Pul muomalasi statistikasi Reja: Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari


Muomaladagi pul massasini aniqlash metodlari



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə2/4
tarix09.10.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#153154
1   2   3   4
Pul bozori statistikasining predmeti va vazifalari Muomaladagi p-fayllar.org

Muomaladagi pul massasini aniqlash metodlari.
Pul massasi deganda bir mamlakat ichida jismoniy va yuridik
shaxslarning naqd pul va naqd pulsiz qilinadigan hisob-kitob
mablag‘lari yig‘indisi tushuniladi. Umumiy pul massasi (M) alohida
agregatlardan tashkil topadi. Pul agregati deganda to‘lov vositalari ni likvidlik darajasi bo‘yicha maxsus tasnifi yoki jamg‘arilayotgan
va xarid qobiliyatini saqlovchi barcha pul vositalari tushuniladi. Bunga
naqd pullar, korxonalarning hisob raqamidagi pullari, muddatli va
muddatsiz bankka qo‘yilgan pullar, sertifikatlar, zaxiralar va
boshqalar kiradi. Pul agregatlarining soni mamlakat iqtisodiyoti va
pul massasini boshqarish xususiyatlari inobatga olingan holda turlichadir. Masalan, AQSH va Rossiyada pul massasi 4 agregatga,
Yaponiyada – 3, Angliyada – 5, Shveysariya va Germaniyada – 3,
Fransiyada – 10 agregatga bo‘lingan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pul massasi agregatlari turli mamlakatlarda turli ko‘rinish va sonda qabul qilingan. Masalan, Belorussiya milliy bankining metodikasi bo‘yicha pul massasi 5 agregatga bo‘lingan, Rossiyada esa – 4 taga. Ular hisoblash metodikasi bo‘yicha ham farq qiladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi qabul qilgan tasnif biz yuqorida keltirgan guruhlashdan farq qiladi.
Pul muomalasi statistikasida pul agregatlari pulning aylanish tezligi (likvidligi) bo‘yicha ham bir qancha guruhlarga bo‘linadi.M mutlaq aylanuvchi agregat deb ataladi.
Mutlaq aylanuvchi (absolut likvidlik) mablag‘ deganda aktivlarning muomala mablag‘lariga o‘tishi (aylanishi) va o‘z nominal
qiymatlarini o‘zgartirmaslik qobiliyatini saqlashi tushuniladi.
Bank tizimida, aniqrog‘i, bankirlar tilida agregatlar tezroq aylanuvchi pul mablag‘lari deb yuritiladi, M esa «qisqa pullar» nomini olgan, boshqa passivlar esa (pul tizimining likvid depozitlari) «kvazi pullar» deb ataladi. Ular o‘z ichiga muddatli va jamg‘arma depozitlarini hamda rezidentlarning chet el valutasidagi depozitlarini oladi. Bankirlar «qisqa pullar» va «kvazi pullar» yig‘indisini «keng pullar» deb atashadi.
Pul agregatlari orasidaM agregat pul massasining umumiy hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu agregat mamlakatdagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan to‘lov qobiliyatini o‘zida ifoda etadi.
Pul muomalasi statistikasida «Pul asosi yoki bazasi» ko‘rsatkichi keng qo‘llaniladi. Bu ko‘rsatkichni (N) hisoblash uchun naqd pul, banklar kassasidagi qoldiq pul mablag‘lari, tijorat banklarining markaziy bankdagi majburiy zaxiralari va ularning markaziy bank korschyotidagi mablag‘lari summalari qo‘shib chiqiladi. Bu hisoblangan ko‘rsatkich pul multi plikatori koeffitsiyentini hisoblash uchun asos bo‘ladi. Pul multi plikatori bank zaxiralarining muomalada ortishi(ko‘payishi) natijasida pul massasi ortishini tavsiflaydi va qu- yidagi formula bilan hisoblanadi (bu ko‘rsatkichni hisoblashning boshqacha usullari ham mavjud. Ularga keyinroq to‘xtalamiz):
Pm – pul multi plikatori; S – naqd pul;
D – depozitlar; R – tijorat banklarining majburiy zaxiralari.



Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin