Pul muomalasi statistikasi Reja: Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari


Pul massasining kupyuralik ko‘rsatkichlari



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə3/4
tarix09.10.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#153154
1   2   3   4
Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari Muomaladagi p-fayllar.org

Pul massasining kupyuralik ko‘rsatkichlari
O‘zbekistonning o‘z milliy puli (so‘m) 1994-yil 2-iyuldan boshlab
mavjud. Hozirgi kunda respublikada so‘m kupyuralarini 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500 va 1000 so‘mlar tashkil qiladi. Muomalada qog‘oz pullar bilan bir qatorda tangalar ham qo‘llaniladi. Kupyuralar har xil ekan, ularning tuzilishini o‘rganish va tahlil qilish pul muomalasini boshqarishda zarur ko‘rsatkichlardan biridir. So‘mning kupyura tuzilishi deb bir birliklarning umumiy pul massasidagi ulushiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich kupyuralar soni va ularning summalari bo‘yicha ham hisoblanishi mumkin. Uni hisoblash va bilish banklar tomonidan korxona va tashkilotlarga ish haqi uchun naqdpul berish, muomalaga pul chiqarish, pulni zaxira fondlariga joylashtirish paytlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kupyura tuzilishini yaxshi bilmasdan turib, unga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganib bo‘lmaydi. So‘mning kupyura tuzilishiga aholining pul daromadlari o‘zgarishi, tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan baholar o‘zgarishi, chakana tovar aylanmasi tarkibining o‘zgarishi, aholi talabining qondirilish darajasi va boshqa omillar ta’sir qiladi. Bu omillarni statistika o‘rganadi va o‘lchaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, inflatsiya kupyuratuzilishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni inflatsiya o‘sishi umumiy tovar aylanmasi hajmida qimmatbaho tovarlar hissasi ortishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, katta kupyuralar soni ortishini talab qiladi.
Bu ko‘rsatkichni faqatgina muomalaga chiqarilgan pul soni
bo‘yicha emas, balki muomaladan qaytarib (turli sabablarga ko‘ra)
olingan kupyuralar bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Muomaladan
qaytarib olingan kupyuralar, agar ular jismoniy jihatdan yaroqsiz
deb topilmasa, yana muomalaga qaytariladi. Hozirgi paytda muomalada qancha pul bor, degan savolga javob berishuchun muomaladagi pul hajmini hisoblash kerak. Muomaladagi pul hajmi muomalaga chiqarilgan va undan qaytarib olingan pul massasining farqiga teng. Bu ko‘rsatkich pul muomalasini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega, chunki mavjud pul muomalada zarur bo‘lgan me’yordan oshib ketsa, u qadrsizlana boshlaydi. Aksincha bo‘lsa, buning aksi.
Demak, bu ko‘rsatkich o‘lchagich vazifasini bajaradi.
O‘rtacha kupyuralik darajasini hisoblash bilan pul massasining kupyura tuzilishi naqd pul aylanmasi ehtiyojiga qanchalik mos kelishi aniqlanadi. Aholi qo‘lida turib qolgan pul hajmi kuzatiladi va pul belgilarining yaroqsizlik darajasi hisoblanadi.
Kupyuralarning o‘rtacha darajasi dinamikasini o‘rganishda indekslar tizimidan ham foydalanish mumkin.
Pul massasi faqatgina muomala uchun va muomala ichida harakatlanmay, balki hududlararo ham harakatda bo‘ladi. Pul massasining bir hududdan ikkinchisiga harakati pul migratsiyasi deb ataladi. Pul migratsiyasi ikki xil shaklda uchraydi: naqd pulsiz va naqd pulli. Masalan, bir viloyatni oladigan bo‘lsak, biz muayyan davr uchun (masalan, bir yil) shu viloyatga kelib tushgan (banklar, aloqa organlari orqali) pul summasidan chiqib ketgan (yuqoridagi kanallar orqali) summani ajratamiz. Agar hisoblanadigan davr uchun tushgan summa ketgan summadan yuqori bo‘lsa, bu ijobiy migratsiya, teskarisi bo‘lsa – salbiy migratsiya deyiladi.

Pul migratsiyasi naqd pul shaklida ham amalga oshiriladi. Masalan, Toshkent shahrini oladigan bo‘lsak (oddiy kuzatish natijasida ham aniqlash mumkin), bu shaharda naqd pul migratsiyasi ijobiy bo‘ladi.


Bu isbot talab qilmaydi. Naqd pul bo‘yicha migratsiya summasini aniqlash mumkinmi? – degan savol tug‘ilishi tabiiy. Mumkin, birinchidan, shu hudud bo‘yicha (masalan, viloyat) muomalaga chiqarilgan puldan muomaladan qaytarib olingan summa ajratilib,
kelib chiqqan summaga aholining qo‘lida qolgan pul massasi qo‘shi ladi.
Bu summani pul migratsiyasi sabablari bo‘yicha ham aniqlash mumkin: a) qishloq xo‘jalik mahsulotlarini shaharda sotish; b) mavsumiy ish migratsiyasi; v) davolanish va dam olish; g) xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar; d) boshqa sabablar. Bu sabablar orqali amalga oshgan pul migratsiyasi summasi, odatda, maxsus statistik kuzatishlar o‘tkazish orqali aniq hisoblanishi mumkin.


Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin