Pul bozori. Pul bozorida muvozanat Reja



Yüklə 35,98 Kb.
səhifə5/8
tarix07.03.2023
ölçüsü35,98 Kb.
#86949
1   2   3   4   5   6   7   8
Pul bozori. Pul bozorida muvozanat Reja

M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi xajmi; rr – majburiy zaxiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko`rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga boglik bo`lib, uni bank mul’tiplikatori yoki pul ekspansiyasi mul’tiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zaxiralar normasida ortikcha zaxiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo`lgan yangi kredit pullarining eng ko`p mikdorini bildiradi.
5. Pul taklifining kengaytirilgan modeli. Pul mul’tiplikatori.

Pul taklifining umumlashma modeli Markaziy bankning pul taklifidagi roli xamda pulning bir kismini depozitlardan nakd pullarga okib o`tishni xisobga olgan xolda yoziladi. Bu model bir kator yangi o`zgaruvchilarni o`z ichiga oladi.Bular:


- pul bazasi (rezerv pullar, yukori kuvvatli pullar) – bank tizimidan tashkaridagi nakd pullar va tijorat banklari Markaziy bankda saklaydigan depozitlar summasi;
- deponentlash koeffitsienti - Cr = S/ D
Pul bazasini MV va bank rezervlarini R deb belgilasak,
MB=C+R.
Pul taklifining kengaytirilgan modelini iuyidagicha yozish mumkin:
Cr +1
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB
Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul mul’tiplikatori deb yuritilib bir so`mlik pul bazasi xisobiga necha so`mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko`rsatadi. Pul mul’tiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko`rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------------ = ----------- = ------------------- = --------------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr mikdori – axolining o`z mablaglarini nakd pullar va depozitlar o`rtasida kanday proportsiyada saklashni tanlashga boglik.
rr = R / D mikdori esa – axolining nafakat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saklab turishni mo`ljallanayotgan ortikcha rezerv mikdoriga xam boglik.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul mul’tiplikatori mikdoriga boglik ekan.Pul mul’tiplikatori pul bazasining bir mikdorga oshishi natijasida pul taklifi kanday o`zgarishini ko`rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta`sir etish yo`li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul mikdori ko`payadi, agar:
-pul bazasi o`ssa;
- majburiy zaxiralash normasi pasytirilsa;
- tijorat banklarining ortikcha rezervlari kamaysa;
-nakd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.

Yüklə 35,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin