12
Qahramon xarakterining zaif tomonlari:
sirdoshi yo„qligi,
odamlarga ishonchsizligi,
umr bo„yi nafrat tuyg„usi, qasos hissidan
qutula olmagani, ta‟nalari
sababli odamlar
uni eslamay qo„yishlari, o„jarligi.
Xavf-xatar:
otboqarning
doimiy
qo„rqitib, po„pisa qilishlari.
Asar yuzasidan quyidagicha savollar bilan murojaat qilinishi o„quvchilarni
qahramonlarning o„zaro munosabatlari hamda ichki kechinmalariga o„z
tushunchalari, hayotiy kuzatishlari va tajribalari
asosida fikr yuritishga
yo„naltiradi:
1. Asar nomlanishining qahramonlar qismatiga aloqasi bormi?
2.Ayolning faqat achchiq xotiralarga suyanib yashashini qanday baholaysiz?
Axir u hayotini yangidan boshlashi, baxtli hayot kechirishi mumkin edi-ku?
3. Nojoiz kalaka va kamsitishlardan zada bo„lgan
odamlar uni unutishga
haqli edimi?
4. Zamon otboqarning sirli o„limi haqida nima deya olasiz?
5. Momo turmush tarzi va ruhiyatida qanday mutanosiblik bor?
Olib borilgan ishlar asosida o„qituvchi hikoya, syujet, adabiy qahramon kabi
tushunchalarga ham izoh berishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: