Bozor konyunkturasi – ma’lum davrda shakllangan bozor holati (baho darajasi, talab hajmi, xaridorlarning mavjudligi va h.k.lar).
Bozor konyunkturasi – ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi. Bozor konyunkturasi muayyan davrdagi bozor holati, bozorda muvozanat(talab va taklifning bir-biriga nisbati)ning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra bozor konyunkturasi ijobiy yoki salbiy, qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Uning yechimi bo‘yicha tanqidiy fikrlarning berilishi ham ma’qullanadi.
Bozor konyunkturasi – bu aniq vaqt davomida bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy vaziyat bo‘lib, u talab va taklif orasidagi nisbatni, narxlar darajasini, tovar zaxiralari va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tavsiflaydi.
Marketingda esa bozor konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
Marketingda esa bozor konyunkturasi, deganda belgilangan vaqtda maqsadli bozorda vujudga keladigan iqtisodiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganish zarurati quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
Odatda, bozorning sig‘imi, segmentlanishi va talab qayishqoqligi o‘zgarib boradi, shu sababli ularning monitoringini amalga oshirish lozim;
Bozordagi omillar kompleks ravishda ta’sir o‘tkazishi sababli;
Ularni alohida o‘rganish tegishli samara bermaydi; bozor to‘g‘risidagi ma’lumotlar odatda, retrospektiv xarakterga ega, shu sababli rejalashtirish uchun maxsus usullar talab qilinadi.
Bozor konyunkturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko‘radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo‘lsa, konyunktura xaridor uchun qulay bo‘ladi, tovarni arzonga olib, bundan naf ko‘radi. Bozor konyunkturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo‘lishi mumkin. Bozor konyunkturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o‘zgarishiga qarab har xil bo‘ladi.