Pul muomalasi sohasidagi iqtisodiy tahdidlar Moliya, pul-kredit tizimida iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash dastaklari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 90,5 Kb.
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü90,5 Kb.
#199802
1   2   3   4   5   6
XO’JALIK FAOLIYATINING PUL-MOLIYA SOHASIDAGI IQTISODIY XAVFSIZLIK

х100%
YaIM
D Х
Т 
Bunda, YaIM – byudjet taqchilligi hisoblanayotgan yildagi yalpi ichki mahsulotning hajmi. Odatda, byudjet taqchilligining mumkin bo’lgan darajasi YaIMning 2-3 % miqdoriga teng bo’lishi kerak deb belgilangan.
Byudjet taqchilligini kamaytirish uchun daromad qismi yetarli bo’lmasa xarajatlarni kamaytirish to’g’ri bo’lib ko’rinadi. Biroq, real hayotda byudjetning xarajatlar qismini kamaytirish juda mushkul, ayrim hollarda umuman mumkin emas. Masalan: iqtisodiy nuqtayi nazardan sug’urta, kapital amortizatsiya xarajatlarini; siyosiy nuqtayi nazardan esa ijtimoiy himoyani, mudofaa xarajatlarini kamaytirish mumkin emas. Xarajatlarning juda kam qismigina shu yili qabul qilingan qarorga bog’liq bo’ladi. Katta qismi esa avvaldan dasturga kiritilgan va tasdiqlangan xarajatlardan iborat, masalan, nogironlarga, urush qatnashchilariga yordam mablag’lari va boshqa xarajatlar.
Taqchillikning miqdorini aniqlash bilan birga, uning iqtisodiy mohiyatini har tomonlama o’rganish zarur. Chunki, byudjetda bunday vaziyatning yuzaga kelishi me‘yoriy holat hisoblanmaydi, ammo uni yengib o’tish yoki ma‘lum chegarada ushlab turish mumkin, chunki ideal holatdagi – tenglashtirilgan byudjet, dunyo mamlakatlari tajribasida juda kam uchraydi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat rivojining ma‘lum bosqichlarida mamlakatning xususiyatlarini inobatga olib byudjet taqchilligiga yo’l qo’yiladi.
Mamlakatda byudjet siyosati qisqa davrga mo’ljallanganligi uni ma‘lum bir muddat bilan chegaralanib qolishiga olib keladi. Bu iqtisodiyotga uzoq muddatli istiqbolli strategik rejalashtirishni va unga mos ravishda istiqbolli investitsiyalashni cheklab qo’yadi. Natijada mavjud moliya tizimi o’zini tugallanmaganligi va real iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga investitsiyalarni kirib kelishini ta‘minlay olmay, uning rivojlanishiga to’siq bo’ladi va kapitalni chetga chiqib ketishiga omil yaratadi.
Banklarning samarali faoliyat yuritishining muhim shartlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
moliyaviy bozorda bank xizmatlari rentabelligini
ta‘minlash. Buning uchun
mijozlar va foydali investitsion
loyihalar uchun raqobat kurashi
olib boriladi;
likvidlikni ta‘minlash;
mijozlarning
bo’yicha ehtiyoji hamda talabini maksimal tarzda qondirish. Bu uning biznes aloqalarini mustahkamlash manfaatiga mos keladi;
bank omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini himoya qilish. Bunda, albatta, majburiy normativlar va tartibqoidalarga qat‘iy rioya qilinishi lozim bo’ladi;
iqtisodiy xavfsizlik talablariga rioya qilish.
Kapitalni chetga chiqib ketishi milliy iqtisodiyotga katta tahdidlardan biri uning asosiy sabablari:
mamlakatdagi nosog’lom iqtisodiy va siyosiy muhit;

tavakkalchiliksiz sharoitlarining yo’qligi;

investitsiya

qilishning

shart

inflatsiyaning yuqori darajasi. Yuqori inflatsiya darajasi kapitalni qadrsizlanishiga olib kelib, uni milliy iqtisodiyotga investitsiya qilishga to’sqinlik qiladi;
yetarli darajada valyuta va eksport darajasini mavjud emasligi;
mamlakatda yuqori darajada soliqqa tortish tizimining mavjudligi;
boshqa mamlakatlarda kapitalni legallashtirish imkonlarini mavjudligi;
xususiy tadbirkorlikni yuritishdagi muammolar;
bojxona organlari tizimidagi muammolar.
Kapitalni chetga chiqib ketishining asosiy shakllari:
tashqi savdodagi tovarlar va xizmatlar qiymati hajmi ko’rsatkichlarini falsifikatsiya qilish;
tovar va xizmatlar eksportida yetarli darajada eksport qilmaslik va uning bahosini hisob raqamlarda ko’rsatilgan narxlardan farq qilishi.
Bu o’rinda ofshor biznesning roli yuqori bo’lib hisoblanadi. Ofshor biznes bu ushbu mamlakatda tijorat faoliyatini qonuniy asosda olib borishga ruxsati bo’lgan yuridik va jismoniy norezidentlar bo’lib, ular ushbu hududda kompaniyasini ro’yxatga olishda, valyuta, soliq va ma‘murchilikda katta imtiyozlarga ega bo’ladi.
Mamlakatdan kapitalning qochishiga valyutaviy tartibga solishdagi tartibbuzarliklar ham sabab bo’ladi. Ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
ruxsat etilgan banklarni chetlab, rezidentlar va
norezidentlar o’rtasida hisob-kitoblar qilish, xorijiy valyuta sotish va sotib olish bo’yicha valyuta operatsiyalarini amalga oshirishdagi qonunbuzarliklar;
markaziy bankning litsenziyasiz valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bo’yicha tartib va qonunbuzarliklar;
moliyaviy kreditlar olish va berish, eksport-import operatsiyalari bo’yicha to’lov muddatlarini cho’zish bilan bog’liq qonunbuzarliklar;
rezident va norezidentlar o’rtasidagi valyuta
operatsiyalarini to’liq va obyektiv hisobga olishning yo’lga
qo’yilmaganligi bilan bog’liq qonunbuzarliklar.
Mamlakatda kapital qochishining oldini olish va moliyaviy muhitni sog’lomlashtirish uchun quyidagi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash,
investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etishni rag’batlantirish tizimini takomillashtirish orqali investitsion jozibadorlikni yuksaltirish. Oqibatda, kapitalni chetga chiqarish kamayib, xorijdagi vatandoshlarimiz hisobidagi mablag’larning yurtimizga qaytish jarayoni yuz beradi;
aholining banklarga ishonchini tiklash va mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
milliy valyutadagi jamg’armalarning ko’payishi hamda ularni investitsiyalarga aylanishini rag’batlantirish tizimini yaratish;
moliyaviy oqimlarni bojxona, valyuta, bank nazoratining shakl va vositalari, usullarini takomillashtirish;
kapitalning eksport va importini tartibga solishning huquqiy-me‘yoriy bazasini takomillashtirish va kengaytirish.

Yüklə 90,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin