Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154
Pul, kredit va banklar

Valyuta  tizimi    –    valyuta  munosabatlarini  tashkil  etish  va  tartibga  solish 
shakli 
bo’lib,  maxalliy  qonunchilik  yoki  xalqaro  kelishuv  asosida 
mustahkamlanadi.  Xalqaro  iqtisodiy  adabiyotlarda  –  milliy,  xalqaro  va  hududiy 
valyuta tizimlari mavjudligi e’tirof etiladi. 
Dastlab  milliy  valyuta  tizimlari  vujudga  kelgan.  Milliy  valyuta  tizimlari 
xalqaro  amaliyotdagi  normalarni  inobatga  olgan  holda  mahalliy  qonunchilik 
hujjatlari  asosida  tartibga  solinadi.  Milliy  valyuta  tizimi  mamlakat  pul  tizimini 
tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o’zga hududlarda to’lov vositasini 
bajarishi  mumkin.  Buning  uchun  qator  omillar  mavjud  bo’lishi  lozim.  Xususan, 
milliy  iqtisodiyotning  barqarorligi  va  raqobatbardoshligi  taminlangan  bo’lishi, 
milliy  valyutani  sotib  olish  qobiliyati  mustahkam  bo’lishi,  mamlakat  jahon 
xo’jaligida yuqori mavqie va reytingga ega bo’lishi kabilar shular jumlasidandir. 


Xalqaro  valyuta  tizimining  vujudga  kelishining  asosini  mamlakatlarning 
milliy  valyuta  tizimi  tashkil  etadi  va  mamlakatlar  o’rtasida  o’zaro  kelishuvlar 
asosida  mustahkamlanadi.  Dastlabki  xalqaro  valyuta  tizmining  vujudga  kelishi 
1850  yillarga  to’g’ri  keladi.  Xalqaro  valyuta  tizimining  barqaror  samarali  amal 
qilishi,  uning  tegishli  tamoyillariga  rioya  etilishi,  mamlakatlar  o’rtasida  siyosiy 
iqtisodiy  barqarorlik  ta’minlanishini  talab  etadi,  aks  holda  xalqaro  valyuta  tizimi 
vaqti  –  vaqti  bilan  inqirozga  uchraydi,  buning  natijasida  amaldagi  valyuta  tizimi 
barham topib, uning o’rniga yangisi tashkil topadi.  
Milliy  va  xalqaro  valyuta  tizimining  amal  qilishi,  ularning  elementlarida 
namoyon bo’ladi. 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin