Marks aytadiki mamlakatda tovarlarni kreditga sotish tizimini qanchalik rivojlangan bo‘lsa pullarga bo‘lgan talab shunchalik past bo‘ladi.
Inflyatsiya yuqori bo‘lgan sharoitda tovarlar va xizmatlar bahosining inflyatsiya ta‘sirida o‘sishi yuz beradi.
J.KEYNS NAZARIYASI
1. Transaksion omil
tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to‘lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma‘lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to‘lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma‘lum qismini pul shaklida saqlaydilar.
2. Extiyotkorlik omili
aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan, ko‘zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg‘aradilar.
3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili
aholi va kompaniyalar pul mablag‘larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.
Pul agregatlari
Bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya‘ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
PUL AGREGATLARI
3. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi.
4. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati.
5. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari.