19
Tahlil “...badiiy matnni o„qish jarayonida o„qituvchining izohi shaklida ham,
asarni detallashtirib ko„zdan kechirish shaklida ham, qahramonlarni tavsiflash yoki
tasviriy ifoda vositalarini aniqlash shaklida ham bo„lishi mumkin... Chuqur
ma‟nodorlik adabiy tahlilning eng birinchi va asosiy shartidir. Tahlilning hamisha
ma‟lum maqsadga qaratilishi uning shakli va mazmunini belgilaydi”
1
.
Tahlilni loyihalashtirishda “Bumerang”,
“Yelpig„ich”, “FSMU”, “Venn
diagrammasi”, “Tushunchalar tahlili”, “Haqiqatni izlash darsi” kabi bir qator
texnologiyalarning qaysi birlari afzalligi haqida savol tug„iladi. Asar mazmuni,
kompozitsiyasi, yozuvchi uslubini aniqlash, o„quvchini muallif nuqtai nazariga
yaqinlashtirish ta‟lim texnologiyalarining asosiy vazifasi bo„lib qoladi.
9-sinfda O.Yoqubovning “Ulug„bek xazinasi”
romani inson ruhiyati bilan
bog„liq kechinmalarni teran idrok qilish asosida o„quvchilarni atroflicha fikr-
mulohaza yuritish, ibrat olish, xulosa chiqarish va hayotda qat‟iyatli bo„lishga
undashi bilan alohida e‟tiborga loyiq. Zero, adabiy ta‟limning Davlat ta‟lim
standartida ta‟lim oluvchilar “adabiy qahramonlarning yetakchi xislatlarini
yoritish, ularning xatti-harakatlariga munosabat bildirish, asardagi fakt va
materiallar asosida o„z nuqtai nazarini asoslay olish” bilim, ko„nikma va
malakalarini egallashlari shartligi alohida ta‟kidlanadi
2
.
“Adabiyot” o„quv
dasturi
3
da romandan berilgan boblarni o„rganishga
ajratilgan vaqt asarda tasvirlangan voqelik hamda qahramonlar qismati qanday
yakunlanishi bilan to„liq tanishishga yetarli emasligi sababli asar mustaqil
o„rganishga tavsiya qilinadi. Ma‟lum vaqtdan so„ng roman tahliliga bag„ishlangan
mashg„ulot uyushtiriladi.
Asar tahlilida fanlararo integratsiya ijobiy samarasini berishi, tabiiy.
O„quvchilar tarix darslari orqali Mirzo Ulug„bekni mamlakatda osoyishtalik
o„rnatgan odil hukmdor, mard sarkarda, koinot
sirlarining yetuk bilimdoni,
matematika, adabiyot, musiqa, she‟riyat kabi ilmlardan boxabar qomusiy olim
sifatida yaxshi bilishsa-da, uning oddiy inson, ota sifatidagi kechinmalari,
tuyg„ularini his etishlarida adabiyot fani yordamiga tayanadi. Taniqli munaqqid
M.Qo„shjonov
ta‟kidlaganidek,
asar
mutolaasi
davomida
“Kitobxon
tasvirlanayotgan
zamon ruhini, ma‟lum bir davrdagi tarixiy fojiani, poklik bilan
nopoklik, samimiylik bilan nosamimiylik, taraqqiyot bilan jaholat orasidagi abadiy
ziddiyatni voqealar tasviridan anglab oladi”
4
. Zero, tarix nimaning qachon sodir
bo„lganligi haqida ma‟lumot bersa, voqealar tasvirining badiiy talqini so„z san‟ati
vositasida dunyo yuzini ko„radi.
Yuklatilgan topshiriqlar ijrosining o„qituvchi tomonidan nazorat qilib
borilishi o„quvchilardagi mas‟uliyat hissini yanada oshiradi. O„zlashtirilgan
bilimlardan mashg„ulotning zarur o„rinlarida foydalana bilish o„quvchilar qalbida
1
Safo Matjоn. Маktabda adabiyotdan mustaqil ishlar. –Т.: O„qituvchi, 1996. –21-bet.
2
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.:
Yangiyo„l
poligraph service, 2010.
–
44-bet.
3
Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.:
Yangiyo„l poligraph service, 2010. –89-bet.
4
Qo„shjonov M. Qalb pokligi. O„zbek adabiy tanqidi. –Т.: “TURON-IQBOL”, 2011. –77-bet.
20
o„z mehnatlaridan zavqlanish hislarini tarbiyalab, navbatdagi jarayonning
ko„tarinki ruhda o„tishini ta‟minlaydi.
Bayon etilayotgan fikr-mulohazalar inobatga olinishi, qo„llab-quvvatlanishi
o„quvchilarning tahlilda faol ishtirok etish va erkin fikrlashga bo„lgan ishtiyoqini
kuchaytiradi. Aksincha, e‟tiborsizlik o„quvchilar intilishi va qiziqishining
susayishiga sabab bo„ladi. O„quvchilarning o„ziga ishonchi orta borishi natijasida
fikrini asoslab, himoya qila olish malakasi guruhlarda jamoa bo„lib
ishlash orqali
takomillasha boradi.
Puxta rejalashtirilgan ta‟lim maqsadlari, tanlangan metodik usul va vositalar
o„quvchilarning asar qahramonlari sezimlari, personajlar o„rtasidagi o„zaro ixtilof
va kelishmovchiliklar sababini aniqlab, ulardan to„g„ri xulosa chiqarishlariga
zamin hozirlaydi.
“Inson, shaxs jumbog„i, bu jumboqni yechishga intilish, inson hayoti
mohiyatini anglashga, shaxs tabiati va ruhiyatini taftish va tahlil qilishga intilish –
romanning, umuman, badiiy adabiyotning bosh vazifasi”
1
ekanligi nazarda tutilsa,
tahlil jarayonida qahramonlar xatti-harakatlari, e‟tiqodlari yo„lidagi kurashlari va
kechinmalariga odamiylik nuqtai nazaridan baho beriladi.
Jarayon
avvalida “Zanjir” usuliga murojaat orqali Muhammad Tarag„ay
Ulug„bek hayoti va merosi yuzasidan to„plangan ma‟lumotlar izchillikda bayon
etilib, taqdimot o„tkaziladi. Taqdimotda falakiyotshunos olim faoliyatining xalqaro
miqyosda e‟tirof qilinishi haqidagi ma‟lumotlar o„quvchilar izlanishlarining davr
ruhiga hamnafasligidan dalolat beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida tayyorlangan slaydlar
namoyishida alloma aql-idroki va zakovati, uning dunyo ilm-fani tamadduniga
qo„shgan hissasi o„z aksini topadi.
Mashg„ulotning navbatdagi bosqichida shaxsning individual kamol topishi
uchun zarur bo„ladigan hayotiy ko„nikma va malakalarni
shakllantirishga
qaratilgan
FSMU texnologiyasidan foydalaniladi.
Mazkur texnologiya o„quv dasturida o„rganilishi rejalashtirilgan bo„lim,
bob, mavzular yoki mustaqil o„qishga tavsiya etilgan asar bilan to„liq tanishib
chiqilganidan so„ng bahs-munozarali masalalar, muammoli vaziyatlarni hal etishda
qo„llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: