular bir umiga yodingizda qoli-
shiga ishonaman.
M a'm ur Qahhor bir she’rida tuya o'zini tog‘ga qarindosh deb
hisoblaganini (o'rkachi tog'ga o ‘xshash-da), yana bir she’rida quyon
o ‘z soyasidan cho‘chib, tinmasdan yugurganini, boshqa bir mashqida
kapalak har bitta gul bilan so‘zlashib, ko'ngliga yaqin do‘st izlaganini
yozadi.
Kuchuk bolalari bilan qanday voqea ro‘y berganini ushbu she'rni
o ‘qib bilib olasiz. Qanday xulosa chiqarish o'zingizga havola.
Dostları ilə paylaş: