Pul-kredit tizimi. Banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roli



Yüklə 24,38 Kb.
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü24,38 Kb.
#115505
1   2   3
Pul muomalasi, kredit va banklar. Monetar siyosat va foiz stavkasi

Kredit munosabatlarining obyekti jamiyatda vaqtincha bо‘sh turgan pul mablag‘laridir.

Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida sо‘mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatbardosh mahsulotlar bilan tо‘ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi. Bozorni iste’mol mollari bilan tо‘ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib, maxsulot sifatini yaxshilab borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishning umumiy hajmida milliy mahsulotlar hissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali sо‘mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag‘batlantirib boriladi.


Sо‘mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashtirilishi yetarli valyuta zaxirasi bо‘lishiga bog‘liq. Unga erishishda korxonalar va barcha subyektlarning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bо‘lgan rag‘batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega. Jumladan, keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida rо‘y berayotgan jiddiy tarkibiy о‘zgarishlar bu borada qulay imkoniyatlarni vujudga keltirmoqda. Xususan, 2007 yilda eksport hajmining о‘sish sur’ati 40,7 foizga ortib, importga nisbatan sezilarli darajada bо‘ldi. Natijada, tashqi savdo aylanmasida 3,5 mlrd. dollardan ortiq miqdorda ijobiy saldoga erishilib, oltin-valyuta zaxiralarini 1,5 barobar kо‘paytirish imkonini berdi2.
Sо‘mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng kо‘p samara berishiga, olingan kreditlarning о‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim о‘rin tutadi.



1 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 538-б.



2 Инсон манфаатлари устуворлигини таъминлаш – барча ислоҳот ва ўзгаришларимизнинг бош мақсадидир. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2007 йилда мамлакатни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2008 йилда иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2008 йил 9 февраль.

Yüklə 24,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin