Pul, kredit va banklar


 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
3.4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining  
naqd  pul muomalasi bo‘yicha asosiy vazifalari 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki 
to‘g‘risida”  qonuniga  muvofiq  Markaziy  bankning  bosh  maqsadi  milliy 
valyutaning  barqarorligini  ta’minlashdan  iborat  va  davlat  monetar  siyosatining 
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda Markaziy bank to‘lov vositasi sifatida 
banknotlar va tangalar ko‘rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga chiqarish va 
muomaladan qaytarib olish bo‘yicha mutloq huquqga ega.  
Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, muomaladan 
qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan pul belgilarini yangi pul 
belgilariga 
almashtirish 
vazifalarini 
bajaradi. 
Shuningdek, 
muomalaga 
chiqarilmagan pul belgilarini saqlash maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini 
tashkil  etadi  va  ular  bo‘yicha  pul  mablag‘larining  tarkibiy  qismlarini,  ya’ni 


banknot  va  tangalar  ko‘rinishidagi  qoldiq  limitlarini  belgilaydi.  Tijorat  banklari 
aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladi. 
Markaziy  bank  Respublika  banklarida  pul  muomalasini  va  kassa  ishlarini 
tashkil  etish  hamda  ularning  buxgalteriya  hisobini  yuritish  bilan  bog‘liq  barcha 
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi. 
Markaziy  bank  o‘zining  asosiy  maqsadini  to‘la  qonli  bajarish,  ya’ni  pul 
muomalasini  barqaror  saqlab  turishga  hamda  milliy  valyutaning  barqarorligini 
ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o‘rganadi va tahlil qiladi hamda 
uni  mustahkamlash  uchun  amaliy  choralar  ko‘radi.  Asosiy  naqd  pul  oqimlari 
tijorat  banklari  kassalari  orqali  o‘tganligi  sababli,  Respublikada  faoliyat 
yuritayotgan  tijorat    banklarining  naqd  pul  muomalasi  bilan  bog‘liq  faoliyatini 
tartibga soladi va nazorat qiladi. 
Markaziy  bank  tomonidan  naqd  pul  muomalasini  tartibga  solish  maqsadida 
tijorat  banklari  va  ularning  mijozlari  uchun  majburiy  bo‘lgan  quyidagi  talablar 
o‘rnatilgan: 

  kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi

  tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi; 

 
tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi; 

  tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun  zaxira pullarini 
tashkil qilish tartibi; 

 
tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi; 

 
xo‘jalik sub’ektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan 
tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi

 
banknotlar va monetalarni to‘lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi; 

 
xo‘jalik sub’ektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi; 

  naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi; 

  kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi; 

  chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi.  
Markaziy  bank  va  uning  hududiy  Bosh  boshqarmalari  (HBB)  zimmasiga 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrida  pul  muomalasini 
tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va 
monitoring yuritadi.  
Bank  muassasalariga  kelib  tushgan  pul  birliklari  va  tangalarning  qayta 
sanalishi,  to‘lovga  yaroqli,  eskirgan  hamda  yaroqsiz,  ya’ni  to‘lov  qobiliyatini 
yo‘qotgan  pul  birliklarini  toifalarga  ajratilgan  holda  saralash,  taxlash,  tegishli 
ravishda  o‘rab  bog‘lash  va  qayta  muomalaga  chiqarilishi  kabi  ishlarning  sifatini 
yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank 
bo‘limlariga doimiy ravishda tegishli ko‘rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining 
«yaroqli», «eskirgan» va «to‘lovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha mezonlarini ishlab 
chiqadi.  



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin