Pul, kredit va banklar


 Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Pul, kredit va banklar

14.5. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi 
 
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega: 
1.  Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan  bank  operatsiyalarini 
amalga oshirdi. 
2.  Nobank kredit tashkilotlari faoliyati  tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi. 
Bu  ularni  raqobatbardoshligini  ta’minlash  imkoniyatini  beradi.  Chunki 
nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata 
oladi. 
3.  Nobank kredit tashkilotlari faoliyati  past  riskli hisoblanadi. 
4.  Nobank  kredit  tashkilotlari  faoliyati  Markaziy  Bank  tomonidan  Tijorat 
banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi 
Nobank  kredit tashkilotlarining  resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil 
topadi: 
 
a)Ustav kapitali 
 
b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam 
 
c)O‘zining a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari 
 
d)Tijorat banklarining kreditlari 
 
e)Sof  foyda 
 
f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar 
 
g)O‘tgan yillarning taqsimlanmagan goydasi 
     Nobank  kredit  tashkilotlarining  aktiv  operatsiyalari  ularning  faoliyati 
yo‘nalishlariga  mos  ravishda  shakllanadi.  Masalan:  Kredit  uyushmalari 
o‘zlariga a’zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu 
sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo‘lsa kredit 
operatsiyasidir. 
      Mikrokredit 
tashkilotlari  aholining  iqtisodiy  lekin  kambag‘al  
qatlamlariga  kredit  beradi.  Mikrokredit  tashkilotlarining  asosiy  aktiv 
operatsiyasi  bu    kichik  summada,  past  foiz  stavkasida  kredit  berish 
operatsiyasidir. 
  
Faktoring  kompaniyasi  jo‘natilgan  tovarlar  va  ko‘rsatilgan  xizmatlar  
bo‘yicha  debitor  qarzdorlarini  inkassatsiya  qilish  bilan  shug‘illanadi.  Ular 


Tovar  hujjatlarini    2  ta  shart  asosida      regress  huquqi  bilan  va  regress 
huquqisiz  sotib oladi .  
 
Tovar  hujjatlari  regress  huquqi  bilan  sotib  olingan  to‘lovchi  to‘lovga 
noqobil  bo‘lib qolganda  faktoring    kompaniyasiga to‘lovni  mol yetkazib 
beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi. 
 
Agar  tovar  hujatlari  regress  huquqisiz  sotib  olinsa  ,  to‘lov  riski  to‘liq 
ya’ni  100  %  faktoring  kompaniyasining  zimmsida  qoladi.  Chunki  to‘lovchi 
to‘lovga  noqobil  bo‘lib  qolganda  factoring  kompaniyasi  to‘lovni  undirish 
bo‘yicha  mol yetkazib beruvchiga murojat  qila olmaydi. 
 
O‘zbekiston  Respublikasida  faktoring  komponyalari  mavjud  emas. 
Faktoring  operatsiyalarini  tijorat  banklari  bajaradi.  Ammo  ular  tovar 
hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari , 
O‘zbekiston bankalari faktoring  operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu 
operatsiyalarning  buxgalteriya  hisobini  yuritmaydi.  Xolbuki  taraqqiy  etgan 
mamlakatlarda 
factoring 
kompaniyalari 
faktoring 
operatsiyalarining 
buxgalteriya  hisobini ham yuritadi. 
 
Lizing  kompaniyalari  uzoq    muddatli  kreditlar    bozorida    tijorat 
banklari bilan raqobat qila  oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat 
faydalaniladigan  tovarlarni  uzoq  muddatli  ijaraga  beradi.  Lizing 
shartnomalarining  o‘rtacha  muddati  3-5  yilni  tashkil  qiladi.  Ammo 
lizing  kompaniyalarining  zaif  jihati  bor  ,  ya’ni  lizing  kompaniyalarida 
resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o‘z mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtirishga  majbur.Shu  sababli  ular  tijorat  banklarining  uzoq 
muddatli kreditlarini keng ko‘lamda jalb qiladilar. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin