Zamonaviy marketing tamoyillarida bozorni o`rganishga alohida e'tibor beriladi. Bozorni o`rganishdan asosiy maqsad uning konyukturasiga (holatiga) baho berish va rivojlanish istiqbolini ishlab chiqishdan iborat.
Bozorni o'rganish-bu kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan mahsulot yoki xizmatning hayotga layoqatli yoki yo'qligini aniqlash uchun ishlatiladigan jarayon. Uning maqsadi kompaniyaga taklif qilmoqchi bo'lgan narsalari uning potentsial mijozlari tomonidan yaxshi qabul qilinishini oldindan bilishga yordam berish, yo'qotishlarga yo'l qo'ymaslik va iloji boricha eng yaxshi alternativani topishga imkon berishdir. Bozorni o'rganish muhimligini mahsulot yoki xizmatni sotishga harakat qiladigan barcha sohalarda ko'rish mumkin. Potentsial mijozlar bilan olib borilganda, kompaniya ularni ko'proq qiziqtirgan narsalarni kashf etishi va ular taklif qilayotgan narsalar to'g'risida to'g'ridan-to'g'ri fikr-mulohazalarini qabul qilishi mumkin.
Bozorni o`rganish ko`p omillarga bog`liq, shunga qaramay bozorni har tomonlama o`rganish va tahlilni quyidagicha boshlash mumkin:
Bozorni o`rganish ko`p omillarga bog`liq, shunga qaramay bozorni har tomonlama o`rganish va tahlilni quyidagicha boshlash mumkin:
Tovarni o`rganish: raqiblar tovarlariga qaraganda yangiligi va raqobatbardoshligi; uning mahalliy qonunchilik, tartib va qoidalar talabiga to`g`ri kelishi, hozirgi va bo`lajak xaridorlar ehtiyojlarini qondira olish qobiliyatlari; xaridorlar talablari va davlat hujjatlari asosida modifikatsiyalashtirilganligi
Xaridorlarni o`rganish: tovarning asosiy xaridorlari va uni ishlatish usullari: tovarning qaysi belgilari uni sotib olishga majbur qilayotgani, xaridorlarning xatti-harakatlarini shakllantiruvchi omillar, ehtiyojlari yaqin keladigan xaridorlarni ajratib olish imkoniyati va ularning soni va tarkibini baholash; qondirilmagan talablar; xaridorlar talabiga fan-texnika yutuqlari ta'siri.
Raqiblarni o`rganish:bozorda katta ulushga erishgan raqiblar; raqiblarning savdo belgilari va tovarlarining muhim sifatlari, tovarlarning o`ramasi va sotish usullari; baho siyosati va talabni rag`batlantirish tadbirlari; asosiy yo`nalishlari, xarajatlari; foyda va zararlari to`g`risidagi rasmiy ko`rsatkichlar; yangi tovarlari va faoliyati haqida e'lon qilingan maqolalar. Undan tashqari mamlakat bozoridagi huquqiy chegaralar va qiyinchilik tug`ilib qolganda yordam beruvchi muassasalar ham o`rganiladi.