Pul, kredit va banklar


 Naqd pullar aylanmasi va uning  tarkibiy qismi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154
Pul, kredit va banklar

3.2. Naqd pullar aylanmasi va uning  tarkibiy qismi 
 
Naqd  pullar  aylanmasi  yuqorida  qayd  etilganidek,  iqtisodiy  sub’ektlar 
o‘rtasida  yuz  beradigan  pul  muomalasi  va  uni  tashkil  qilish  bilan  bog‘liq  naqd 
pullar  harakatini  o‘z  ichiga  oladi.  Shundan  kelib  chiqib,  uni  ikki  qismga    –    pul 
muomalasini tashkil qilish va pul muomalasidagi harakatlarga bo‘lish mumkin. 
Bunda  shuni  yodda  tutish  kerakki,  pul  aylanmasining  bu  ikki  qismi  bir  – 
biridan  ajralgan  holda  alohida  mustaqil  pul  aylanishi  bo‘lmasdan,  balki  o‘zaro 
bog‘liq bo‘lgan bir butun jarayondir. Aslida pul iqtisodiy munosabatlarni amalga 
oshirish  uchun  zarur.  Lekin, pul  mazkur  iqtisodiy  munosabatlarni  amalga  oshirar 
ekan,  u  ayni  paytda  mustaqil  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  harakatda  bo‘ladi, 
o‘zining  vazifasini  to‘laqonli  va  bekamuko‘st  ado  etish  uchun  qo‘shimcha 
harakatlar  qilishga  majbur  bo‘ladi.  Bu  yerda  gap,  pul  muomalasini  tashkil  qilish 
bilan bog‘liq bo‘lgan pulning harakati ustida ketmoqda. 
Pul  muomalasini  tashkil  qilish  jarayoni  naqd  pul  (banknot  va  tangalar)  larni 
ishlab  chiqish,  ularni  muomalaga  tayyorlash,  saqlash  va  iqtisodiy  sub’ektlarga 
yetkazib berish, muomaladan ortiqcha va yaroqsiz pullarni olish kabi jarayonlarni 
o‘z  ichiga  oladi.  Ushbu  jarayon  naqd  pullarni  pul  ishlab  chiqarish  fabrikasidan 
Markaziy bank muassasalariga keltirish, ulardan tijorat banklariga yetkazib berish 
va nihoyat tijorat bank filiallari tomonidan mijozlarni naqd pulga bo‘lgan talabini 
qondirishdan iborat.  
Naqd  pullar  aylanmasining  tarkibiy  qismlarini  quyidagi  chizmada  ifodalash 
mumkin. 
 


  
Albatta,  pul  muomalasini  tashkil  qilish  Markaziy  bank  tomonidan  amalga 
oshiriladi,  lekin  naqd  pullar  oqimining  asosiy  qismi  tijorat  banklarining  kassalari 
orqali  harakat  qiladi.  Natijada,  tijorat  banklari  ham  naqd  pul  muomalasini 
boshqarishda bilvosita ishtirok etadilar.  
Demak, pul muomalasini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan pulning harakati 
ikkita pul oqimlaridan iborat, bular: 
1. 
Markaziy  bank  tomonidan  tijorat  banklariga  naqd  pullarni 
yetkazib berish va tijorat banklaridan ortiqcha va muomalaga yaroqsiz naqd 
pullarni qabul qilish bilan bog‘liq pul oqimi;  
2. 
tijorat  banklari  tomonidan  mijozlarni  naqd  pulga  bo‘lgan 
talabini qondirish uchun naqd pul berish va naqd pul tushumiga ega bo‘lgan 
korxona va tashkilotlarning naqd pul tushumlarini qabul qilish (inkassatsiya) 
bilan bog‘liq pul oqimi.  
Naqd pul muomasidagi pul harakati uchta pul oqimini o‘z ichiga oladi, ya’ni: 
1.  korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi; 
2.  korxona va tashkilotlar bilan aholi o‘rtasidagi; 
3. 
alohida  shaxslar  o‘rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlarni  amalga 
oshirish jarayonlari bilan bog‘liq naqd pul oqimi. 
Korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi naqd pul ishtirokida amalga oshiriladigan 
to‘lovlar  hajmi  o‘ta  chegaralangan  bo‘lishiga  qaramasdan,  ular  o‘rtasida  ayrim 
to‘lovlar hanuzgacha naqd pulda amalga oshirilib kelinmoqda. 
Naqd  pul  muomalasining  asosiy  qismi  korxona  va  tashkilotlar  bilan  aholi 
o‘rtasidagi  pul  munosabatlari  bilan  bog‘liq  naqd  pullar  oqimidan  iborat.  Unga, 
korxona  va  tashkilotlar  tomonidan  ishchi  va  xizmatchilarga  naqd  pulda  mehnat 
haqi,  stipendiya,  pensiya  va  boshqa  ijtimoiy  nafaqalar  berish,  ular  o‘rtasidagi 
o‘zaro tovarlar va qimmatli qog‘ozlar oldi – sotdisi, ko‘rsatilgan turli madaniy va 
maishiy  xizmatlar,  sug‘urta,  transport,  kommunal  to‘lovlari,  naqd  pulda  kreditlar 
olish  va  qaytarish  (shu  jumladan  banklardan  ham),  omonatlarga  pul  qo‘yish  va 
Naqd pullar aylanmasi 
Pul muomalasini tashkil qilish bilan 
bog‘liq pul harakati 
Pul muomalasidagi pul harakati 
Markaziy bank va 
tijorat banklari 
tizimlari o‘rtasida 
Tijorat banki va 
mijozlar o‘rtasida 
Korxona va 
tashkilotlar 
o‘rtasida 
 
Korxona va tashkilotlar bilan aholi o‘rtasida 
 
Alohida shaxslar 
o‘rtasida 
 


olish,  lotereya  biletlari  harid  qilish,  jarima  va  ustamalar  hamda  boshqa  majburiy 
to‘lovlarni amalga oshirishdagi naqd pullar harakati kiradi. Shuningdek, naqd pul 
muomalasi  davlat  byudjetining  naqd  pulda  shakllanadigan  va  taqsimlanadigan 
qismini  ham  o‘zida  mujasamlashtiradi.  Ushbu  jarayon,  bir  tomondan  aholi  va 
yakka  tadbirkorlarning  byudjet  oldidagi  soliq  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarni 
amalga  oshirish  jarayonlarida,  ikkinchi  tomondan  esa  davlat  byudjeti  tomonidan 
aholiga naqd pulda pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshirish 
jarayonlarida o‘z aksini topadi. Aynan, mana shu pul oqimi aholining asosiy naqd 
puldagi daromad va harajatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.  
Pul  muomalasining  uchinchi  oqimi  alohida  shaxslar  o‘rtasida  tovarlar 
ayriboshlash,  pullik  xizmatlar  ko‘rsatish  sohasida  shakllanadi.  Bunda 
Respublikamizdagi mavjud dehqon va boshqa tashkil etilmagan bozorlardagi naqd 
pul bilan bog‘liq to‘lovlar hali ham salmoqli o‘rin tutib kelmoqda. 
Yuqoridagi  funktsiyalarini  bajarish  mobaynida  naqd  pullar  murakkab  yo‘lni 
bosib o‘tadilar. Ya’ni, muomalaga zarur pul mablag‘lari Markaziy bank tomonidan 
tijorat  banklariga,  ular  tomonidan  esa  o‘z  o‘rnida  xo‘jalik  sub’ektlari  va  aholiga 
chiqariladi. Xo‘jalik sub’ektlari va aholi qo‘lidagi pul mablag‘lari savdo va xizmat 
ko‘rsatish korxonalari orqali yana tijorat banklariga qaytib keladi. Tijorat banklari 
va ularning filiallari yana o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga 
hamda aholiga qonunchilikda belgilangan to‘lovlarni amalga oshirish  uchun naqd 
pullar berishadi. Shunday qilib, naqd pullar tijorat  banklaridan chiqib yana tijorat 
banklariga qaytadi va doimiy aylanishda bo‘ladi.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin