1JOD K O R D O 'STLA R IM
olalar she’riyati deb nomlanuvchi m uattar bo'stonga sayoha-
timiz
yana ham mazmunli, qiziqarli va yodda qolarli o'tishi
uchun sizni ijodkor do'stlarimning qalb „qozoni“ da pishgan ayrim
she’rlari
bilan yaqindan tanishtiraman. Bu she'rlarning aksariyati
samimiyligi, kitobiylikdan xoliligi va o ‘ziga xosligi bilan meni maftun
etgan. Ular bilan tanishsangiz, mazmun
bilan shaklning bir-biriga
nihoyatda mosligiga
to ‘la ishonch hosil qilasiz.
Qo‘limda gurlanlik iste'dodli bolalar shoiri Sodiqjon Inoyatovning
ikki kitobchasi. Ulardan biri
„Omon bo‘lsa do‘stlarim“ , ikkinchisi
„Yorug‘ kunlar“ deb ataladi. Birinchi kitobcha 1995-yili
shoir Ham-
za Imonberdiyev, ikkinchi kitobcha 1998-yili m ening m uharrir-
ligimda nashrdan chiqqan.
She'rni hikoya tarzida so'zlab berish odobdan sanalm asa-da,
m a'lum ot uchun Sodiqjon akaning nimalar haqida yozganini aytib
o ‘taman. Shoir qishning so‘nggi kunlari haqidagi she'rida
pana-pana
joylarda maysalaming quyoshni sog‘inib bosh ko‘tarishayotganini,
osm onda oftobning sasi — ya'ni nurlari jaranglayotganini chizadi.
Manzara juda chiroyli! Yana bir she'rida hasharga borgan bolalar-
ning bog‘da yer chopib, mehnat qilish o'rniga, dovuchcha terishga
tushib ketishgani,
tushlik paytida, „ovqatga kelinglar-ov“ — deb
chaqirishganda, uyalib qolganliklari hajvga olingan.
Lola ismli qizni ko'rganda she’r qahramonining akasi nima uchun
uni „siz“lab, duduqlanib qolishi sababini shu kitobcha qo‘lingizga
tushsa, „Q o‘shni qiz“ sarlavhali she'm i o‘qib bilib olasiz.
0 ‘zingizga ma'lum, hayot faqat o‘yin-kulgi va tomoshadan iborat
emas. Ming afsuski, inson hayoti davomida yo‘qotishlar ham bo‘lib
turadi. „Yo‘qotish“ sarlavhali she'rida shoir onasi olamdan o‘tgan
bolakaylaming ruhiy holatlarini ko'zida yosh bilan tasvirlaydi: Kun,
hafta o ‘tgani sari bolalar onalarini sog‘inishadi, bog‘chaga boradigan
bolakay esa har sahar akasiga: — Men bog‘chadan
qaytgunim cha
oyim uyimizga kelsin, deyishini qo‘ymaydi.
Bunday ta’sirchan, tarbiyaviy ahamiyati katta
she'rlar shoirning
„Yorug‘ kunlar“ nomli kitobchasida ham talaygina.
Farg'onalik ijodkor M a'm ur Qahhoming ham shu kungacha ikkita
86
www.ziyouz.com kutubxonasi
kitobchasi chop etilgan. Bular „Kulib tursinlar doim “ (1987-yilda,
Habib Rahmat bilan biigalikda) va „Sehrli so‘z “ (1993- yilda).
Shoirning
birinchi kitobchasiga, asosan, parranda va darran-
dalaming hayotidan hikoya qiluvchi jajji va quvnoq she’rlar kiritilgan.
Burgut, baliqcha, zebra, mingoyoq, tuyaqush, xo‘roz, kakku, echki,
begemot, sirk sherlari haqidagi she’rlami, Bo‘ri, Tulki, Fil, Jirafa,
Ayiq, Quyon va Kenguruning antiqa futbol o ‘ynagani
haqidagi alo-
hida quvnoq hangomani o'qisangiz, ular bir umiga yodingizda qoli-
shiga ishonaman.
M a'm ur Qahhor bir she’rida tuya o'zini tog‘ga qarindosh deb
hisoblaganini (o'rkachi tog'ga o ‘xshash-da), yana bir she’rida quyon
o ‘z soyasidan cho‘chib, tinmasdan yugurganini,
boshqa bir mashqida
kapalak har bitta gul bilan so‘zlashib, ko'ngliga yaqin do‘st izlaganini
yozadi.
Kuchuk bolalari bilan qanday voqea ro‘y berganini ushbu she'rni
o ‘qib bilib olasiz. Qanday xulosa chiqarish o'zingizga havola.
Dostları ilə paylaş: