Nima sababdan banklar va moliya institutlari o’rganiladi? ―Pul va banklar‖ fanining muhim yo‘nalishi moliya tashkilotlari va bank ishini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Aynan banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar moliya bozorlarining faoliyatini ta‘minlab, bo‘sh pul mablag‘lari mavjud bo‘lganlardan, ulardan samarali foydalanadiganlarga o‘tkazib beradilar. Natijada, moliyaviy tashkilotlar mamlakat iqtisodiyotining uzluksiz rivojlanishiga salmoqli ta‘sir ko‘rsatadilar.
Moliyaviy tizimning tarkibi Xorijiy davlatlarda moliyaviy tizim murakkab tarkibga ega. U turli xildagi nodavlat moliyaviy muassasalarni birlashtirib, o‘z ichiga banklar, sug‘urta kompaniyalari, o‘zaro fondlar, moliyaviy kompaniyalar, investitsion banklarni oladi. Ushbu muassasalarning faoliyati davlat tomonidan qattiq tartibga solib boriladi. Agar biror shaxs, masalan, Jeneral Motors ga qarz bermoqchi bo‘lsa, u kompaniya prezidentiga borib o‘z pul mablag‘larini tavsiya qilmaydi. Bundan ko‘ra u kompaniyaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri emas, balki moliyaviy vositachilarga - bir iqtisodiy subektlarning bo‘sh mablag‘larini o‘zida jamlab, boshqalarga kreditga beruvchi muassasalarga qarz beradi.
Nima sababdan moliyaviy bozorlarning muvaffaqiyatli faoliyatini moliyaviy dallollarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi? Nima sababdan ular ba‘zi shaxslarni kreditlaydilar, boshqalariga esa rad javobini beradilar? Nima sababdan kreditni olish murakkab yuridik xujjatlarni rasmiylashtirishni talab etadii? Nima sababdan moliyaviy muassasalar faoliyati davlat tomonidan qattiq tartibga solib boriladi?
Ushbu fanda bayon qilinadigan qator mavzular yuqoridagi savollarga AQSh va boshqa davlatlar moliyaviy tashkilotlari tarkibini tizimli tahlil qilish asosida javob topishga yordam beradi.
Moliyaviy inqirozlar.Shuni ta‘kidlash kerakki, ba‘zan moliyaviy tizim ishlamaydi va u moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqaradi. Moliyaviy bozorlarda muhim pasayishlar aktivlar narxining keskin tushib ketishi va moliyaviy hamda nomoliyaviy firmalarning bankrotlikka uchrashi bilan xarakterlanadi. Moliyaviy inqirozlar yuz yillar davomida kapitalistik iqtisodiyotning xususiyati hisoblangan va odatda biznes tsikllarini juda kuchli pasayishini keltirib chiqaradi. 2007 yilning avgustida boshlab va Buyuk Depressiya davridan buyon AQSh iqtisodiyoti eng tahlikali moliyaviy inqirozdan jabr ko‘rdi. Substandart uy-joyga ajratilgan ipoteka kreditlarining defoltga uchrashimoliyainstitutlaridakattayo‘qotishlarnikeltiribchiqarib,nafaqatko‘plabbanklarning bankrotligini balki AQShdagi eng yirik ikkita investitsion banklar hisoblangan Bear Stearns va Lehman Brothersning faoliyatini to‘liq bankrot bo‘lishiga olib keldi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham inqirozning natijasi eng xavfli retsessiyani keltirib chiqardi, natijada hozirgi kunda u ―Buyuk Retsessiya‖ sifatida ko‘rsatiladi. Nima sababdan ushbu inqirozlar sodir bo‘lganligi va iqtisodiyotga juda katta zarar keltirganligi ham ushbu fanda muhokama qilinadi.