Pul, kredit va banklar


tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154
Pul, kredit va banklar

tashkil etishda quyidagi ishlarni bajaradi:  
1. 
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qiladi;  
2. 
Pul muomalasini tashkil etadi va tartibga soladi
3. 
Naqd pullarni tijorat banklariga jo‘natish, qabul qilish, saqlash va samarali foydalanish 
ustidan nazoratni tashkil etadi.  
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t (prognoz) qilish tartibi.  
Naqd pul aylanmasini xomcho‘t qilish tijorat banklarining aylanma kassalarini xomcho‘tini 
tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi.  
Markaziy  bank  Hisob  –  kitob  kassa  markazlari  (HKKM)  va  tijorat  banklarining  tegishli 
hududlar  bo‘yicha  aylanma  kassalarni  xomcho‘tini  amalga  oshiradi  va  pul  muomalasi  holatini 
tahlil qilib boradi.  
Banklarning kassa aylanmalari xomcho‘ti ma’lum davrlar uchun naqd pullarning tushumi 
va chiqimi asosida tuziladi. Banklar kassa aylanmalari xomcho‘tini tuzish uchun o‘zlari xizmat 
ko‘rsatadigan  yuridik  shaxslardan  ularning  depozit  hisobvarag‘i  bo‘yicha  har  chorakning 
boshlanishidan 30 kun oldin  buyurtmanomalarini oladilar. 
Bank  bo‘limi  xizmat  ko‘rsatadigan  yuridik  shaxslarning  asosiy  depozit  hisobvarag‘i 
bo‘yicha aylanma kassa xomcho‘ti asosida bankda naqd pullarning tushum manbalari va chiqim 
moddalarining yig‘ma qaydnomasini tuzadi.  
Ta’kidlash  lozimki,  banklar  tomonidan  tuzilgan  aylanma  kassa  xomcho‘ti  amaliyotda 
doimo  ham  bajarilavermaydi.  Ushbu  holat  ob’ektiv  va  sub’ektiv  sabablar  bilan  izohlanadi. 
Albatta,  bu  ijobiy  holat  sifatida  baholanmaydi.  Chunki,  banklar  o‘z  majburiyatlarini  to‘liq 
ravishda bajarmasligi aholi va mijozlarning ularga bo‘lgan ishonchini pasayishiga sabab bo‘ladi.  
Banklar  yuridik  shaxslardan  olgan  choraklik  aylanma  kassa  xomcho‘tini  oyma  –  oy 
taqsimlab chiqadilar. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: 
 –  har bir oyning ish kunlari soni va boshqa xususiyatlari
 –    chakana  tovar  aylanmasi,  ish  haqi  fondlari  hajmining  oylar  bo‘yicha  o‘zgarib  turishi 
mumkinligi; 
 –  aholining soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlari. 
Tijorat  banklari  aylanma  kassa  xomcho‘tini  yangi  chorak  boshlanishidan  15  kun  oldin 
Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmalariga  taqdim  etadi,  ular  esa  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi,  Toshkent  shahri  va  viloyatlar  bo‘yicha  umumlashtirilgan  aylanma  kassa 
xomcho‘tlarini chorak boshlanishidan kamida 5 kun oldin Respublika Markaziy bankiga taqdim 
etadilar.  Tijorat  banklari  va  Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmalari  kassa  aylanmalari 
xomcho‘ti bilan birgalikda tushuntirish xatlarini ham qo‘shib jo‘natishlari lozim. 
Tushuntirish  xati  qisqa  bo‘lishi  kerak,  unda  kassa  aylanmalarining  to‘liq  asoslangan 
xomcho‘ti hamda o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan o‘zgarishlarga tushuntirishlar beriladi. 
Pul  muomalasini  tashkil  etish  va  tartibga  solish.Markaziy  bankpul  muomalasini  tartibga 
solishda pul – kredit siyosatining bevosita  va bilvosita instrumentlardan foydalanadi. Markaziy 
bank  pul  muomalasini  tartibga  solishda  tijorat  banklari  va  Markaziy  bankning  Hududiy  bosh 
boshqarmalari (MB HBB) bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.  
Pul  muomalasini  tashkil  etish  va  tartibga  solishda  tijorat  banklari  quyidagi  ishlarni 
amalga oshiradi: 


1.  jismoniy  shaxslarning  bo‘sh  pul  mablag‘larini  omonatlarga  jalb  qilishga,  jismoniy 
shaxslar  pul  daromadlarining  naqd  pulsiz  tartibda  omonatlarga  o‘tkazilishini  kengaytirishga, 
tovar  va  xizmatlar  uchun  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni,  shu  jumladan  bank  kartalaridan 
foydalangan holda rivojlantirishga qaratilgan choralar ko‘radilar;  
2.  yuridik  shaxslar  bilan  kelishgan  holda  ularning  kassalaridagi  naqd  pul  qoldig‘i 
limitlari, pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatlarini belgilaydilar;  
3.  naqd pul mablag‘larining har kuni kelib tushishi ustidan doimiy monitoringni amalga 
oshiradilar; 
4.  haqiqatda  tushgan  tushumlar  va  berilgan  naqd  pullarning  kassa  aylanmalarining 
xomcho‘t  hisob  –  kitoblaridan  farq  qilish  sabablarini  tahlil  qiladilar  hamda  naqd  pul 
tushumlarining ko‘payishini ta’minlash choralarini ko‘radilar; 
Markaziy  bankning  hududiy  bosh  boshqarmasi  (MB  HBB)  zimmasiga  pul  muomalasiga 
doir  ishlarni  tashkil  etish,  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahridagi 
tijorat  banklarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va uning monitoringi  yuklatiladi.  MB HBBlari 
xususan quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
1.  pul  muomalasining  holatini  o‘rganadi,  banklarning  kassa  aylanmalarini  tahlil  qiladi, 
pul muomalasining holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydi va tartibga soladilar; 
2.  pul  muomalasini  mustahkamlashga  qaratilgan  takliflarni  tayyorlab,  Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahrining  joylardagi  davlat  boshqaruv  organlari 
muhokamasiga qo‘yadilar; 
3.  naqd  pulga  bo‘lgan  talabni  uzluksiz  ta’minlashni  nazarda  tutib,  mintaqalar  va  tijorat 
banklari filiallari o‘rtasida naqd pul mablag‘larini tezkor qayta taqsimlashni amalga oshiradilar; 
4.  tijorat  banklari  bilan  birgalikda  naqd  pul  zaxiralari  hajmining  eng  kam  miqdorini 
tasdiqlaydilar; 
5.  banklarning pul muomalasiga doir ishlarini tahlil qiladi va o‘rganadilar. 
Xo‘jalik  yurituvchi sub’ektlar "Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish  qoidalari"ga  (1998  yil  17  dekabrda  565  –  son  bilan  ro‘yxatga  olingan)  muvofiq  o‘z 
kassalarida naqd pul qoldiqlari bo‘yicha belgilangan limitlar doirasida naqd pulga ega bo‘lishlari 
mumkin. 
Yuridik  shaxslar  kassadagi  belgilangan  naqd  pul  qoldig‘ining  limitdan  ortiqcha  qismini 
bank  bilan  kelishilgan  tartibda  va  muddatlarda  hisobvaraqqa  kiritib  qo‘yish  uchun  bankka 
topshirishlari shart.  
Kassadagi  naqd  pul  koldig‘i  limitlarini,  tushumni  topshirish  tartibi  va  muddatlarini 
belgilash  uchun  banklar  yilning  birinchi  choragida  savdo  tashkilotlari  va  boshqa  yuridik 
shaxslardan buyurtmanoma – hisob – kitob oladilar.  
Kassadagi  naqd  pullar  qoldig‘i  limiti  har  yili  kassaga  ega  bo‘lgan  va  naqd  pulli  hisob  – 
kitoblarni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslarga belgilanadi. 
Yuridik shaxsning turli banklarda bir nechta hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan taqdirda u o‘z 
ixtiyoriga  ko‘ra  xizmat  ko‘rsatuvchi  banklarning  biriga  kassadagi  naqd  pul  limitini  belgilash 
uchun hisob – kitob bilan murojaat etadi. Banklarning birida kassa qoldig‘i limiti belgilangandan 
so‘ng  yuridik  shaxs  belgilangan  kassa  qoldig‘i  limiti  to‘g‘risidagi  xabarnomani  unga  tegishli 
hisobvaraqlar ochilgan boshqa banklarga jo‘natadi.  
Kassadagi  naqd  pullar  limitini  belgilash  uchun  buyurtmanoma  –  hisob  –  kitobni  xizmat 
ko‘rsatuvchi  banklarning  birortasiga  taqdim  etmagan  yuridik  shaxslar  bo‘yicha  kassa  qoldig‘i 
limiti  nolga  teng  deb  hisoblanadi,  yuridik  shaxs  tomonidan  bankka  topshirilmagan  naqd  pul 
mablag‘lari esa limitdan ortiqcha deb hisoblanadi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin