Pul, kredit va banklar


 Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Pul, kredit va banklar

2.3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari  
 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o‘rtasida  har  kuni  bir  necha 
yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 
85  –  90  foizi,  ayrim  rivojlangan  mamlakatlarda  98  –  99  foizi  naqd  pulsiz  ko‘rinishida  amalga 
oshiriladi.  
O‘zbekistonda  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  tijorat  banklarining  ichki  va  tashqi  vakillik 
hisobraqamlari  orqali,  elektron  to‘lov  tizimi  yordamida,  mijozlarning  hisobvaraqlarida 
buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart 
oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi  banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa 
daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bu davlat idoralari va korxonalari, aholi va 
xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  o‘rtasidagi  to‘lovlarni  naqd  pulsiz  ko‘rinishda  amalga  oshirishga 
juda keng qulayliklar yaratilganligidan dalolat beradi.  
Naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirishda  qator  tamoyillar  bajarilishi  lozim. 
Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish maqsadga muvofiq: 
 –  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  jarayonida  ishtirok  etayotgan  har  ikkala  tomonning  ham 
bankda tegishli hisobvaraqlari mavjud bo‘lishi lozim; 


 –  mijozning  hisobvarag‘idan  mablag‘larni  boshqa  manzilga  o‘tkazish  va  kirim  qilish 
Markaziy  bank  tomonidan  qa’tiy  belgilangan  to‘lov  hujjatlari  asosida  hamda  ulardagi 
rekvizitlarni to‘liq to‘ldirilgan holda amalga oshiriladi; 
 – bank mijozning pul mablag‘larini o‘tkazish haqidagi topshirig‘ini uning hisobvarag‘ida 
mablag‘ bo‘lgandagina qabul qiladi. Mijozning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan holatda uning 
hisobvarag‘idan  undirish  to‘g‘risida  inkasso  topshiriqnomasi  (o‘z  vaqtida  to‘lanmagan  soliqlar 
va  Davlat  byudjetiga  o‘tkaziladigan  soliqdan  tashqari  to‘lovlar  (penya,  jarimalar)ni  undirib 
olishda  soliq  idoralari  tomonidan,  byudjetdan  tashqari  fondlar  –  o‘z  vaqtida  to‘lanmagan 
to‘lovlarni  undirib  olishda,  agarda  bu  qonuniy  hujjatlarda  ko‘zda  tutilgan  holatlarda),  to‘lov 
talabnomalar kartoteka 2 ga kirim qilinadi va belgilangan tartibda to‘lovlar amalga oshiriladi; 
 –  bank  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarni  faqat  mablag‘  egasining  topshirig‘i  asosida 
belgilangan  maqsadlar  uchun  o‘tkazadi,  hisobvaraq  egasining  hisobida  mablag‘lar  yetarli 
bo‘lmagan holatlar bundan mustasno; 
 –  mablag‘lar  to‘lovchining  hisobvarag‘idan  o‘chirilgandan  so‘ng  mablag‘  oluvchining 
hisobvarag‘iga kirim qilinadi; 
 – to‘lovlarni amalga oshirish Markaziy bank tomonidan belgilangan naqd pulsiz hisob – 
kitoblarning shakllarini qo‘llagan holda, tegishli to‘lov hujjatlari orqali amalga oshiriladi. 
Naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblarning  shakli  va  to‘lovlarni  amalga  oshirishning  tartibi  tovar 
sotuvchi  va  xizmatlar  ko‘rsatuvchi  tashkilot  hamda  uni  sotib  oluvchi  o‘rtasida  tuziladigan 
shartnomada aniq va batafsil belgilab qo‘yiladi.  
Bankda  mablag‘larni  kirim  qilish  yoki  hisobdan  chiqarish  uchun  asos  bo‘ladigan 
hujjatlarning  elektron  nusxalari  mijozning  hisobvarag‘i  xizmat  ko‘rsatadigan  buxgalteriya 
xodimi tomonidan imzolanadi hamda to‘lashga qabul qilish va to‘lash sanalari ko‘rsatilgan holda 
o‘ziga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanadi.   
Yuqorida qayd etganimizdek, mamlakatimiz pul aylanmasi tarkibida naqd – pulsiz hisob 
– kitoblarning ulushi ayrim mamlakatlarga nisbatan yuqoriroq miqdorni tashkil etadi.  
Pul  aylanmasi  tarkibida  naqd  pulsiz  hisob  –  kitoblar  hajmini  oshirishga  qator  omillar 
ta’sir qiladi. Xususan: 
1.Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  banklarga  bo‘lgan  ishonchining  yuqoriligi.  Agar 
yuridik  va  jismoniy  shaxslar  banklarga  nisbatan  ishonchi  yuqori  darajada  bo‘lmasa,  banklarga 
naqd  pullarni  topshirishga  bo‘lgan  moyilligi  pasayadi,  hisob  –  kitoblarni  naqd  pullarda  amalga 
oshirishga intiladi. 
2.Iqtisodiyotda  monetizatsiya  koeffitsienti  darajasining  tegishli  me’yori  ta’minlangan 
bo‘lishi lozim. Iqtisodiyotning  yetarli darajada pul bilan ta’minlanganlik  darajasi monetizatsiya 
koeffitsienti  asosida  aniqlanadi.  Monetizatsiya  koeffitsienti  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotiga 
nisbatan  aniqlanib,  xalqaro  moliyaviy  tashkilotlar  va  ekspertlarning  fikrlariga  ko‘ra  uning 
miqdori, o‘tish iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarda 45-60 foizdan iborat bo‘lishi lozim. Agar 
mamlakatda  monetizatsiya  koeffitsienti  ushbu  miqdordan  past  bo‘lsa  iqtisodiyotda  pul 
taqchilligi,  tijorat  banklarida  likvid  mablag‘lar  va  resurslarning  yetishmasligi,  kreditlar  va 
omonatlar  bo‘yicha  foiz  stavkalarining  yuqoriligi  kuzatiladi.  Bularning  barchasi  naqd  pulsiz 
hisob – kitoblar hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 
3.Tijorat banklarining resurslarga bo‘lgan ehtiyojining yetarli ravishda qondirilmasligi. 
Ma’lumki,  tijorat  banklari  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  pullar  o‘zining  boshlang‘ich 
nuqtasiga  qaytib    kelmasligi  banklarning  resurs  bazasiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Buning 
oqibatida  tijorat  banklarining  real  sektorni  kreditlash  uchun  yo‘naltirayotgan  resurslarning 
taqchilligi,  omonatlarga  to‘lanadigan  to‘lovlar  miqdorining  oshib  ketishi,  bu  esa  o‘z  navbatida 
naqd pulsiz hisob – kitoblar hajmini pasayishiga olib keladi. 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin