Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154
Pul, kredit va banklar

ruhiyatiga  singib  ketgan  mo‘jizakor  kuchining  ta’siri  bilan  o‘lchanadi.    Kishilar 
ongida  naqd  pullar  hali  ham  o‘zlarining  tarixiy  ajdodlari  bo‘lmish  haqiqiy  oltin 
pullarning  vakillari  bo‘lib  qolmoqda.  Azal  –  azaldan  naqd  pullar  kishini 
jamiyatdagi  ijtimoiy  haq  –  huquqini  tasdiqlovchi  guvohnoma  vazifasini  o‘tab 
kelmoqda.  Shu  sababli,  har  bir  shaxs  cho‘ntagida  omonat  daftarchasi,  plastik 
kartochka  yoki  uning  o‘rnini  bosuvchi  biror  hujjat  olib  yurgandan  ko‘ra  naqd 
pullarning o‘zini olib yurishni afzal ko‘radi.  
Odamlar 
iqtisodiy 
hayot 
jarayonlarini 
begonalarning 
aralashuvisiz 
(anonimnost) boshqarishni hush ko‘radilar, zero naqd pulli hisob – kitoblar har bir 
shaxsning  o‘ziga  xos  maxfiy  hattiharakati  hisoblanadi.  Naqd  pulsiz  hisob  – 
kitoblar  esa  bunday  talabni  bajarishga  qodir  emas,  chunki  unda  albatta  uchinchi 
shaxs bo‘lgan banklar ishtiroki muqarrardir.  
Bundan tashqari, aholining naqd pul bilan hisob – kitoblar qilishga moyilligi 
bank  tizimiga  bo‘lgan  ishonch  va  banklar  tomonidan  zarur  to‘lovlarni  qanchalik 
darajada  amalga  oshirish  qobiliyati  bilan  ham  o‘lchanadi.  Agar,  aholining  bank 
tizimiga bo‘lgan ishonchi mustahkam bo‘lsa, ular qo‘llaridagi vaqtincha bo‘sh pul 


mablag‘larini  bank  omonotlariga  topshiradilar  hamda  banklar  tomonidan  naqd 
pullar  o‘rniga  oson  va  tez  amalga  oshirish  mumkin  bo‘lgan  naqd  pulsiz  hisob  – 
kitoblarning  turli  shakllari  taklif  qilib  borilsa,  naqd  pul  muomalasi  shunchalik 
qisqarib boraveradi. Qolaversa, aholi bank tomonidan ularning omonatlarga foizlar 
to‘lashdan oladigan daromadlardan manfaatdordirlar. 
Shu  bilan  birga,  yana  shunday  omilni  qayd  etib  o‘tish  zarurki,  naqd  pul 
muomalasining  mavjudligi har bir  millatning dunyoqarashi va hayot tarziga  ham 
bog‘liqdir.  Ma’lumki,  o‘zbek  xalqining  ko‘pdan  ko‘p  udum  va  marosimlari 
bevosita  naqd  pullar  yordamida  amalga  oshirilayotganligi    ham  mamlakatimizda 
naqd pul muomalasi salmog‘ini oshiradi. 
Naqd  pul  muomalasining  zaruriy  qo‘llanishiga  aholining  demografik 
joylashishi  ham  o‘ziga  xos  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Ushbu  omilning  ta’siri, 
ayniqsa  bizning  Respublikamizda  sezilarli  darajada  saqlanib  turibdi.  Respublika 
aholisining  aksariyat  qismi  qishloq  hududlarida  istiqomat  qilayotganligi  ushbu 
omil ta’sirini kuchaytirmoqda.  
Naqd  pullarning  iqtisodiy  jihatdan  zaruriy  mavjudligi  uning  huquqiy 
asoslarini  ham  saqlanib  qolishiga  sabab  bo‘lmoqda.  Barcha  mamlakatlarning  
qonunchilik hujjatlarida naqd pullar asosiy to‘lov vositasi va milliy pul tizimining 
asosi deb qayd qilingan. Demak, naqd pullar qonunchilik asosida davlat tomonidan 
himoyalangan.  Qolaversa,  qonunchilik  hujjatlarida  ham  naqd  pullarning  naqdsiz 
pul  mablag‘lariga  nisbatan  ustuvor  xususiyati  saqlanib  qolganini  sezish  qiyin 
emas.  
Deyarli  barcha  mamlakatlarda  naqd  pul  banknotlari  va  tangalar  muomalaga 
yagona  emissiya  banki  –  Markaziy  bank  (Milliy  bank,  Federal  zaxiralar  tizimi) 
tomonidan  chiqariladi  va  naqd  pullar  Markaziy  bankning  so‘zsiz  bajarishi  shart 
bo‘lgan majburiyati hisoblanadi. 
 Plastik kartochkalar, bank omonatlari yoki boshqa depozitlaridagi mablag‘lar 
esa  tijorat  banklarining  majburiyatlari  hisoblanadi  va  ularning  bajarilish  darajasi 
o‘sha  tijorat  bankining  moliyaviy  holati  bilan  baholanadi.  Bozor  iqtisodiyotidagi 
mavjud kuchli raqobat har qanday tijorat bankining faoliyatini xavf – xatardan holi 
qoldirmaydi.  To‘g‘ri,  har  bir  mamlakatda  bank  majburiyatlari  ma’lum  jihatdan 
davlat 
tomonidan 
kafolatlanadi, 
jumladan 
bizning 
Respublikada 
ham 
“Fuqoralarning  banklardagi  omonatlarini  kafolatlari  to‘g‘risida”  qonun  qabul 
qilingan, lekin har qanday sharoitda ham ular naqd pullar ega bo‘lgan bexatarlikni 
to‘liq kafolatlay olmaydi.  
Naqd  pul  muomalasi  o‘z  o‘rnida  salbiy  xususiyatlarga  ham  egadir. 
Chunonchi, naqd pul muomalasini tashkil qilish va boshqarish, ya’ni naqd pullarni 
muomalaga  chiqarish,  saqlash,  tashish  hamda  ularni  muomalaga  tayyorlash  bilan 
bog‘liq katta harajatlarni talab qiladi. Muomalaga yaroqsiz holga kelgan naqd pul 
biletlarini yo‘q qilish ham maxsus tadbirlar orqali katta harajatlar evaziga amalga 
oshiriladi.  
Naqd  pullar  o‘rniga  tijorat  banklari  tomonidan  muomalaga  chiqarilayotgan 
plastik  kartochkalar  ham  o‘z  o‘rnida  katta  harajatlar  va  tadbirlarni  amalga 
oshirishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, plastik kartochkalar albatta naqd pulga 
almashish qobiliyatini saqlab qolmog‘i zarur, aks holda ularni aholi o‘rtasida keng 


targ‘ib qilib bo‘lmaydi. Buning uchun esa aholi uchun qulay joylarda qimmatbaho 
qurilmalar  –  bankomat  va  terminallar  qo‘yishga  to‘g‘ri  kelmoqda.  Yana  shuni 
alohida  qayd  etish  kerakki,  aholining  naqd  pulga  bo‘lgan  ehtiyojini  xohlagan 
vaqtda qondirish uchun bankomatlarga bir  vaqtda katta  miqdordagi naqd pullarni 
qo‘yishga  to‘g‘ri  kelmoqda.  Bu  esa,  o‘z  o‘rnida  katta  miqdordagi  naqd  pullarga 
bo‘lgan talabni vujudga keltirmoqda.    
Bundan  tashqari,  naqd  pullardan  belgilangan  tartibda  foydalanmaslik   
xufyona  iqtisodiyotni  rivojlanishiga  yo‘l  ochib  beradi  hamda  ayrim  yuridik  va 
jismoniy shaxslarga noqonuniy faoliyat yuritib mehnatsiz daromad orttirish uchun 
xizmat qiladi. 
Naqd pullar uchinchi sub’ekt aralashuvisiz harakatda bo‘lganligi uchun aynan 
uning  yordamida  terrorizm,  giyohvandlik  moddalari  bilan  biznes  qilish  kabi  o‘ta 
xavfli  jinoyatlar  amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  dunyoning  ko‘pgina 
mamlakatlarida  pul  muomalasi  terrorizmni  moliyalashtirish  va  giyohvandlik 
moddalari bilan biznes qilishning oldini olish maqsadida qonunlar qabul qilingan. 
Jumladan,  bizning  Respublikamizda  ham  2006  yilning  1  yanvaridan  boshlab 
“Jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi. 
Bundan  tashqari,  naqd  pul  muomalasi  bizning  yodimizdan  ko‘tarilgan  “pul 
fetishizmi”  (pulga  sig‘inish)ni  tomir  otishiga  zamin  yaratadi.  Ayniqsa,  hamma 
narsa  pulga  olib–  sotilishi  mumkin  bo‘lgan  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yoshlar 
ongini oson pul topishga ruju qo‘yish kabi illatlar bilan zaharlaydi.  
Naqd  pullarning  ijobiy  va  salbiy  xususiyatlari  bo‘lishidan  qat’iy  nazar,  ular 
bugungi kunda yuqorida qayd etilgan ob’ektiv omillar ta’sirida dunyoning barcha 
mamlakatlaridaamal qilib turibdi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin