Yuridik va jismoniy shaxslarga hamda davlatga tegishli bo‘lgan naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larining yig‘indisidir.
PUL MASSASI
Pul massasini miqdoriy o‘lchashga nisbatan 2 xil yondashuv mavjud:
Transaksion yondashuv- Bunda pullarning to‘lov vositasi va muomala vositasi sifatida harakatlanishi ko‘zda tutiladi. Shu sababli transaksion yondashuvda pul massasining aktiv qismi e‘tiborga olinadi.
Likvidli yondashuv – Bunda pullar eng yuqori likvidli aktiv sifatida tan olinadi.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
Ana shunday muhim omillardan biri pul-tovar munosabatlarining mavjudligi hisoblanadi.
Yana bir omil pul mablag‘larining tovarsiz harakatlanishi hisoblanadi.
Pul muomlasining meyoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir.
Pul taklifi jarayonida 3 ta asosiy subyektlari mavjud:
Banklar (depozitariy institutlar)- aholi va tashkilotlardan deposit qabul qiluvchi va qarz beruvchi tashkilotlar: tijorat banklari, kredit assotsiatsiyalari, maxsus jamg‘arma banklar va kredit uyushmalari.
Depozitorlar-banklarga depozit qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslar.