“Pul va Bank” fanidan oraliq nazarot ishi
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon
Pulning paydo bo’lishi .
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida
pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikrimizcha pulning yuzaga chiqishiga bevosita
quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini yuzaga chiqishi.
2. Natural xo‘jalikdan asta —sekin tovarlarni
ishlab chiqarish va ularni
ayirboshlashga o‘ta
boshlashi
;
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol —mulk jihatidan mustaqil
mulkdorlarning shakllanib borishi;
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya
etila borishligi.
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib yashaganlar va ular
o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan,
chunki unga xech qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda
mahsulot
ishlab
chiqarilgan
, tovar emas. CHunki ushbu xo‘jalikda mahsulotlar o‘z
ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot
tasodifiy tarzda boshqa natural xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan
holos.
Dexqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilikning ajrab
chiqishi tufayli ularda
endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasida o‘zlaridagi etishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining
ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z
ehtiyojini
kondirish uchun emas, balki uni ayriboshlash maqsadida etishtirgan
mahsuloti tovarga aylandi.
Umumiy ekvivalentna o‘tishning
zaruriyati shundan iboratki
,
jamiyatda ishlab
chiqarish tarakkiyotining malum boskichida bozorda tovarlar ayirboshlashi
muntazam xodisaga, iqtisodiy xayotning muhim omiliga aylangan. Jamiyat azolari
tovarlar ayirboshlashsiz yashay olmay qolgan va xar bir ishlab chiqaruvchi mehnati
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, Faqatgina
umumiy
ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar uchun ulchov vositasiga
aylangan.
Bundan
malum bir tovar egasi
, o‘zining shaxsiy istemoli uchun zarur
bo‘lgan boshqa bir tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi etishtirgan tovarni bozorda
umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan.
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini rivojlanishi natijasida
bozor pul rolini uynovchi metallarga quyidagi talablarni qo‘yadi: