Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#115505
1   2   3
Pul muomalasi, kredit va banklar. Monetar siyosat va foiz stavkasi

«Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qо‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq kо‘payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bо‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning kо‘plab izohlari mavjud. Jumladan:
Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining о‘sishidir.
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xо‘jalik haqiqiy ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda tо‘lib ketishi.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx о‘sishining barqaror tendensiyasi orqali ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa.
Inflyatsiya – bu:
- muomalada mavjud bо‘lgan naqd qog‘oz pullar yoki naqd bо‘lmagan qog‘oz pul hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari kо‘payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy о‘sishi1.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bо‘lishi lozim. Buning uchun esa bо‘sh pul mablag‘lari ham pul-kredit muassasalari orqali tо‘planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yо‘naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.


Kredit bо‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida tо‘plash va ularni pulga muhtoj bо‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz tо‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi.
Kredit munosabatlari ikki subyekt о‘rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi о‘rtasida yuzaga keladi.
Turli xil korxona va firmalar, tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining subyektlari hisoblanadi. Sanab о‘tilgan subyektlarning aynan har biri bir vaqtning о‘zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi о‘rnida chiqishi mumkin.

Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin