5. Bank tizimi. Markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari.
Kirish qismi. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari. Pulga bo`lgan talab va pul taklif. Pul o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi.
Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat.
Milliy pul birligi ( so`m , dollar , iena, funt sterling, marka, va h.k.);
Naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog`oz, tanga va kredit pullar tizimi;
Pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;
Pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasi: Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.