Pul to'grisidagi turli hil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tavfsifi mundarija


O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul islohotlari



Yüklə 56,68 Kb.
səhifə3/4
tarix26.10.2023
ölçüsü56,68 Kb.
#161580
1   2   3   4
PUL TO\'GRISIDAGI TURLI HIL NAZARIYALAR VA HOZIRGI ZAMON PULINING kurs ishi

3.O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va amalga oshirilgan pul islohotlari
O`zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so`ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g’risidagi qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o`sishini nazorat qiladi14.
O`zbekistonda pul tizimi to`g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilin-gan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me`yoriy huquqiy asoslarida bo`ladi. So`ngi yillarda milliy valutaning qadrsizlanish suratini ya`ni devalvatsiya su`rati yuqori ekanligi kuzatilmoqda. 2003-yilda so`mning AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishsu`rati 11% foizni tashkil etdi. Milliy valutaning real almashinuvkursining oshishi mamlakat eksportini qimmatlashishiga sabab bo`ladi.
O`zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o`rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. 8
Naqd pullarga bo`lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastik kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo`nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. «Milliy val-yuta–milliy iftixor, davlat mustaqilligi-ning ramzi, suveren davlatga xos belgidir.
Pulning barqarorligi deganda, pulning, sotib olish qiymatining o`zgar-masligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Pulning sotib olish qobili-yati shu pul birligiga to`g’ri keluvchi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi.
Agar tovar va xizmatlar bahosi barqaror bo`lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo`ladi. Agar pul o`zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo`lsa, bu holpulning sotib olish qobiliyati tushganini ko`rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi.
Pulning barqarorligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo`lmasligidir. Davlat byudjeti xarajat-larining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta`minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi.

O`zbekiston Respublikasida mustaqil pul tizimining joriy qilinishi.O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo`lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993-yildan boshlab «so`mkupon» larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi.
O`zbekiston pul tizimini qurishning II bosqichi – 1994-yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so`m »ning muomalaga chiqarilgan.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo`l-magan sharoitda pul taqchilligini yo`qotish maqsadida ko`pgina respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi va O`zbekiston o`zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.
Pulning qadrini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlar Respublikada milliy valutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyojlar hosil qilish orqali erishiladi.So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab, tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘larning eng ko‘p samara berishiga, olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o‘rin tutadi. 9
Inflatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valutani mus-tahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsiz-lanish darajasi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishida maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
Valuta birjalarida valuta operatsiyalarining barcha turlari uchun talab va taklif natijasida shakllanadigan yagona almashuv kursini belgilash, valuta kursi barqarorligiga erishishning dastlabki shartidir. Milliy valuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatdagi sharti dastlabki bosqichda valutani naqd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishdir
Pulning quvvatini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari:
•ichki bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirish;
• davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit siyosatini o’tkazish;
• eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish; ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul muomalada bo’lishiga yo’l qo’ymaslik.
Pulning qadrini mustahkamlashni ta’minlashning vositalari:
• mamlakatning oltin zaxirasi bilan;
• mamlakatning butun boyligi bilan;
• tovar massasining hajmi va tarkibi orqali;
• talab va taklif o’rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali;
• narx-navoni tartiblash orqali;
• pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali.
2011
Yanvar dekabr oylaridagi iqtisodiy o’zgarishlar. Axolining real umumiy daromadi 100.5% dan 112.1% ga ortdi, yalpi ichki maxsulot 101.9% dan 107.4% ga, narx indeksi 111.1% dan 110% ga, sanoatda ishlab chiqarish 100.9% dan 108.7% ga, bozor xizmatlari hajmi 103% dan 119.2% ga, tashqi savdo aylanmasi 86.8% dan 116% ga, chakana savdo aylanmasi 105.7% dan 112% ga o’zgardi
  1. yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasi sanoat sohasi 2021-yilga nisbatan 98.8% dan 108.5% ga, istemol narxlari indeksi 101% dan 100.9 % ga, chakana savdo tovarlari aylanmasi 101.4% dan 115.8% ga, korxona va tashkilotlar soni 511390 tadan 563442 taga , ishchilar soni esa 481509 tadan 533427 taga o’zgargan


  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko’ra O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 1-aprel holatiga doimiy aholisi soni 36.197,8 ming kishini tashkil etdi.Aholining real umumiy daromadlari o’sish sur’ati 110,8 foizni tashkil etdi. Narxlar indeksi (o’tgan yilning dekabriga nisbatan) 102,4 foizni tashkil etdi. Yalpi ichki mahsulot hajmining o’sish sur’ati 105,5 foizni tashkil etdi.




Xulosa

Pulning vazifasi ilgari har xil tovarlar bajargan. Masalan chorva mollari, ho’jalik buyumlari va boshqalar. Pul yaratilganidan so’ng ayirboshlash jarayoni ancha osonlashib iqtisotni rivojlanishiga katta xissa qo’shdi.Chuni pul bozor tizimidagi universal va eng likvidli iqtisodiy vositasi sifatida muomala vazifasini bajaradi.


Hozirgi vaqtda naqt pullar bilan birgalikda elektron pullar yani plastik kartochkalaridan ham keng foydalanilayapti. Chunki elektron pullardan foydalanish foydalanish qulay va yo’qotib qo’yish xafi kam, agar yo’qolib qolsa ham uni bloklash mumkin.
Milliy pul bu mamlakat ichidagi yagona to'lov vositasi hisoblanadi, O’zbekistonda milliy pul so’m hisoblanadi. O’zbekistonda pul islohotlari 1993 va 1994-yillarda bo’lib o’tgan yani rossiyaning rublidan oldin so’m kupon keyin so’mga o’tgan.
Davlatdagi pulga bo’lgan talabni qondirish uchun markaziy bank tomonidan pul emissiyalari o’tkaziladi. Ammo pul miqdori keragidan ortib ketishi inflatsiya paydo bo’lishi mukun, bu narx-larning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo'shimcha pul emissiyasi, ishlab chiqarish qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el valutasi zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir.
Shunday qilib, pul - bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo'lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.



Yüklə 56,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin