Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
 
 
 


2.4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari 
 
O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bank 
Boshqaruvi  tomonidan  tasdiqlangan«O‘zbekiston  Respublikasida  naqd    pulsiz  hisob  –  kitoblar 
to‘g‘risida» gi 60 – sonli Nizomga asosan tashkil etiladi.  
O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  shakllarini  joriy  etish,  umumiy  talab  va 
qoidalarini belgilash hamda nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston  tijorat  banklari,  tegishli  qonuniy  va  me’yoriy  hujjatlar  asosida  mulkchilik 
shaklidan  qa’tiy  nazar  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  quyidagi  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar 
shakllarini amaliyotga joriy etadi: 
1.  To‘lov topshiriqnomalar; 
2.  To‘lov talabnomalar;   
3.  Akkreditivga ariza; 
4.  Inkasso topshiriqnomasi; 
5.  Hisob cheklari bilan hisob – kitoblar. 
O‘zbekistonda  bozor  munosabatlarining  taboro  chuqurlashib  borishi  tijorat  banklari 
xizmatlarining turlarini oshib borishiga turtki bo‘lmoqda. Mana shunday xizmatlardan biri naqd 
pulsiz hisob – kitoblarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirish bo‘lib, hozirgi paytda hisob 
–  kitoblarning  ushbu  shakli  asosan  aholi  va  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  qo‘llanilmoqda. 
Ta’kidlash lozimki, plastik kartochkalar bilan hisob  – kitoblarni amalga oshirish juda qulay va 
oson  bo‘lib,  kelgusida  aholi  tomonidan  to‘lovlarni  amalga  oshirishda  muhim  ahamiyat  kasb 
etishi kutilmoqda. 
Yuqorida  qayd  etilgan  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  quyidagi  pul  – 
hisob – kitob hujjatlaridan foydalanadi: 
 – to‘lov topshiriqnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz sotib olgan tovarlar yoki xizmatlar 
uchun o‘z hisobvarag‘idan mablag‘ni to‘lash haqidagi topshirig‘ini o‘ziga xizmat ko‘rsatadigan 
bankka beradi; 
 – to‘lov talabnomasi, ushbu hujjat asosida mijoz jo‘natgan mol yoki ko‘rsatgan xizmatlar 
uchun  to‘lovni  mol  sotib  oluvchidan  undirib  berish  haqida  o‘ziga  xizmat  ko‘rsatadigan  bankka 
taqdim etadi; 
 –  inkasso  topshiriqnomasi,  ushbu  hujjat  asosida  Markaziy  bank  tomonidan  belgilab 
qo‘yilgan  tashkilotlar  to‘lovchining  hisobvarag‘idagi  mablag‘ni  uning  roziligini  olmasdan 
tegishli  manzilga  o‘tkazib  berish  haqida  bankka  topshiriq  beradi,  agar  to‘lovchining 
hisobvarag‘ida  mablag‘  yetarli  yoki  mavjud  bo‘lmasa  inkasso  topshiriqnomasi  kartoteka  2  da 
hisobga olib boriladi; 
 –  akkreditivga  ariza,  mijoz  sotib  oladigan  tovarlar  va  xizmatlar  uchun  to‘lanadigan 
mablag‘larni deponentlash haqida o‘z bankiga taqdim etadigan hujjat hisoblanadi; 
 –  hisob  –  kitob  cheki,  asosan  jismoniy  shaxslar  va  savdo  tashkilotlari  o‘rtasida 
qo‘llaniladigan hujjat bo‘lib, uchinchi shaxs, asosan savdo tashkilotlari chekdagi mablag‘ni talab 
qilib o‘z bankiga taqdim etadi; 
 –  memorial  order,  ushbu  hujjat  bankning  ichki  operatsiyalarini  bajarishda,  shuningdek, 
shartnomada  ko‘rsatilgan  hollarda  mijozlarning  hisobvaraqlaridan  mablag‘larni  ko‘chirishda 
bank tomonidan qo‘llaniladi.
 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin