U n i i z la s h ib y u b o r .
—
B e k o r m a s m a n ,
S u la y m o n ,
H o z i r b o r ib u x la y m a n .
Ne'mat Dushayev
M o m a q a ld ir o q q a
G u m b u r ta y s a n b u n c h a h a m
N i m a k e l a r q o T i n g d a n ?
P o ‘p i s a n g d a n q o ‘r q m a y m i z ,
0 ‘t - e , q o lm a y o ‘tin g d a n .
B a r c h a s h o v q i n - s u r a n i n g
D a r r o v o ‘tib k e ta d i .
K u c h in g f a q a t b u lu tn i
Yig ‘ta tis h g a y e t a d i !
Qo‘zi Ismoil
JO N IM N IN G SURATLARI
( A d a b i y q a y d l a r )
* * *
Ijodkor olimga ham, g‘awosga ham, zargarga ham o ‘xshaydi. U
shu m a'noda olimki, yuragini taniganidan boshlab um r bo‘yi o ‘z
qalbini tadbiq etadi, o ‘rganadi. Shu m a'noda g‘awoski, qalbining
tub-tublarida yashirinib yotgan fikr va tuyg‘u „dur“larini qog‘oz
yuziga olib chiqadi va olib chiqqan onidan boshlab so‘z tarashlovchi
usta — so‘z zargariga aylanadi.
•k
'k
'k
Shoir va she’riyatni olam ichra olam deb ham atash mumkin.
* * *
Ijodkoming u matbuotda u asarim, bu vaqtli matbuot nashrida bu
asarim chop etilib turibdi, deb o'zini ovutishi har qalay aqldan emas.
Qalamkash ko‘proq izlanib, ko‘proq ijod bilan mashg‘ul bo‘lmog‘i
90
www.ziyouz.com kutubxonasi
lozim. Chop ettirishga gazeta ham, jum al ham, vaqt ham istagancha
topiladi.
* * ★
Ba'zi adiblar shunday asarlar yaratadilarki, o'qim ay g'ofil qol-
ganingdan uyalib ketasan.
*
*
*
Tog'dek mustahkam FIK R ham zamon zayli-yu vaqt mayli tu-
fayli shamdek erib, kuchdan qoladi. Fursat, ya'ni oliy hakam —
VAQT hatto mahoratga ham soya sola oladi. Nazarimda ijodda,
aw alo, IFODA — OVOZ o ‘ziga xos bo'lishi kerak. Mana shu narsa
asarning jon ozig‘i bo‘lsa ehtimol?
* * *
„Xabar“ degan so‘z bor, „bo‘y“ degan so‘z bor. Shu ikki so‘zni
yanada jozibali, hayratli ko‘rinishga keltirish mumkin. Qanday qilib
deysizmi? Buning yo‘li juda oson. Siz bu so‘zlarni „xushxabar“ ,
„xushbo‘y“ deb o ‘qisangiz bas,
manzara butunlay boshqacha tus
oladi.
Shoirlik ham shu — so‘zga, so‘z orqali fikrga jilva berishdir.
*
*
*
Miltiq otilsa-yu o ‘q nishonga borib tegmasa, ayb miltiqda emas,
otuvchida bo‘ladi. Shuningdek, kitob yozilsa-yu o ‘quvchi ko‘nglidan
joy ola bilmasa, bunga o ‘quvchi emas, aksincha, muallif sababchi
bo ‘ladi.
*
*
*
0 ‘zbek b o lalar s h e ’riyati n azarim d a ochilayotgan q o ‘riqqa
o ‘xshaydi. (Bosib o ‘tilgan bir-bir yarim asr tarix oldida nima degan
gap.) Quddus Muhammadiy, Uyos Muslim, Tolib Yo‘ldosh, Po‘lat
M o‘min kabi otaxon ijodkorlarimiz o ‘z asarlari misolida qo‘riqning
qay tom onda ekanini „ko‘rsatib“ bergan bo‘lsalar, Sulton Jo‘ra, Zafar
Diyor, Q udrat H ikm atlar o ‘sha yerlarga ilk bor urug‘ qadagan
ijodkorlar sirasiga kiradilar. Anvar Obidjon, Tursunboy Adashboyev
kabi shoirlar bu yerlardan qanday hosil olish lozimligini ko‘rsatib
berganlardandir.
91
www.ziyouz.com kutubxonasi
She’rlarim ko'ngil atalmish bog‘imning mevalaridir.
*
*
*
She’rning asosi fikr. Uni shoirning yuragiga Yaratgan soladi.
Niyat, yozish shoirdandir.
*
*
*
Yaxshi shoir asalariga o'xshaydi. Asalari bolni millionlab gul-
g'unchalardan to ‘plaganidek, shoir ham o ‘nlab, yuzlab asarlarni
o ‘qib, hayotni o'rganib, kuzatib asar yaratadi.
* * *
Bolalar shoirlarining aytadigan so'zining mazasi kamida sutning
mazasiga, she'rining „kaloriyasi“ qaym oqning kaloriyasiga teng
bo‘lishi kerak.
*
*
*
Yozib bir quvonaman, yozganlarimni yirtib, tashlab yuborib, bir
quvonaman. Shoirlik degani balki shudir.
*
*
*
Bolalar she’riyatidan kattalar she'riyatining isi kelib turishini
tabriklash kerak.
* * *
Shoirlik ba'zan yozmaslikka ham o'xshab ketadi.
* * *
Adabiyotni quyoshga, shoir va
yozuvchilarni uning atrofida
aylanuvchi sayyoralarga o'xshataman. Ular safida bolalar adiblarining
tezroq ko'payishini istayman.
* * *
Shoir o ‘z ko‘nglini odamlar diliga so‘z rishtasi orqali boglovchi
insondir.
92
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yaxshi kitob ruhni poklaydigan malhamdir.
* * *
Ajoyib asarlar ajoyib ijodkorlaming umrlari hisobiga dunyo yuzini
ko'radi. Bunday asarlami asrash, avaylash va qadrlash kerak. Ijod-
korini ham.
*
*
*
Gugurt cho'pining alanga olishiga bitta uchqun kifoya qilganidek,
bittagina yaxshi asar ham yaxshi kitoblar yozilishi uchun sabab bo'la
oladi.
* * *
Shoirni shoir tanisa yaxshi, el tanisa undan ham soz!
*
*
*
Dam yemagan oshni yeb boMmaganidek, tuzukkina qalami bor
ijodkorlaming asarlarini shundog‘icha — tahrirsiz chop etish mumkin
emas.
* * *
Yaxshi kitobni bellashuvni g‘alaba bilan yakunlagan futbol jam oa-
siga o ‘xshatam an. 0 ‘yin garchi g‘alaba bilan tugagan bo‘lsa-da,
to'qson daqiqaning m a’lum soniyalarida o‘yinchi!ar bir-birlarini tu-
shunmay, sust, qo‘pol, zerikarli o ‘yin ko‘rsatganlari singari kitobda
ham zavqsiz, juz'iy kamchiliklar mavjud bo‘lgan o ‘rinlar uchrashi
tabiiy. Bu kamchiliklar muallifning mahorati ortgani sari bartaraf
bo‘lib boraveradi.
*
*
*
Quvnoq asaming umri uzoq bo‘ladi. Chunki quvnoqlik abadiydir.
*
*
*
SheYlarim — ruhimning islari, jonimning suvratlaridir.
* * *
Asami tahrir qilish uchun ham ilhom kerak.
93
www.ziyouz.com kutubxonasi
* * *
Eskirgan asar sovigan ovqatga o ‘xshaydi.
*
* *
Qozonga tushgan masalliq dog‘ boMgan yog'da „cho‘milgan“ idek,
shoiming yozajak satrlari ham hissiyot atalmish yog'ga bir-bir shim-
dirib olinishi shart. 0 ‘shanda o'quvchi asar ta’mini uzoq vaqt tuyib,
sog‘inib yuradi.
*
*
*
Bolalar shoirlarining asarlari bolalardek emas, Bolalikdek bo‘lishi
kerak. Bolalar o'sadilar, ulg'ayadilar. Bolalik esa qarish nimaligini
bilmaydi.
*
*
*
0 ‘zini hurmat qiladigan, adabiyotdagi o ‘rni uchun qayg'uradigan
har bir ijodkor badiiy va badiiyatga doir asarlarni ko'zdan kechirib
o ‘z vaqtida „hisob-kitob“ ishlarini o ‘tkazib borgani ma'qul.
* * *
Ijod
olami sirli olam. Ijod sirlaridan biri shuki, qachon, qay
paytda, qanday janr, qay mavzuda qanday asar yozishingni umuman
bilmaysan. Yuraging bo‘lsa, Umid bilan uraveradi...
* * *
Adabiyot shuhrat maydoni emas, adabiyot TASKIN bog‘idir.
* * *
Yozish boshqa, yondashish boshqa.
4
4
4
Shunday badiiy kitoblar ham b o ‘ladiki, yigirma yilda besh
varag‘ini o ‘qib chiqishga ham na fursating bo'ladi, na qunting.
94
www.ziyouz.com kutubxonasi
Odatda, yangi damlangan choy dam yeb, shamasi choynak tagiga
cho'kishi uchun bir muddat tin oldirib qo‘yiladi. Yangi yozilgan asar
ham choy singari picha „tindirilsa“ hech qachon ziyon ko'rilmaydi.
* * *
She’r chaqaloqqa ham o'xshaydi. Chaqaloqning oyoqqa turib, tili
chiqishiga ma'lum muddat kerak bo'lgani kabi she’r ham o ‘quvchi
e ’tiboriga havola etilguniga qadar pardozlanishi, tahrir qilinib, imkon
qadar qisqartirilishi, his va aql mezonida qayta-qayta o ‘lchab ko‘ri-
lishi kerak.
* * *
Odamlarni kuldirish, „qitiq pati“ga tegish qiziqchilarning ishi.
Shoirlarning yumushlari K O 'N G ILLA R N I UYG'OTISHdir!
* * *
Ijodkorlarni oshpazlarga ham qiyos qilish mumkin. Oshpazlar
taomlarini qozonda tayyorlasalar, ijodkorlar o ‘z asarlarini qalb
„qo-
zonlari“da pishiradilar.
*
*
*
Badiiy kitoblardan m atn ko‘chirish, ulardagi g‘oya, m azmun,
shakl va boshqa o ‘ziga xos unsurlarni yozib borish go‘yo sutning
yuzidan qaymog'ini suzib olib tanovul etishga, hozirlab qo‘yishga
o ‘xshaydi.
* * *
XX asr o ‘zbek she’riyatini diqqat bilan nazardan o'tkazsak, uning
asr boshidan asr adog‘i sari tobora tuyg‘ulashib borganining guvohi
bo ‘lamiz.
* * *
Boshqa biron-bir asarga almashtirishga ko‘z qiymaydigan, doimo
mehr va sog‘inch bilan yodga olinadigan kitoblami yaxshi kitoblar
degim keladi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
* * ★
Ba'zi qalam ahllarining o ‘z ijodlariga o‘zlari
beradigan baholari
samokat minib yurgan kichkintoylaming katta ko'chada mototsiklni
boshqarib boryapmiz, degan xom xayollariga o'xshaydi.
*
*
*
Yozishni bilgan shoir emas, nimani, qanday yozishni bilgan shoir.
*
*
*
She'r degani nima? Bu savolga ehtimol umrim bo‘yi aniq javobni
topa olmasman.
Ammo uning nimadan yaralishini bilaman. Hech shubha yo‘qki,
u Mehrdan BUNYOD boMadi.
Dostları ilə paylaş: |