Pulning funksiyalari va ularga tavsif.
Iqtisodiy adabiyotlarda pulning funksiyalari xususida 2 ilmiy maktab olimlarining
qarashlari mavjud:
-Evropa maktabi.
-Amerika maktabi.
-Evropa
maktabi
pulning
5
funksiyasi
xususida
xulosaga
kelgan:
Qiymat o‘lchovi funksiyasi. Barcha tovarlar va xizmtalar qiymati umumiy
ekvivalent bo‘lgan pulda o‘lchanadi. Hozirgi davrda oltinning almashilmaydigan
qog‘oz va kredit pullari bu funksiyani bajarmoqda.
Qog‘oz pul Moliya vazirligi tomonidan muomalaga chiqariladi. Masalan: AQSHda
1 dollardan 10 dollargacha bo‘lgan kupyuralar AQSH G‘aznachiligi tomonidan
muomalaga chiqariladi. AQSHda Moliya vazirligi yo‘q. Bu vazifani AQSH
G‘aznachiligi bajaradi.
Angliyada tangalar Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqariladi. Kredit pullar bu
banknotalar bo‘lib, Markaziy banklar tomonidan muomalaga chiqariladi.
O‘zbekistonda muomaladagi barcha pul birliklari banknotalar hisoblanadi va ular
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlari bilan ta’minlanadi.
Muomala vositasi funksiyasi. Bunda tovar-pul yoki pul-tovar operatsiyasi bir
vaqtning o‘zida
yuz beradi
, ya’ni tovarlar nasiyaga sotilmaydi.
To‘lov vositasi funksiyasi. Bunda tovarlar to‘lov muddati kechiktirlib
sotiladi.
SHuningdek
, kredit va moliya munosabatlaridagi to‘lovlar ham pulning
to‘lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning
asosiy qarz summasi va foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq
to‘lovlarini
amalga oshiradi
, turli xildagi jarimalar to‘lovlarini to‘laydilar.
Jamg‘arish vositasi funksiyasi. Bunda naqd va naqd bo‘lmagan pullar jamg‘ariladi.
Aholi, korxonalar o‘zlarining bo‘sh pul mablag‘larini banklarga muddatli yoki
jamg‘arma depozit hisob raqamalarida saqlaydilar. Aholining qo‘lida turgan har
qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi.
Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari ham to ishlatilgunga qadar
jamg‘arish vositasi funksiyasini bajaradi.
Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan
ya’ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o‘zbek so‘mi bu vazifani
bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro valyuta
bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga
oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega.
Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi.
Xulosa
qilib aytganda
, pulning barcha funksiyalari birbiri bilan uzviy bog‘liq va ular
birbirini to‘ldiradi. Pulning funksiyalarining aynan shunday uzviy bog‘liqligi va
birbirini to‘ldirishi pul muomalasining barqarorligi va samarasini ta’minlashga
sharoit
yaratadi.
2.Банкларнинг функциялари.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolining
asosiy jihatlaridan biri
, jamiyatdagi
vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jamg‘arish asosida ularni iqtisodiyotning
tegishli tarmoqlariga qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, jamiyatda
faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarining asosiy maqsadi iqtisodiy foyda olishga
qaratilgan.
Shu bilan birga
, ishlab chiqarish jarayoni turli tarmoqda turlicha 15
bo‘lganligi bois, ma’lum davrda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab
chiqarish jarayonini rivojlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga
ehtiyoj tug‘ilsa, ayrimlarida aksincha. Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish
siklining turli – tumanligi (qishloq xo‘jaligi,
qayta ishlovchi korxonalar
, qurilish
sanoati va boshqalar) sababli, moliyaviy mablag‘lar vaqtinchalik ishlab chiqarish
jarayonidan chetlashtiriladi. Bu jarayonda bir tomondan bir guruh iqtisodiyot
tarmoqlarida qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga nisbatan qo‘shimcha
ehtiyojni
keltirib chiqarsa
, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida mablag‘larning ishlab
chiqarishdan chetlashishini keltirib chiqaradi.
Banklarning iqtisodiyotdagi rolini yuqori yoki pastligiga qator omillar ta’sir qiladi.
Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
1.Aholi va mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro
bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan
tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining 16 asosiy
o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va
mijozlarning banklarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan
bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini
pasayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |