Pul, kredit va banklar


Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblar 
 
Hisob  –  kitoblarning  akkreditiv  shaklida  mijozning  (to‘lovchining)  topshirig‘iga  ko‘ra 
mablag‘larni  oluvchi  foydasiga  to‘lovni  amalga  oshirish  uchun  mablag‘  ma’lum  muddatga 
deponentlanadi. 
Akkreditiv qoplangan va qoplanmagan turlarga bo‘linadi.  
Qoplangan  akkreditivda  sotib  oluvchi  shartnomada  ko‘rsatilgan  mablag‘ni  mijozning 
bankida  ochilgan  22602  –  “Mijozlarning  akkreditivlar  buyicha  depozitlari”  hisobvarag‘ida 
deponentlanadi.  
Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani o‘zining 
hisobvarag‘idan  alohida  hisobvaraqga  deponentlamaydi,  balki  mijozning  banki  uning 
hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi. 
 Qoplangan  va  qoplanmagan  akkreditivlar  chaqirib  olinadigan  yoki  chaqirib 
olinmaydigan bo‘lishi mumkin. Uning matnida ushbu belgi mavjud bo‘lmagan holda, akkreditiv 
chaqirib olinadigan hisoblanadi. 
Chaqirib  olinadigan  akkreditiv  bank  –  emitent  tomonidan  mablag‘larni  oluvchi  bilan 
oldindan  xabardor  qilmagan  holda,  o‘zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi  mumkin.  Akkreditivni 
chaqirib  olish  bank  –  emitent  zimmasiga  mablag‘larni  oluvchi  oldida  biron  –  bir  majburiyat 
yuklamaydi.  To‘lovchi  chaqirib  olinadigan  akkreditivning  shartlarini  o‘zgartirish  yoki  bekor 
qilinishi  to‘g‘risidagi  barcha  ko‘rsatmalarni  mablag‘lar  oluvchiga,  faqat  bank  –  emitent  orqali 
berishi mumkin, ushbu bank mablag‘larni oluvchining banki (ijrochi bank)ni, u esa  –  mablag‘ 
oluvchini, xabardor qiladi.  
Agar  ijrochi  bank  operatsiyalarni  bajarish  paytigacha  akkreditivning  shartlari 
o‘zgartirilganligi  yoki  u  bekor  qilinganligi  haqida  bildirishnoma  olmagan  bo‘lsa,  u  chaqirib 
olinadigan akkreditiv bo‘yicha to‘lovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin. 
Mablag‘  oluvchining  roziligisiz,  uning  foydasiga  ochilgan  chaqirib  olinmaydigan 
akkreditiv, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. 
Ijrochi bank, bank – emitent bilan shartnoma asosida chaqirib olinmaydigan akkreditivni 
tasdiqlashi  mumkin.  Bunday  xolda,  chaqirib  olinmaydigan  akkreditiv  tasdiqlangan  akkreditiv 
bo‘ladi. 
Tasdiqlangan  akkreditiv  bo‘lganda,  ijrochi  bank,  bank  –  emitentning  akkreditiv 
shartlariga muvofiq, to‘lovni amalga oshirish majburiyatlari bo‘yicha o‘z zimmasiga qo‘shimcha 
ravishda majburiyatlar oladi. 
Tasdiqlangan  akkreditiv  ijrochi  bankning  roziligisiz  o‘zgartirilishi  yoki  bekor  qilinishi 
mumkin emas. 


Akkreditiv  bilan  hisob  –  kitoblarning  ijobiy  jihati  shundaki,  korxona  jo‘natgan  tovar  va  
ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lov kafolatlanadi. Shu bilan birga aytish lozimki, akkreditiv bilan 
hisob – kitoblarda mol sotib oluvchi korxonaning mablag‘lari ma’lum muddatga o‘z ixtiyoridan 
chiqib ketadi.     
Akkreditivlar  bilan  hisob  –  kitoblar  tartibini  ikkita  bank  bo‘limi    misolida  quyidagi 
chizmada ko‘rib chiqamiz.  
 
Qoplangan akkreditiv bilan hisob – kitoblarda  
hujjatlarning aylanish tartibi 
 
 
Barcha hisob – kitoblarda bo‘lgani singari, dastlab sotuvchi – akkreditiv bo‘yicha mablag‘ 
oluvchi  va  sotib  oluvchi  –  akkreditivga  ariza  beruvchi  o‘rtasida  shartnoma  tuziladi  (1),  sotib 
oluvchi  shartnomada  ko‘rsatilgan  summani  sotuvchining  hisobiga  deponentlash  uchun 
akkreditivga  arizani  bankka  taqdim  etadi  (2),  bank  emmitent  o‘z  navbatida  akkreditiga  arizada 
ko‘rsatilgan summani sotuvchining hisobiga o‘tkazish maqsadida elektron arizani bosh bankka 
jo‘natadi  (3),  bosh  bankda  Koson  bo‘limi  vakillik  hisobidagi  mablag‘  Oqtosh  bo‘limi  vakillik 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va bu haqda elektron akkretivga arizani bank bo‘limiga jo‘natadi (4), 
sotuvchining 
banki 
shartnomada 
ko‘rsatilgan  akkreditiv  summa  uning  hisobiga 
deponentlanganini  xabar  qiladi  (5),  sotuvchi  o‘z  navbatida  tegishli  tovarlarni  sotib  oluvchiga 
jo‘natadi  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatadi  (6),  sotuvchi  tovarlarni  jo‘natganligi  yoki  xizmatlar 
ko‘rsatganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  bankka  taqdim  etadi  (7),  bank  o‘z  navbatida 
deponentlangan summaning uning hisobiga o‘tkazadi.  
Mablag‘  oluvchining  bankida  akkreditivning  amal  qilish  muddati  tugaganda,  akkreditiv 
shartlarida  ko‘zda  tutilgan  tartibda  mablag‘  oluvchi  uni  bekor  qilish  haqidagi  ariza  berganda, 
to‘liq chaqirib olinganda akkreditiv yopiladi. 
  Akkreditiv  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  qator  ijobiy  va  salbiy  jihatlar 
mavjud  bo‘lib,  uning  salbiy  jihatlari  asosan  mablag‘  to‘lovchining  zimmasiga  to‘g‘ri  keladi. 
Ushbu salbiy holatlar quyidagilar bilan izohlanadi: 
 –  pul  to‘lovchining  hisobvarag‘idan  mablag‘ni  akkreditiv  hisobvarag‘iga  deponent 
qilinishi  natijasida  ushbu  mablag‘ning  oborotdan  vaqtinchalik  chiqib  ketishi  (odatda  akkreditiv 
summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi); 
 –  to‘lovchi  ta’minlanmagan  akkreditivdan  foydalangan  holda  ham  olingan  tovarlar  va 
ko‘rsatilgan  xizmatlar  uning  talabiga  to‘liq  mos  kelmagan  hollarda  to‘lovni  amalga  oshirishga 
rad javobining berolmasligi  yoki ushbu jarayonning vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarni 
talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib chiqaradi; 
 – yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu 
jarayon bir muncha murakkabroq.  
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblarda mol  jo‘natuvchiga qator qulaylik jihatlari mavjud 
bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat: 


 –  akkreditiv  shartnomasi  tuzilgandan  keyin  tovarlarni  ishlab  chiqarishga  kirishishi 
mumkin.  Chunki  ushbu  tovarlarni  sotib  oluvchi  tayin  va  undan  tegishli  iqtisodiy  foyda  kelishi 
kafolatlanadi;  
 –  jo‘natilgan  tovar  yoki  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  to‘lov  kafolatlangan.  Chunki 
ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ni alohida 
hisobvarag‘iga deponentlab qo‘yadi. Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun 
to‘lanadigan mablag‘ pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi.     

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin