Pul, kredit va banklar



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/154
tarix01.01.2022
ölçüsü1,98 Mb.
#50588
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
Pul, kredit va banklar

 
 
 
 
 
 


16-mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish 
masalalari 
 
16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari 
16.2. Valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 
16.3. Valyuta kursi va uning turlari 
 
 
16.1. Valyuta tizimi va uning elementlari 
 
Xalqaro  valyuta  munosabatlarining  rivojlanishida  mamlakatlar  o’rtasida 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozorlarning paydo bo’lishi, 
xo’jalik yuritishning xalqaro tizimini shakllanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning 
globallashuvi hamda internatsionallashuvi asosiy omillardan bo’lib hisoblanadi. 
Xalqaro  valyuta  munosabatlari  xalqaro  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabatlarni 
rivojlanishi  bilan  bevosita  bog’liq.  Xalqaro  takror  ishlab  chiqarish  va  valyuta 
munosabatlari  o’rtasida  bevosita  va  qarama–  qarshi  aloqa  mavjud  bo’lib,  ular 
xalqaro  daromadli  tovarlar,  moliyaviy  kapital  va  xizmatlarni  ayirboshlash 
jarayonida namoyon bo’ladi. 
Mamlakatlar  o’rtasida  valyuta  munosabatlarining  holati  milliy  va  xalqaro 
iqtisodiyotning  rivojlanishi,  mamlakatlar  o’rtasidagi  siyosiy  muhit,  shuningdek, 
boshqa qator omillar bilan baholanadi. 
Xalqaro  iqtisodiyotning  globallashuvi  va  internatsionallashuvi  sharoitida 
ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog’liq bo’lib qoladi. Jumladan, 
xalqaro  ishlab  chiqarish,  savdo,  fan  va  texnika  taraqqiyoti,  xorijiy  kapitalning 
migratsiyasi  kabi  boshqa  jarayonlar  valyuta  munosabatlari  orqali  tartibga  solib 
boriladi.  Xalqaro  valyuta  munosabatlarining  zaiflashuvi,  jahon  moliyaviy 
inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror  ishlab chiqarish jarayoniga salbiy 
tasir ko’rsatadi. 
Mamlakatlar  o’rtasida  xalqaro  ijtimoiy  –  iqtisodiy  munosabatlar  –  ning 
rivojlanishi  xalqaro  valyuta  munosabatlarining  shakllanishi  va  mazmunan 
rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o’z navbatida valyuta tizimini 
shakllanishiga xizmat qildi.  

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin