Pul kredit va banklar faniga kiRİsh reja: Kirish



Yüklə 43,05 Kb.
səhifə12/12
tarix21.05.2023
ölçüsü43,05 Kb.
#118507
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1-mavzu. “Pul va banklar” faniga kirish

Moliyaviy innovatsiyalar. Moliyaviy innovatsiya, yangi moliyaviy maxsulotlar va xizmatlarning rivojlanishi bo‘lib, moliviy tizimning samaradorligini oshirib ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun muhim kuch bo‘la oladi. Afsuski, ushbu sohaga oid mavzularda ko‘rib chiqamizki, moliyaviy innovatsiyalarning ham noma‘lum bo‘lgan tomonlari mavjud. Bular masalan, biz ko‘rib chiqqanlarimizdek ba‘zilari kuchli moliyaviy inqirozlarga olib kelishi mumkin. Biz nima sababdan va qanday qilib moliyaviy innovatsiyalar sodir bo‘lganligini, xususan, informatsion texnologiyalarda sodir bo‘lgan muhim o‘zgarishlar yangi moliyaviy xizmatlarni yaratishga imkoniyat berganligini va Elektron-moliya (e-finance) sifatida ma‘lum bo‘lgan moliyaviy xizmatlarni elektron ko‘rinishda etkazish qobiliyatini alohida e‘tibor bilan ko‘rib chiqamiz. Biz shuningdek, moliyaviy innovatsiyalarni ham o‘rganamiz. Chunki, u moliyaviy institutlarning bir qismi hisoblangan ijodiy o‘ylash qanday qilib katta foyda keltirganligi va ba‘zida moliyaviy parokandalikni keltirib chiqarganligiga guvoh bo‘lamiz. Tarixda moliyaviy tashkilotlar tomonidan innovatsiyalarning joriy etilishini tahlil qilsak, kelajakda ularning hatti harakatlarini oldindan aytib berish mumkin. Bu bilimlar moliyaviy tizimning o‘zgarishida vaqt o‘tishi bilan muntazamlikni o‘rganishga imkon beradi, bu esa banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar to‘g‘risidagi bilimlarni doimiy ravishda yangilanib turishiga imkon beradi.
Xalqaro moliyaviy tizim.
Mamlakatlar o‘rtasida kapital oqimining keskin oshishi xalqaro moliyaviy tizimning milliy iqtisodiyotga ta‘sirini yanada kuchaytirdi. Ushbu fanda quyidagi muammolarni hal qilamiz:

  • Mamlakatning milliy valyuta kursini boshqa davlat valyuta kursiga fiksirlash qarori monetar siyosatni amalga oshirishga qanday ta‘sri ko‘rsatadi?

  • Kapitalni nazorat qilish, ya‘ni kapital harakatini mamlakat chegarasidan tashqariga erkin harakatini chegaralash milliy moliyaviy tizim va iqtisodiyotning holatiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi?

Xalqaro moliyaviy tizimda moliyaviy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta fondi qanday rolni bajarishi lozim. 5 Yuqorida keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar va mavzular yuksak taraqqiy qilgan davlatlar, jumladan, AQSh iqtisodiyoti va mamlakatimiz iqtisodiyoti, iqtisodiyot va uni taraqqiy qildirishning asosi bo‘lgan huquqiy – me‘yoriy asoslar va amaliy materialllar asosida sizning e‘tiboringizga o‘rganish uchun havolda etiladi.


Yüklə 43,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin