Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


-§. Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy oqimlarga tahdidlar



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə2/6
tarix27.12.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#199802
1   2   3   4   5   6
XO’JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK

1-§. Moliya muassasalarining iqtisodiy manfaatlari. Moliyaviy oqimlarga tahdidlar
Moliya – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot subyektlari pul daromadlarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bo’yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Boshqacha qilib aytganda, moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Davlat, korxonalar va uy xo’jaliklari moliyaviy munosabatlar subyektari pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar obyekti hisoblanadi.
Moliyaning boshqa pul munosabatlaridan farqlab turuvchi belgilari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiy munosabatlar pulning harakati bilan tavsiflanishi.
2. Moliya munosabatlarining taqsimlovchilik tavsifga egaligi.
3. Moliya munosabatlarning fond tavsifga (YaIM taqsimoti pul fondlari orqali amalga oshiriladi) ega bo’lishi.
Moliya moliyaviy resurslarni jalb qilish, nazorat qilish, rag’batlantirish va taqsimlash vazifalarini bajaradi.
1. Moliyaviy resurslarni jalb qilish vazifasi shundan ko’rinadiki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o’z vazifalarini bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni markazlashgan tartibda to’planishiga harakat qiladi.
2. Davlat moliyaviy dastak va vositalar yordamida ishlab chiqarish, iqtisodiyotda yaratilgan mahsulotni taqsimlash, ayriboshlash va iste‘mol ustidan nazorat o’rnatadi.
3. Moliyaning taqsimlash vazifasi milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ta‘minlashda namoyon bo’ladi. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida tijorat hisobi asosida faoliyat yurituvchi moliyaviy muassasalar tizimi shakllanadi. Ular jumlasiga banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar va boshqa iqtisodiy-moliyaviy muassasalar kiradi. Moliya iqtisodiy siyosatning va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiga aylanadi. Shu boisdan moliya sohasini mustahkamlash quyidagi vazifalarda o’z ifodasini topgan:
umumdavlat ustuvorliklaridan kelib chiqib, moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash samaradorligini oshirish;
hisob-kitob intizomini
mexanizmini yaratish;
bank tizimining ishonchli amal qilishini ta‘minlash.
Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli o’laroq, davlat byudjetida ikki tushunchaning terminologik qo’shilishi mavjud: 1) byudjet – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) byudjet – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida daromadlar va
xarajatlarning tenglashtirilgan ko’rinishidagi yozuvdan iborat. Agarda, byudjet daromadlari hajmi uning xarajatlari hajmidan yuqori bo’lsa, bunda byudjetda ijobiy qoldiq (profitsit) yuzaga keladi. Davlat byudjeti xarajatlarining hajmi uning daromadlaridan yuqori bo’lsa, bunda salbiy qoldiq – taqchillik mavjud bo’ladi.
Byudjet taqchilligini kelib chiqish sabablari ma‘lum sharoitlar ta‘sirida yuzaga chiqadi va har bir davlat iqtisodiyoti uchun o’ziga xos ko’rinishda bo’ladi. Umuman byudjet taqchilligi turli sabablarda kelib chiqishi mumkin. Masalan:
1. taqchillik davlatning iqtisodiyotni rivojlantirish zaruriyat qarzdorlik hajmini oshirishidan kelib chiqishi mumkin. Bu iqtisodiyotning inqirozli holatini bildirmaydi, balki davlatning iqtisodiy konyunkturani tartibga solish, jadal odimlashni ta‘minlashga qaratilgan harakatidan kelib chiqadi;
2. taqchillik favqulodda holatlar natijasida kelib chiqishi mumkin (urushlar, tabiiy ofatlar). Bunday holatlarda odatdagi zaxiralar yetarli bo’lmaydi va ortiqcha mablag’lar manbasiga ehtiyoj tug’iladi;
3. mamlakatda YaIM o’sish darajasiga erishmasdan, markazlashgan uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirishni keskin oshirish natijasida taqchillik yuzaga keladi;
4. taqchillik iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga keladi, bunda u iqtisodiyotdagi inqirozli holatlarni, iqtisodiyotning qulashini va hukumatni davlatdagi moliyaviy holatni nazorat ostida ushlay olmasligini aks ettiradi.
Bunday vaziyatlarda byudjet taqchilligi noiloj mavjud bo’ladi. Ushbu holatda nafaqat iqtisodiy chora-tadbirlar, balki zaruriy siyosiy yechimni qabul qilish talab qilinadi.
Byudjet taqchilligining normal holati deb taxminan davlatdagi inflatsiya darajasiga teng taqchillikka aytiladi. Xalqaro standartlarga ko’ra byudjet taqchilligining mumkin bo’lgan darajasi YaIMning 2-3 % miqdoriga teng bo’lishi kerak.
Davlat byudjeti taqchilligini mutlaq hajmini hisoblashda quyidagi:
T=D-X
tenglamadan foydalanish lozim. Ammo, bu tenglama byudjet taqchilligining hajmini to’la aks ettira olmaydi. Shuning uchun byudjet taqchilligini hisoblashda xalqaro tajribadan kelib chiqib byudjetning umumiy taqchilligini quyidagicha aniqlash lozim:
T = BT + NbS + Xt + Tm
Bunda, T – davlat boshqaruv sohasining umumiy taqchilligi;
BT – bank tizimi tomonidan davlat boshqaruv sohasiga bo’lgan sof moliyaviy talabning o’zgarishi;
NbS – nobank sohalar va uy xo’jaliklarning davlat boshqaruv sohasiga bo’lgan sof moliyaviy talabning o’zgarishi;
Xt – davlat mulkini xususiylashtirish tushumlaridan foydalanish;
Tm – davlat boshqaruv sohasini tashqi moliyalashtirish.
Ushbu tenglama orqali davlat xarajatlarini moliyalashtirishda foydalangan moliyaviy mablag’larning yig’indisini topish mumkin. Bu esa, taqchillikning haqiqiy hajmini ko’rish imkoniyatini beradi.
Davlat byudjeti taqchilligini boshqa makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bilan taqqoslash zarur. Uning holatini tahlil etishda, byudjet taqchilligi YaIMga nisbatan foiz hisobi o’rganiladi va quyidagicha ifodalaniladi:

Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin