Banklar va boshqa moliyaviy muassasalar
O‘zbekiston Respublikasining 25 aprel 1996 yilda qabul qilingan ―Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida‖gi qonunga asosan Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish;to‘lovlarni amalga oshirish.
Xorijiy mamlakatlarda Banklar - o‘zida qo‘yilmalar (depozitlar)ni jamlaydigan va ssudalar (kreditlar) taqdim etadiigan moliyaviy muassasalardir. Bu erda banklar
tushunchasiga tijorat banklari, ssuda va jamg‘arma assotsiatsiyalari, o‘zaro jamg‘arma
banklari, kredit uyushmalari kiritilgan. Banklar-moliyaviy vositachilar bo‘lib, oddiy aholi ular bilan doimo ish olib boradilar. Yashash joyi yoki avtomobil sotib olish uchun kreditni sizga maxalliy bank taqdim etadii. Ko‘pchilik amerikaliklar o‘z jamg‘armalarining aksariyatini joriy va jamg‘arma hisob raqamlarida, yoki boshqa ko‘rinishdagi bank jamg‘armalarida saqlaydilar. Banklar – yirik moliyaviy vositachilar bo‘lganligi sababli ularning faoliyati chuqur o‘rganilishi kerak. Ammo, AQShda banklardan tashqari yana bir qator moliyaviy muassasalar mavjud. So‘nggi yillarda sug‘urta
va moliyaviy kompaniyalar, pensiya va o‘zaro fondlar, investitsion banklarning roli ortib bormoqda. Bu moliyaviy muassasalarning faoliyati ham chuqur o‘rganishni talab etadii.