Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154
Pul, kredit va banklar

Naqd  pullarning  tijorat  bankidan  chiqib  yana  tijorat  bankiga  qaytib  kelish 
harakati ularning doiraviy aylanmasi deyiladi. 
Tijorat banklari faqat muomaladan vaqtincha ortiqcha bo‘lgan va muomalaga 
yaroqsiz  naqd  pullarni  Markaziy  bank  muassasalariga  topshirishadi.  Naqd 
pullarning  Markaziy  bankdan  tijorat  banklariga  chiqishi  muomalaga  pul 
chiqarish,  ya’ni  Markaziy  bankning  emissiya  operatsiyasi,  tijorat  banklaridan 
Markaziy  bankka  qaytib  kelish  harakati  muomaladan  pul  olish  operatsiyasi 
deyiladi. 
Naqd  pullar  aylanishini  mamlakatimiz  misolida  quyidagi  chizmada  aks 
ettirilgan. 
1. Markaziy bank buyurtmasiga ko‘ra, pul fabrikasida ishlab chiqarilgan naqd 
pullarni  Markaziy  bank  va  uning  muassasalariga  maxsus  inkassatorlar  apparati 
orqali yetkazib berish. 
2.  Markaziy  bank  tijorat  banklari  buyurtmalariga  va  pul  –  kredit  siyosati 
ko‘rsatgichlariga asosan tijorat banklariga inkassatorlar orqali naqd pullar yetkazib 
berish.  Markaziy  bank  Hisob  –  kitob  markazlari  kassasidan  faqat  o‘z  mijozlariga 
qonunchilikda belgilangan to‘lovlar uchun naqd pullar berish. 
3.  Tijorat  banklari  va  ularning  filiallari  tomonidan  o‘zlari  xizmat 
ko‘rsatayotgan  korxona  va  tashkilotlarga  qonunchilikda  belgilangan  to‘lovlarni 
amalga oshirish  uchun naqd pullar berish. 
4. Korxona  va tashkilotlar  tomonidan ishchi va  xizmatchilarga mehnat  haqi, 
stipendiya, pensiya va boshqa ijtimoiy nafaqalar berish, shuningdek qonunchilikda 
ko‘zda tutilgan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish. 


5.  Aholi  tomonidan  korxona  va  tashkilotlardan  naqd  pullarga  tovarlar  va 
qimmatli  qog‘ozlar,  lotereya  biletlari  harid  qilish,  ko‘rsatilgan  turli  madaniy  va 
maishiy  xizmatlar,  transport,  sug‘urta,  kommunal  to‘lovlari,  jarima  va  ustamalar 
hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirish. 
6.  Korxona  va  tashkilotlar  tomonidan  naqd  pul  tushumlarini  tijorat  bank 
kassalariga topshirish (inkassatsiya qilish). 
7.  Jismoniy  shaxslar  tomonidan  tijorat  banklaridan  naqd  pulda  kreditlar, 
omonatlardagi  pul  qo‘yilmalari,  dividend  va  naqd  puldagi  boshqa  daromadlarini 
olish. 
8.    Jismoniy  shaxslar  tomonidan  tijorat  banklariga  naqd  pulda  kreditlarni 
qaytarish, omonatlar qo‘yish va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish. 
9. Tijorat banklari tomonidan muomalaga yaroqsiz va ortiqcha naqd pullarni 
Markaziy bankka topshirish. 
Yuqoridagi chizmaning 4 va 5 – bosqichlar naqd pullarning bankdan tashqari 
aylanmasini o‘z ichiga oladi, ya’ni naqd pullarning bu harakati banklarni chetlab 
o‘tadi.  Naqd  pullarning  bu  aylanmasining  ma’lum  qismi,  aholi  va  xo‘jalik 
sub’ektlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  noqonuniy  faoliyat  turi  hisoblanadi. 
Shuning  uchun  dunyoning  barcha  mamlakatlarida  naqd  pullarning  bankdan 
tashqari  aylanmasiga  barham  berish  uchun  ko‘plab  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 
Respublika  Hukumati  tomonidan  naqd  pullarning  bankdan  tashqari  aylanmasini 
qisqartirish  bo‘yicha  muntazam  ravishda  katta  tadbirlar  o‘tkazilib  kelinmoqda. 
Xususan,  “Jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirish  va  terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni qabul qiligishi ham aynan 
shu masalalarning ijobiy yechimini ta’minlashga qaratilgan. 
Qonunda  u  quyidagicha  bayon  qilingan  “Jinoiy  faoliyatdan  olingan  
daromadlarni  legallashtirish  mulk    (pul  mablag‘lari    yoki    boshqa    mol  –  mulk)  
jinoiy  faoliyat  natijasida  topilgan bo‘lsa, uni o‘tkazish, mulkka  aylantirish yoxud 
almashtirish yo‘li  bilan uning kelib chiqishiga  qonuniy tus  berishdan, shuningdek  
bunday  pul    mablag‘lari  yoki    boshqa    mol  –  mulkning    asl    xususiyatini,  
manbaini,    turgan  joyini,  tasarruf    etish,    ko‘chirish    usulini      yoxud    pul  
mablag‘lariga  yoki   boshqa mol – mulkka  bo‘lgan  haqiqiy  egalik   huquqlarini  
yoki  ularning   kimga qarashliligini  yashirishdan  yoxud  sir  saqlashdan  iborat  
bo‘lgan, jinoiy jazolanadigan ijtimoiy xavfli qilmishdir”.  
Mazkur qonunga binoan banklar pul  mablag‘lari  yoki  boshqa  mol – mulk 
bilan  bog‘liq  operatsiyalarni  amalga  oshiruvchi  tashkilot  sifatida    qaralib,  ularga 
majburiy  nazoratni amalga  oshirish  maqsadida  yuridik   yoki  jismoniy  shaxslar   
to‘g‘risidagi  ma’lumotlarni  ular  taqdim  etgan  hujjatlar  asosida  aniqlash  yoki 
identifikatsiyalash vazifasi yuklatilgan. 
Lekin,  bankdan  tashqari  pul  aylanmasi  qonunda  ko‘zda  tutilgan  pul 
mablag‘lari  bilan  bog‘liq  operatsiyalarni  amalga  oshiruvchi  boshqa  tashkilotlar 
tomonidan  ham  qayd  etilmaydigan  pul  aylanmasiga  ega.  Masalan,  mamlakatga 
noqonuniy  olib  kirilgan  yoki  xufiyona  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni  uyushmagan 
bozorlarda  aholiga  sotish,  dehqon  bozorlaridagi  mahsulot  oldi  –  sotdi 
operatsiyalari  qonunda  ko‘rsatilgan  birorta  tashkilot  tomonidan  rasman  qayd 
etilmaydi  yoki  ularni  identifikatsiyalash  deyarli  mumkin  emas.  Pulning  bu 


aylanmasini  faqat  maxsus  izlanishlar  va  tadqiqotlar  o‘tkazish  orqali  aniqlash 
mumkin. 
Ayrim  mamlakatlarda  pul  muomalasini  tartibga  solish  uchun  uning  amal 
qilish  doirasiga  chegaralar  o‘rnatilgan.  O‘zbekistonda  naqd  va  naqdsiz  pul 
o‘rtasidagi  mavjud  farqqa  barham  berib  borilmoqda.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Fuqarolik  Kodeksining  790  –  moddasiga  muvofiq  fuqarolar  o‘rtasidagi 
tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  hisob  –  kitoblar  hamda  fuqarolar 
bilan korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ayrim 
hisob  –  kitoblar  naqd  pulda  amalga  oshirilishi  belgilangan.  Yuridik  shaxslar 
o‘rtasidagi  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  bog‘liq  barcha  to‘lovlar  naqd  pulsiz 
shakllarda  amalga  oshiriladi.  Respublikaning  aksariyat  pul  aylanmasi  korxona  va 
tashkilotlar o‘rtasida amalga oshirilishi sababli, umumiy pul aylanmasida naqd pul 
aylanmasining ulushi ancha kamdir.  
Demak,  naqd  pul  muomalasi  asosan  jismoniy  shaxslarning  naqd  pul 
shaklidagi  daromad  va  harajatlarining  harakatidan  iborat  bo‘lib,  aholining 
kundalik  hayotiy  ehtiyojlarini  qondirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  to‘lovlarda 
qo‘llanilmoqda.  Shu  bilan  birgalikda,  mamlakat  iqtisodiyotida  kichik  biznes 
faoliyatini  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  ayrim  to‘lovlarni  ham  naqd  pulda  amalga 
oshirishga ruxsat berilgan. 
 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin