Pul, kredit va banklar


Pul massasi va pul agregatlari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
3.6. Pul massasi va pul agregatlari 
 
Pul massasi – muomaladagi naqd pullar va naqd pulsiz oborotdagi pullarning 
yig‘indisidir.  Bugungi  kunda  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  faoliyat  yuritayotgan 
mamlakatlarning  pul  oborotida  faqat  banknota  va  tanga  ko‘rinishda  emas,  balki 
kredit,  chek  va  elektronyozuvlar  ko‘rinishida  ishtirok  etayapti.  Shuning  uchun 
iqtisodchilar  ushbu  pullarni  pul  massasi  deb  yuritishadi.  Pul  massasi  mamlakatda 
muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lib, uning hajmi jami ijtimoiy mahsulotning hajmi 
bilan muvozanatda  (pulning aylanish tezligini inobatga olgan holda) bo‘lishi zarur. 
Pul  massasining  miqdori  va  uning  tarkibi  Markaziy  bank  tomonidan  nazorat 
qilinadi.  Markaziy  bank  pul  –  kredit  instrumentlari  orqali  mamlakatda  pul 
massasini oqilona me’yorini ta’minlaydi.  
Pul massasi tarkibi asosan ikkita komponentdan tashkil topadi. 


Muomaladagi  naqd  pullar  –  pul  massasining  yuqori  likvidli  mablag‘lari 
hisoblanib, istalgan paytda to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. 
Ushbu agregat muomaladagi banknot va tangalarni o‘z tarkibiga oladi.  
Naqd  pulsiz  mablag‘lar  –mulkiy  shaklidan  qat’iy  nazar  barcha  turdagi 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  kredit  muassasalarida  hisobraqam-lardagi, 
shuningdek,  plastik  kartochkalar  va    hisob  –  kitob  cheki  ko‘rinishidagi 
mablag‘lardan iborat. 
Muomaladagi  likvidlik  darajasi  past  hisoblangan  pullar  kvazipullar  deb 
yuritiladi.  Ushbu  pullarning  tarkibiga  nisbatan  past  likvidli  va  to‘lov  vositasi 
sifatida ishlatilmaydigan qimmatli qog‘ozlar kiradi.  
Pul  massasi  darajasini  hisoblashning  asosiy  tamoyillaridan  biri  mablag‘larni 
likvidlilik  darajasi  hisoblanadi.  Muomaladagi  pulning  turlari  pul  agregatlari  bilan 
guruhlarga  ajratiladi.  Unga  ko‘ra  muomaladagi  mablag‘lar  likvidlilik  bo‘yicha 
tasniflanadi,  ya’ni  dastlab  yuqori  likvidli  mablag‘lar  past  likvidligiga  qarab  M1, 
M2, M3,….Mn yoki L agregatlarga ajratiladi. Pul agregatlari tarkibi va soni turli 
mamlakatlarda turlichadir.  
AQShda  naqd  va  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshiradigan  pullar 
lividlilik darajasiga qarab quyidagi pul agregatlari bilan belgilanadi: 
 
M1 = 
naqd  pullar  (banknotlar  va  tangalar),  talab  qilib  olguncha 
saqlanadigan depozitlar, pul cheklari, boshqa chek depozitlari
M2 = 
M1  +  chek  bo‘lmagan  jamg‘arma  depozitlar,  muddatli  jamg‘armalar 
(100 ming dollargacha); 
M3 = 
M2  +  100  dollardan  yuqori  muddatli  jamg‘armalar,  jamg‘arma 
sertifikatlar va boshqalar
L= 
M3  +  xazina  jamg‘arma  obligatsiyalari,  davlatning  qisqa  muddatli 
majburiyatlari, tijorat qimmatli qog‘ozlar va boshqalar. 
 
Pul massasi tarkibida naqd pullar ulushining past yoki yuqoriligi muhim o‘rin 
tutadi. MDHga a’zo mamlakatlarning pul massasi tarkibida naqd pullarning ulushi 
sezilari  darajada  yuqori.  Masalan,  Rossiyada  ushbu  ko‘rsatkich  2002  yilda  36,6 
foizni  tashkil  etgan.  Odatda  rivojlangan  mamlakatlarning  pul  massasi  tarkibida 
naqd  pullarning ulushi 5 – 10 foizni tashkil etadi. 
Pul  massasining  o‘zgarishiga  nafaqat  muomaladagi  pul  miqdorining 
o‘zgarishi,  balki  pul  aylanish  tezligi  ham  ta’sir  qiladi.  Pul  aylanish  muomalasi 
tezligi  –  pulning  tovarlar  va  xizmatlar  uchun  to‘lovlarni  amalga  oshirishda 
qatnashish  sur’atidir.  
 
O‘zbekistonda pul agregatlari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat
17
.  
M0= 
naqd pullar; 
M1 =  M0  +  schyotlardagi  pul  qoldig‘i  +  mahalliy  byudjet  mablag‘lari  –  
byudjet, jamoa va boshqa tashkilotlar mablag‘lari; 
M2 =  M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar; 
                                                           
17
Abdullaeva Sh. Pul, kredit va banklar. “Iqtisod – moliya” nashriyoti, 2007. 66 – bet. 


M3 =  M2  +  sertifikatlar  +  maqsadli  zayom  obligatsiyalari  +  davlat  zayom 
obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. 
 
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, pul muomalasi tezligi pul massasining o‘sishiga 
nisbatan proportsional ravishda ortib boradi. Iqtisodiyotning pul vositalari bilan 
ta’minlanganligi darajasini aniqlashda monetizatsiya  koeffitsienti ko‘rsatkichidan 
foydalaniladi. Ushbu  ko‘rsatkich ma’lum davr ichida o‘rtacha pul massasi 
darajasini jami ijtimoiy mahsulotning nominal qiymati o‘rtasidagi nisbati asosida 
aniqlanadi.     
 
 
 
 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin