B o l a l a r b o s h i n i s i l a m o q k e r a k ,
U la r g a b a x t - i q b o l t i l a m o q k e r a k .
Y u z, k o ‘z i d a n o ‘p i b b e r m a n g i z o z o r ,
B o l a l a m i g u l d a y h i d l a m o q k e r a k .
Mirza Qaynarov
Shunday sheTlar bolalar gazetalari va jurnallari sahifalarida tez-
tez chop etilsa qanday yaxshi!
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ayrim she'rlar hatto gazeta-jurnallar sahifalarida
chop etilgan
bo'lsa ham she’r ixlosmandlarining dilidan joy ololmaydi. Bu tabiiy
hol, Shuning uchun siz she’r yozsangiz-u, uni gazeta-jumallar chop
etmasa, xafa b o ‘Imang. Mabodo, chop etishsa, o ‘zingizdan ketib
qolmang. Chunki gazetada she'ri chiqqan va she’r yozayotgan faqat
siz emassiz. Bugungi kunda yuzlab, minglab tengdoshlaringiz bu
borada o ‘z!arini sinab ko‘rmoqdalar.
Endi sizga ijodga oid maslahatlarimni havola etaman. Ularga
amal qilsangiz, albatta she'riyat bo'stonida o ‘z o'rningizni topasiz,
hech bo‘lmaganda, she'riyat haqida yanada teranroq tushunchaga ega
bo'lasiz.
1. Ravon, tushunarli, qisqa yozing.
2. Muhim fikrni muhim emasidan ajrata biling.
3. 0 ‘zingizni o ‘zingiz takrorlamang.
4. Sizgacha yozganlami ham takrorlamang.
5. Sizni takrorlashlariga
befarq bo'lmang.
6. Ko‘p kitob o‘qing, ko‘p she’r va qo‘shiq yodlang.
7. She'rni she’rsifat va she’rsimon mashqlardan ajrata biling.
8. Adabiy to'garaklarga qatnashing, ustozlar etagidan tuting, bi-
ror musiqa asbobida musiqa chalishni o'iganing (bu ham muhim).
9. Mavzu doirangizni kengaytirishga harakat qiling.
10. Mavsumiy mavzularda yozishdan qoching.
11. K o‘nglingizga yoqmagan m ashqlaringizdan voz kechishni
o'rganing.
12. Samimiy, oz-u soz yozing.
13. Kutubxonalarga a'zo bo'ling, o ‘z shaxsiy kutubxonangizni
tashkil eting.
14. Vaqtni qadrlang. 0 ‘git va maslahatlarga e'tiborsiz boMmang.
15. Mashqingizni qaysi kun, oy, yilda yozganingizni qayd etib
borishni unutmang.
RE.IA HAQIDA
/7
Q / 1 jodda ko‘p narsa rejaga bog‘liq. T o‘g‘ri, she’r — asar hech qa-
^ c h o n reja asosida yozilmaydi. U kutilmaganda qalbda tug'iladi.
Ilhom bilan dunyo yuzini ko'radi. So‘ng „pardoz-andoz“ qilinadi. Bu
oTinda reja deb — o ‘ziga xos hisob-kitob, uzviylik, m a’lum tartibga
rioya etish, niyat va matematikani tushunishingizni so‘rayman.
8 0
www.ziyouz.com kutubxonasi
Birorta she’r qoralab qolsam, uni kamida 6 oy, yo‘qsa 1 yilgacha
hech qaysi gazeta yoki jurnalga bermayman. Mashqni har oyda bir-
ikki marta ko'zdan kechirib, u yer bu yerini tuzataman. Cho'zilib
ketgandek tuyulsa, qisqartirish payida bo'lam an. Shunday hollar ham
bo'ladiki, satrlarni o ‘zgartira-o‘zgartira she'rning yana o ‘sha — ilk
variantiga qaytib kelaman. G ohida voz kechib, tashlab yubormoqchi
bo‘lgan she’rimga 2—3 ta o'zgartirish kiritib, uni yangidan „yaxshi“
ko‘rib qolaman va „yaxshiyam yirtib, tashlab yubormaganim“ , deb
quvonaman. Ba’zida yillar davomida asrab-ardoqlab kelgan she'rim
kutilmaganda o'zimga yoqmay qoladi va
bahridan o'tam an.
Reja haqida so‘zlayotgan edim. Badiiy asarlar bilan tanishishni
to ‘g‘ri yo‘lga
qo‘ying va muntazam ravishda tanishib boring.
Kitoblarni bir emas, kamida besh martadan o ‘qing. Mutolaa daf-
tarini yuriting. Asarning nimasi yoqdi, nimasi yoqmadi, borini yozib
boring. Ana shunda adabiyot borasida „uyda o'tirib ham ko‘chani
ko'ra oladigan“ bo'lasiz.
Qisqasi, rejali ravishda o ‘qish-uqishdan tolmang! 0 ‘rganishdan
charchamang. Bularning bari bir kuni albatta o‘z mevasini beradi.
S O ‘ZN IN G TA’M I
J i / '
aqinda Yoshlar telekanalida 0 ‘zbekiston xalq shoiri Jamol
Kamol kitob mutolaasi haqida so'zlab, kitobning televizor va
kompyuterdan farqli jihatlarini kichkintoylarga sodda misollar orqali
tu sh u n tirib berdi. U stoz televizor va kom pyuter ishqibozlarini
stadionda ftitbol tomosha qilib o'tirganlarga, kitobsevar bolalami esa
aynan futbol o'ynayotgan o ‘yinchilarga qiyosladi. „Kitobxon mutolaa
jarayonida asar qahram onlari bilan
birga yashaydi, yonm a-yon
yuradi, asar ichiga kirib, so‘zning mazasini his etadi“ , dedi piro-
vardida shoirimiz.
Ajabo, so‘zning ham mazasi, ta ’mi boMadimi? U axir non emas-
ku... yeyilsa, yoki choy kabi ichilsa? Hatto so‘zni ko‘rib ham bo‘l-
maydi-ku? Shoirimizning bu qiyosi menga
manzur bo'ldi. Qiyosni
qanday tushunganimni hozir sizga so‘zlab beraman.
Faraz qiling, yaqin o ‘rtog‘ingiz sizdan qarzga pul olgan. Siz esa,
deylik, pulni o n an g izn in g beshik t o ‘yiga atab yig'ib q o ‘ygan
jam g‘armasidan hech kimdan so'ram ay olgansiz. D o‘stingiz pulni
qaytarib bera olmayapti. Onangiz esa ertalab bozorga borishi kerak.
6 — G 'a ro y ib avtobus
81
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ahvolingiz o ‘ta chatoq. Qanday qilib bo‘lsa ham pulni olib kelish
kerak. Demak, maqsadingiz aniq. D o‘stingizning
uyiga borib nima
deysiz? Gapingizni istasangiz, istamasangiz miyada oldindan pishitib
olasiz. Siz shubhasiz chorasiz
ahvolingizni eng ta'sirli, aniq-tiniq
so‘zlar bilan ifodalaysiz. „Endi
onamning ko‘ziga qanday qaray-
m an?“ degan gapdan „onam bilsa, boshimda yong'oq chaqadi“ degan
gapingiz do‘stingizga ancha kuchli ta’sir qiladi.
So'zning „ta’mi“ , ta ’sir kuchi o'zgarayotganini payqayapsizmi?
She’r degani ham shunday gap. Ko'ngildagi dardni, quvonchni,
fikrni o‘quvchiga chiroyli, ta'sirchan, „mazali“ , „ta’mli“ so'zlar or-
qali ifoda etishdir. Bu so‘zlarda yolg‘on, lof, oshirib yuborish bo'lishi
tabiiy. Chunki tashbehlarsiz she'r she’r bo‘lmaydi. So‘z ta’mini his
etish degani, nazarimda shu. „Toshkent“ degan so‘zdan „Ona Tosh-
kent“ so‘zlari ancha ta'sirchan. „Ona Toshkentim" iborasi
yanada
shirali. „Toshkentim onam “ iborasi esa undan ham ko'ngilga yaqin,
yoqimli.
So‘zni did bilan tanlab, ishlata bilsangiz nutqingiz ham, mash-
qingiz ham ravon, go‘zal va ta'sirchan chiqadi. Bu fikrimni quyidagi
misoldan uqib olishingiz mumkin.
Deylik, „Tong“ haqida shunday satrlarni to ‘qidik:
Dostları ilə paylaş: |