Ipotekabanklari. Bank turlari: Xulosa: O`zbekistonda milliy valutani mustahkamlash siyosatining amalga oshirilishi :
Respublikada so`mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta`minlash asosiy vazifa hisoblanadi.
So`mning barqaror amal qilishi,uning har qanday valutaga erkin almashtirilishi yetarli valuta zaxirasi bo`lishiga bog`liq.
So`mning barqarorligini ta`minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish,ishlab chiqarishga sarflangan mablag`larning eng ko`p samara berishiga,olingan kreditlarning o`z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o`rin tutadi.
Inflatsiyaga qarshi aniq o`ylangan siyosat o`tkazish muhim shartlaridan biridir. Eng avvalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim.
Inflatsiyaga qarshi siyasatning negizini pul miqdorining o`sishini tovarlar va xizmatlar miqdorining tegishli darajada o`sishi bilan bog`lab olib borishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilishi zarur.
So`mning barqarorligini ta`minlashda naqd pul emissiyasining o`sishiga, aholi qo`lida pulning harakatsiz turib qolishiga yo`l qo`ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega.
Inflatsiyani pasaytiruvchi qudratli omil milliy valuta almashuv kursining barqarorlashuviga erishishdir.