Peshanalariga kelajakning buyuk shoirlari bo‘lishdek
baxt bitgan
yosh do'stlarim, ijodimizni davr, zamon ko‘zi bilan o ‘qinglar,
kuza-
tinglar. Ana shunda manzillaringiz bexatar bo'ladi...
llr
*
*
Hazrat Navoiy va Bobur tavalludiga bag'ishlangan tadbirda qat-
nashdim. M a’ruzalami 2 soatcha eshitdim. Xulosam shu bo'ldiki, 45
yoshga
kirib ham na Navoiydan, na-da Boburdan hech narsa bilmas
ekanman! Qayta-qayta o'qib uqishim
kerak ekan bu allomalarning
asarlarini. Shunda... yozganlarim ko'zimga g‘aribdan g‘arib ko‘rindi.
Nafaqat yozganlarim, o'zim ham...
* * *
Ba’zi asarlarni o ‘qib kuchingga kuch qo'shilganini sezasan,
ba'zilarini o‘qib madoring quriydi.
* * *
Shoirlikka o'qitadigan maktab yo‘q, biroq o ‘qib-o‘rganishga ar-
zigulik saboqlar ko‘p.
* * *
Ijodkor nimaga ko‘proq e ’tibor berishi kerak degan savolga 35
yoshimda shunday javob bergan ekanman: „M enimcha, u, awalo,
so'zni his etishi kerak. So'zni his etish qalamkash zimmasiga m as'u-
liyat yuklaydi. Mas’uliyat uni o ‘z m ahoratini oshirishga undaydi.
0 ‘qish, uqish, o'rganish,
xulosa chiqarish, fikr yuritish — izlanish,
dem ak“ .
* * *
...Ba'zilar hatto qahraton qishda ham sochini qirtishlatib oldirib
yuradilar. Ijodkorlar ham o ‘z kasb-korlariga „yopishib“
olmasdan,
boshqa tizim, boshqa sohalarda ham vaqt-vaqti bilan xizmat qilsalar,
qishda soch oldirgan odamlar kabi „issiq-sovuq“ ni
yaxshi his etadigan
bo‘ladilar. Tog‘ uzoqdan tiniq ko‘rinadi deganlaridek,
boshqa kasb,
boshqa hunar, boshqa soha kishilariga
ham
adabiyot, ijod ahlining
ijodi, turish-turmushi aniq ko‘rinadi. Ular
fikriga suyangan ijodkor-
ning o‘ziga o ‘zi
beradigan bahosi haqiqatga yaqinroq bo'Iadi.
98
www.ziyouz.com kutubxonasi