Ijod borasidagi suhbatimiz aylanib-aylanib she’riy shakllarga kelib
taqaldi.
— Bizgacha hamma shakllar kashf etilib bo‘lingan shekilli. Mum-
toz adabiyotimizning o ‘zida qancha, — degandi o'shanda Hamza
akam negadir bir so‘lish olib. — 0 ‘zim ham shu narsada oqsayman.
Ko‘p o'qishimiz kerak, juda ko‘p.
Yarim kechagacha davom etgan gurungimiz menda unutilm as
taassurot qoldirdi. Ijodga yanada mas'uliyat bilan yondashishim ke-
rakligi ayonlashdi. Shundan so‘ng she'rlarim ning mazmuniga mos
shakllar izlay boshladim.
Bir kuni xayolimga bolalikda o ‘ynagan o'yinlarimizdan biri lop
etib kelib qoldi: bir sinfdoshim partamga uchta katakcha chizilgan
varaqni qo ‘yib, katakchalar ichiga „Sobir“ deb yozib berishimni
so‘ragandi. „Sobir“ so‘zi beshta
harfdan iborat, katakchalar uchta
bo'lsa... Buning esi joyidami, dedim ichimda. Epini qila olmagandim,
o ‘zi katakchalarni
o
ko‘rinishida to‘ldirdi.
Qoyil deb yubordim buni ko‘rib... Keyinchalik, 1972-yili polyak
shoirlarining rus tilida nashr etilgan she’rlarini o ‘qib, shu ko‘ri-
nishdagi bir-ikkita satrni uchratdim va raqamli she’rlar yozishga
kirishdim. Ancha-m uncha so‘zlarimizda raqam elementi bor ekan:
masalan, to ‘rtko‘z, Oltiariq, Oltinoy, beshik va hokazo. Bu kabi
so‘zlarning bari shu turkumdagi she’rlarimdan joy oldi.
Bir shakl ikkinchi shaklni izlashimga turtki bo‘ldi. Bir kuni Tohir
Qahhorning turkum she'rlarini o ‘qib qoldim. Sarlavhalar she’rlarning
oxirida qo‘yilgan edi. Turkumni shoir
Dostları ilə paylaş: