Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisikonyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Butun yig‘ilgan axborotlar uch qismga bo‘linadi. Birinchisiga konyunkturaning oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo‘q. Ikkinchisi konyunkturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Uchinchisi konyunkturaning kelajakdagi o‘zgarishini aniqlaydi. Konyunkturaning tahlili bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko‘rsatkichlarigina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Bozor konyunkturasini o‘rganish mazmuni va tartibi firma tomonidan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq bo‘ladi va uch turga bo‘linadi: konyunktura axborotnomasi, konyunktura tahlili va konyunktura prognozi.
Konyunktura axborotnomasi – konyunkturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu hujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to‘g‘risidagi, ularning o‘zaro aloqalari hamda konyunkturaning umumiy o‘zgarishini ifodalovchi qonuniyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Konyunktura tahlili - konyunkturani mavjud holatga keltirgan omillarning tahlilini o‘z ichiga oladigan hujjat hisoblanadi. Amalda tahlil bozor konyunkturasinig maxsus izlanishlarini aks ettiradi va omillarning ta’sir doirasini aniqlashga xizmat qiladi.
Umuman istiqbolni aniqlash- ma’lum obyektning bo‘lajak holatini ilmiy asosda obrazini yaratish demakdir. Har qanday mamlakat ichki iqtisodiy holatini va ishlab chiqarish istiqbolini belgilashda jahon bozoridagi o‘zgarishlarni aniq tassavur qilish va baholay olish, uning progressiv tendensiyalariga mos ilmiy ishlab chiqarish omillarini ishga solish obyektiv zaruriyat hisoblanadi.