Pul, kredit va banklar


To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
To‘lov talabnomalari bilan hisob – kitoblar 
 
To‘lov  talabnoma  xo‘jalik  sub’ektlari  o‘rtasida  to‘lovlarni  amalga  oshirishda 
qo‘llaniladigan naqd pulsiz hisob – kitoblarning shakli hisoblanadi. O‘zbekiston tijorat banklari 
o‘rtasida  to‘lov  talabnomalar  hisob  –  kitoblarning  qo‘llanilishi  juda  keng  tarqalmagan.  Buning 
asosiy sabablaridan biri to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblarda hujjatlarning aylanishi juda 
ko‘p vaqt oladi va ortiqcha sarf xarajatlar talab qiladi.      
To‘lov  talabnoma  –  mol  sotuvchi  tomonidan  belgilangan  summani  bank  orqali  olish 
haqidagi  talabini  o‘z  ichiga  olgan  hisob  –  kitob  hujjatidir.  Talabnomalar  asosan  aktseptli  va 
aktseptsiz bo‘lishi mumkin. 
Aktseptli  to‘lov  talabnomalarda  bank  avval  to‘lovchining  mablag‘ni  to‘lash  haqidagi 
roziligini oladi, so‘ngra to‘lovni amalga oshiradi. Aktseptsizda esa avval to‘lov amalga oshirilib, 
so‘ngra mijozga to‘lov hujjatlarini beradi.  
Tijorat  banklarining  yagona  vakillik  hisobvaraqlariga  o‘tishi  to‘lov  talabnomalar  bilan 
amalga  oshiriladigan  hisob  –  kitoblarni  rasmiylashtirish  va  hujjatlarning  aylanish  jarayonlarini 
bir qadar yengillashtirdi. 
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob – kitoblar.  Ta’kidlaganimizdek, aktseptli to‘lov 
talabnomalar  sotib  oluvchining  bankiga  kelib  tushgandan  so‘ng,  bank  dastlab  to‘lovni  amalga 
oshirish  yuzasidan  to‘lovchining  roziligini  oladi.  Buning  uchun  bank  tomonidan  to‘lovchilarga 
talabnomalarni quyidagicha aktseptlash muddati o‘rnatiladi: 
 –    bir  shahar  ichida  joylashgan  mijozlar  uchun    –    talabnomalarni  bankka  kelib  tushgan 
kunni hisobga olmagan holda, uch ish kuni; 
 –    boshqa  shaharlarda  joylashgan  mijozlar  uchun  talabnomalarni  bankka  kelib  tushgan 
kunni hisobga olmagan holda, besh ish kuni; 
–  to‘lovchining asosli iltimosiga ko‘ra 10 kungacha. 
Aktseptlash tartibida to‘lanadigan aktseptli to‘lov talabnomalar muddatini kutayotgan davr 
davomida to‘lovni kutayotgan hujjatlar kartotekasi (1 – kartoteka)da hisobga olib boriladi.  
To‘lovchi  belgilangan  muddatda  yozma  ravishda  unga  xizmat  qiluvchi  bank  bo‘limiga 
aktseptlashni  qisman  yoki  to‘liq  rad  qilish  huquqiga  ega  (tovar  –  material  qimmatliklarini 
jo‘natishda,  xizmatlar  ko‘rsatishda  va  boshqa  holatlarda  shartnoma  shartlariga  amal 
qilinmaganda, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan). 
Belgilangan  muddatda  korxona  yozma  ravishda  aktseptlashni  rad  etmasa,  talabnoma 
aktseptlangan hisoblanadi. 
Talabnomani  aktseptlashdan  qisman  bosh  tortganda,  to‘lovchi  tomonidan  aktseptlangan 
summa  bo‘yicha  to‘lovlar  amalga  oshiriladi.  Agar  to‘lovchining  hisobvarag‘ida  mablag‘lar 
bo‘lmaganda aktseptli to‘lov talabnomalar 2 – kartotekaga joylashtiriladi. 
Bunda bank to‘lovchi tomonidan aktseptlashni qisman rad qilinganligi to‘g‘risida mahsulot 
yetkazib beruvchining (mablag‘ oluvchining) bankiga yozma ravishda xabar beradi. 
Bank  2  –  kartotekadagi  hisob  –  kitob  hujjatlari  bo‘yicha  to‘lovlarni  amalga  oshirishda 
to‘lovchilarga penya hisoblash va oluvchilar foydasiga o‘tkazish huquqiga ega, agar bu bank va 
mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomada kelishilgan bo‘lsa. 
Bank  to‘lovchilardan  mablag‘larni  oluvchilar  foydasiga  muddati  o‘tkazib  yuborilgan 
to‘lovlar bo‘yicha har bir kun uchun qonunda belgilangan miqdorda penya undiradi.Agar ushbu 
holat  bank  va  mijoz  o‘rtasida  hisob  –  kitob  va  bank  xizmatlarini  ko‘rsatish  bo‘yicha 
sharotnomada belgilab qo‘yilgan bo‘lsa.  
Quyidagi shartli chizmada aktsiyadorlik tijorat Agrobankning ikkita bo‘limi mijozlarining 
aktseptli  to‘lov  talabnomalar  bilan  hisob  –  kitoblar  amalga  oshirilganda  hujjatlar  aylanishini 
shartli misolda ko‘rib chiqamiz. 


 
Aktseptli to‘lov talabnomalar bilan hisob –  
kitoblarni amalga oshirish tartibi 
 
Mol  sotuvchi  va  sotib  oluvchi  o‘rtasida  tovarlar  sotish  va  xizmatlar  ko‘rsatish  haqida 
shartnoma  tuziladi,  ushbu  shartnomada  to‘lov  shakli  ham  kelishiladi  (1),  sotuvchi  tovarlarni 
jo‘natagandan  yoki  xizmatlarni  ko‘rsatgandan  keyin  (2)  aktseptli  to‘lov  talabnomani  bankka 
taqdim  etadi  (3),  bankning  mas’ul  buxgalteri  to‘lov  talabnomalar  belgilangan  tartibga  javob 
berishini  nazoratdan  o‘tkazgandan  keyin  pochta  orqali  sotib  oluvchining  bankiga  jo‘natadi  (4), 
sotuvchining  banki  to‘lov  talabnomani  aktseptlash  uchun  sotib  oluvchiga  jo‘natadi  (5),  sotib 
oluvchi  yozma  ravishda  to‘lovni  rad  etmasa  uning  hisobidan  mablag‘ni  sotuvchi  hisobiga 
o‘tkazish haqidagi elektron to‘lov talabnomani respublika bankiga jo‘natadi (6).  
Agrobankning  Koson  bo‘limi  sotuvchining  hisobvarag‘idan  mablag‘ni  ko‘chirgandan 
so‘ng  bu  haqda  unga  xabar  qiladi  (7),  o‘z  navbatida  respublika  Agrobanki  elektron  to‘lov 
talabnoma  bilan  Koson  bo‘limining  vakillik  hisobvarag‘idan  mablag‘ni  Oqtosh  bo‘limiga 
o‘tkazadi (8), Agrobankning Oqtosh bo‘limi mablag‘ni sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkazadi va 
bu haqda sotuvchiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi (9).   
Aktseptli  to‘lov  talabnomalar  bilan  hisob  –  kitoblarni  amalga  oshirganda  to‘lovchining 
hisobvarag‘ida  mablag‘  bo‘lmaganda  to‘lov  hujjatlari  bankning  ikkinchi  kartotekasiga  kirim 
qilinadi.     

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin