talab xarajatlar
inflyatsiyasi;
taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi.
Sudraluvchan inflyatsiya sharoitida baholar yiliga 6 – 8 foiz miqdorida
o‘sishi kuzatiladi. Sudraluvchan inflyatsiya juda ko‘p mamlakatlar iqtisodiyotiga
xos bo‘lib, milliy iqtisodiyotga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmaydi. G‘arbiy
Yevropa mamlakatlari iqtisodchilari ushbu inflyatsiya sharoitida iqtisodiyotning
rivojlanishini ijobiy holat sifatida baholaydilar.
Shiddatli inflyatsiya davrida baholarning darajasi yil davomida 20 foizdan
200 foizgacha o‘sadi. Inflyatsiya darajasi sezilarli ravishda shiddat bilan ortib
boradi, uning darajasi ortib borgan sari milliy iqtisodiyotga salbiy ta’sir sezilib
boradi. Aholining milliy valyutaga nisbatan ishonchi pasayib, o‘z mablag‘larini
ko‘chmas mulklarga, qimmatbaho taqinchoq va xorijiy mamlakatlarning barqaror
valyutalariga almashtirishga ehtiyoji ortib boradi.
Giperinflyatsiya sharoitida baholar juda tez va yirik miqdorda oshib boradi,
asosan giperinflyatsiya sharoitida tovarlar va xizmatlarning bahosi astronomik
darajada ortib, yiliga 1000 foiz, oyiga 100 foiz darajasida o‘sishi kuzatiladi.
Mamlakatda iqtisodiyotni boshыarish va pul muomalasi buzilishi natijasida, pul –
kredit siyosati to‘liq izdan chiqib ketadi.
Giperinflyatsiya birinchi jahon urushidan keyin Germaniya iqtisodiyotiga
juda katta salbiy ta’sir qilgan. Bu haqda E.M.Remark shunday yozadi. “Inflyatsiya
nima ekanligini shunda bilganman. Mening oylik ish haqim ikki yuz milliard
markani tashkil etar edi. Ish haqi bir kunda ikki marta berilar edi, ish haqi
berilgandan so‘ng ishdan yarim soatga ruxsat berilardi. Biz bu vaqtdan foydalanib
kursni ikki martaga oshib ketishidan va olgan ish haqimiz o‘z qiymatini
yo‘qotishidan qo‘rqib qandaydir tovar yoki iste’mol mollarini sotib olish uchun
do‘konlarga
yugurar edik
27
”.
Kutilgan inflyatsiya mamlakatdagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida
prognoz qilinib, uning yuz berishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning ijobiy jihati
shundaki, davlat byudjeti xarajatlari va aholining kelgusidagi xarajatlari shunga
monand ravishda oshib borishi oldindan ma’lum bo‘ladi. Buning uchun davlat,
yuridik va jismoniy shaxslar kelgusiga mo‘ljallangan rejalarini oldindan tuzib,
shunga qarab o‘z faoliyatini tashkil etadilar.
Kutilmagan inflyatsiya iqtisodiyotda yuz beradigan ko‘zda tutilmagan
iqtisodiy inqirozlar, ziddiyatlar, urushlar, qurg‘oqchilik va boshqa holatlarda yuz
berishi mumkin.
27
Remark E.M. Tri tovariщa. –M.: 1985. S.196.
Ochiq inflyatsiya mamlakatda tovarlar va xizmatlar bahosini ortib borishi
bilan izohlanadi. Inflyatsiyaning ushbu shakli hukumat tomonidan e’tirof etiladi va
uni bartaraf etish yuzasidan ochiqchasiga tegishli chora – tadbirlar amalga
oshiriladi.
Yopiq inflyatsiya sharoitida tovar va xizmatlar bahosi sun’iy ravishda
pasaytirib ko‘rsatiladi, mamlakatda qattiq pul – kredit siyosati joriy etiladi. Yopiq
inflyatsiya sharotida aholi mamlakatdagi real inflyatsiya darajasi haqida aniq
ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi.
Talab inflyatsiyasi sharoitida yalpi talab hajmi real ishlab chiqarish hajmiga
nisbatan tez su’ratlar bilan o‘sib boradi, buning natijasida
tovar va xizmatlar bahosi
ortib ketadi.
Taklif (xarajatlar) inflyatsiyasi ishlab chiqarish vositalari va resurslaridan
samarali foydalanilmaslik oqibatida ishlab chiqarish xarajatlari ortib ketadi, tovar
va xizmatlar bahosi ko‘tariladi. Natijada aholining real daromadlariga nisbatan
tovarlar va xizmatlarning bahosi nomutanosib ravishda tez ko‘tarilib ketadi.
Dastlabki bosqichda muomaladagi ortiqcha pul massasi mamlakatda ishlab
chiqarish va realizatsiya jarayonlarini tezlashtirish hamda ishsizlik darajasini
pasaytirish hisobiga baholarning muvozanatligini ta’minlaydi. Natijada, ishlab
chiqarish rivojlanib, ishsizlik darajasi pasayishi natijasida mamlakatda tovarlar
hajmi ortishi talabni qondirish bilan birga, undan ortib ketadi. Bu o‘z navbatida,
ishlab chiqarishning samarasizligi va ishsizlik darajasini oshishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: