"Pul va Bank" fanidan oraliq nazarot ishi bia-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon


Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon



Yüklə 91,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü91,72 Kb.
#176888
1   2   3
Bank huquqi oraliq

Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pulning mohiyati va uning namoyon 
bo‘lish shakllari.
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat rivojlanishining 
asosiy dastaklaridan biri pul bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tish va unda ish yuritishda 
pulning mavqei va ahamiyati yanada oshib boradi. 
Darhaqiqat
, pul - «bozor tili» deb 
bekorga aytishmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, 
to‘lovlar, daromadlar va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy 
aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida pulning ahamiyatining oshishi shundaki, 
jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda ularning natijasi 
daromadi pul bilan bog‘liq. SHuning uchun ham, pul barcha iqtisodiy rivojlanish 
pog‘onalarida odamlarni o‘ziga jalb qilib kelgan. 
Avstraliyalik iqtisodchi olim K. Mengerning fikricha, Arastu va Aflotundan boshlab 
XX asrning boshigacha pul to‘g‘risida jahonda besh-olti mingdan ortiq maxsus 
ishlar chop qilingan. Agar biz, hozirgi kunda pul to‘g‘risida yozilgan va chop 
qilingan adabiyotlar soni 
bir necha marta oshib ketgan
, desak mubolag‘a bo‘lmasa 
kerak. Tadqiqotlar shunchalik ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, pul va uning 
xususiyatlari, har bir tizimda ishlatilishi, roli, iqtisodiyotga ta’siri, nega alohida 
olingan individumlar qo‘lida pulning ko‘payishi, ular boyligining ko‘payishiga olib 
keladiyu, jamiyat miqyosida muomaladagi pul massasining ko‘payishi jamiyat 


boyligi ortib borishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, degan savollarga hali to‘liq javob 
berilgan emas. 
Pul va uning vazifalari to‘g‘risida mavjud xorijiy mamlakatlar iqtisodchilarining 
qo‘llanmalarini olib qaraydigan bo‘lsak, pulning kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil 
g‘oya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bular ratsionalistik va evolyutsion 
g‘oyalardir. 
Ratsionalistik qarashning asoschilaridan biri Arastu bo‘lib, u pulning kelib 
chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir 
maxsus «qurol», kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli 
birlik ekanini aytadi. O‘zaro tovarlarni almashtirishda pul qatnashmaganda, tovarni 
sotish jarayoni tovarni sotib olish jarayoni sifatida yuzaga kelgan. Tovarlar 
o‘rtasidagi proporsiya tasodifan, masalan, sotilishi kerak bo‘lgan mahsulotga talab 
qay darajada va uning miqdori kam-ko‘pligiga bog‘liq holda o‘rnatilgan. 
Keyinchalik, shu tovarlar ichidan umumiy ekvivalent sifatida ba’zi tovarlar ajralib 
chiqdi. Jamiyatning rivojlanishi muomalaga metallarning kirib kelishiga olib keladi. 
Rivojlanishning birinchi bosqichlarida mis, bronza, 
temir ishlatilib
, almashinuv T-
P-T shaklida olib borilgan. XVIII asrlarning oxirigacha pul tomonlar o‘rtasidagi 
shartnoma vositasi deb qarab kelingan. Hozirgi vaqtda ham ba’zi chet el olimlari, 
masalan, Pol Samuelson pulni sun’iy sotsial shartlashish belgisi1 deb izohlagan. 
Boshqa amerikalik olim Jon Gelbreyt qimmatbaho metallarning pul vazifasini 
bajarishi bu kishilar o‘rtasidagi kelishuvning mahsuli ekanligini uqtiradi. 
Uzoq yillar davomida sobiq SSSRda pul va pul muomalasi sohasidagi tadqiqotlar K. 
Marksning ta’limoti asosida olib borilgan. U pulning kelib chiqishini tadqiq qilishda 
A. Smit, D. Rikardolarning tadqiqotlariga 
asoslangan holda
, pulning mohiyatini 
ochib berishga harakat qilgan. SHuningdek, u pulning o‘zi ham tovar ekanligini, 
pulning kelib chiqishi bosqichlarini izohlab bera oldi. U oltin va kumush qazib olish 
va ishlatish uchun ma’lum mehnat sarflanadi, shu mehnat oltin va kumushda 
gavdalangan holda, boshqa tovarlarning qiymatini o‘lchashning asosi bo‘lib xizmat 
qiladi, deb ko‘rsatgan. Hozirgi vaqtda yuqoridagiga o‘xshagan real pullar o‘rniga 
o‘z qiymatiga ega bo‘lmagan qog‘oz va kredit pullar muomalada ishlatilmoqda. 
SHuning uchun qog‘oz va kredit pullar pul kelib chiqishi to‘g‘risidagi ratsionalistik 
konsepsiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri isboti bo‘la olmaydi. Qog‘oz pullar yuzaga 
kelguncha, jamiyat bir necha rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tgan. 
Pulning kelib chiqish tarixi ko‘proq pulning evolyusion nazariyasi bilan bog‘liq. 
Tovar muomalasining evolyusion rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent 
shaklini har xil tovarlar o‘ynagan. Har bir jamoa o‘z tovarini ekvivalent sifatida 
o‘rtaga qo‘ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan ikki guruh 
tovarlarning ajralib chiqishiga olib keldi. Bular – birinchi ehtiyoj uchun zarur 
bo‘lgan tovarlar va zebu ziynat tovarlaridir. 


Ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishi 
natijasida 
dehkonchilik 
va 
chorvachilikdagi 
mehnat taqsimoti
, tovar turlarining ko‘payishi almashinuv 
jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashinuv jarayonida tovar egalari 
o‘zaro muloqotda bo‘lib, tovarning egasi o‘z mahsulotini (mulkini) baholagan. SHu 
baholash jarayoni biror o‘lchov birligi bo‘lishini taqozo qilgan. O‘tgan asrdagi 
iqtisodchilar pul – bu tovarlarning tovari, deb ifodalashgan va uning quyidagi 
xususiyatlarini izohlab berishgan: Birinchidan, pulning iste’mol qiymatida boshqa 
tovarlarning qiymati o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq 
mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil qiladi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi 
xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. 
SHunga asoslangan holda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi 
xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin. Uning 
maxsus tovar sifatida xususiyati shundaki, u barcha tovarlarning qiymatini o‘zida 
ifoda qiluvchi, umumiy ekvivalent hisoblanadi. 
Pul qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar pul bo‘lib qolaveradi. YUqoridagilarga 
asoslangan holda, pulning mohiyatini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin. Pul – bu 
maxsus tovar, umumiy ekvi-valent bo‘lib, abstrakt mehnat xarajatlarini o‘zida aks 
ettiradi va tovar xo‘jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. 
Pul to‘g‘risidagi evolyusion nazariya uning o‘lchov birligi va muomala vositasi 
ekanligini ochib beradi. 
CHet el iqtisodchilari pulning iqtisodiy kategoriya sifatida mohiyati va 
zarururiyatiga kam e’tibor qaratganlar. 1857 yilda taniqli ingliz iqtisodchisi 
U.Djevons, iqtisodiy fanlar uchun pul masalasi bu geometriyadagi aylana 
kvadraturasiga teng demakdir, degan ekan. SHuning uchun chet el iqtisodchilari bu 
bobni chetlab o‘tishgan. XX asrning 50 - yillaridagi darsliklarning mualliflari 
pulning mohiyatidan ko‘ra uning iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va bandlik, moddiy 
resurslar va ulardan foydalanishga ta’sirini o‘rganish muhimroqdir, deb 
ta’kidlashgan va ko‘p chet el olimlari shu yo‘nalishda ish olib borishgan. Hozirgi 
vaqtda pul to‘g‘risida bizda mavjud chet el adabiyotlarida ko‘rilgan masalalar 
fikrimizning isboti bo‘lishi mumkin. Haqiqatan ham, bozor iqtisodiyotga o‘tish 
sharoitida pulning zarurligi, mohiyatini tadqiq qilishdan ko‘ra, pulning 
iqtisodiyotga, 
ishlab chiqarishga
, bandlikka ta’sirini tadqiq qilish jamiyatimiz uchun 
ahamiyatliroq deb o‘ylaymiz. 
Pulning turlari. Pul o‘zining evolyusiyasi jarayonida metall (oltin, kumush, mis), 
qog‘oz, kredit pullar shaklida ishlatilib kelgan. Qiymatni o‘zida ifodalashiga ko‘ra 
pullar ikki turga bo‘linadi: 
– haqiqiy pullar; 
– haqiqiy pul izdoshlari - qiymat belgilari. 


Haqiqiy pullar nominal qiymatini o‘zida ifodalovchi, real qiymatga ega bo‘lgan 
metall pullar bo‘lib, ular har xil shakllarda chiqarilgan va keyinchalik amaliyotda 
qulay bo‘lgan aylana (shu shaklda metall emirilishi kam bo‘ladi) shaklda 
chiqarilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi tangalar bundan 26 asr oldin 
Lidiya va Xitoyda, XII asrlarda hozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda 
Kiev Rusida zarb qilingan. XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida tangalar, 
asosan, oltindan zarb qilingan, keyinchalik, oltin va boshqa qimmatbaho metallarni 
qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala 
vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida muomalaga qiymat belgilarini 
kiritish zarur bo‘lib qoldi. Oltin va kumush muomaladan yo‘qola bordi. 
Qog‘oz pullar. Pulning bu turi haqiqiy pullarning vakili bo‘lib, pulning muomala 
funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. 
Qog‘oz pullar yuzaga kelishining quyidagi bosqichlarini keltirish mumkin. 
1-bosqich – tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga 
o‘tishi 
natijasida emirilishi

2-bosqich – tangadagi metall tarkibining buzilishi. Davlat tomonidan ongli ravishda 
davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalar metall (oltin, kumush) 
miqdorining kamaytirilishi; 
Bu bosqichda tanga tarkibining buzilishiga oltin, kumush va boshqa qimmatbaho 
metallarni qazib chiqarish qiyinligi, ular zaxiralarining kamligi ham sabab bo‘lgan. 
3-bosqich – davlat tomonidan emission daromad olish maqsadida xazina 
biletlarining chiqarilishi. 
birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda chiqarilgan, deb ko‘rsatiladi. Lekin tarixiy 
ma’lumotlarga qaraganda, 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar, 
Buxoro davlatida qog‘oz materiallardan pul sifatida foydalanilgan ekan. 
Qog‘oz pullar Amerika va evropada XVII- XVIII asrlarda, Rossiyada 1769 yilda 
chiqarilgan. 
Qog‘oz pullar deb, hukumat tomonidan byudjet taqchilligini 
qoplash uchun 
chiqarilgan
, metall pullarga almashtirilmaydigan, lekin davlat tomonidan ma’lum 
kurs o‘rnatilgan pul belgilariga aytiladi. 
To‘la oltin va kumushdan bo‘lmagan tangalar muomalada pul sifatida ishlatilsa-da, 
ularning nominal miqdori real miqdoridan farq qilgan. SHunday bo‘lsa ham, bu 
tangalar ma’lum miqdordagi metallni ifodalagan. Qog‘oz pullar bo‘lsa, muomalaga 
chiqarilgan vaqtda va keyin ham uzoq yillar davomida ma’lum bir miqdordagi 
oltinni o‘zida ifoda qilgan. Ammo biror davlatning pulida metallning zarrasi ham 
bo‘lmagan, ya’ni ular qiymatni belgilab bergan, xolos. 


Qog‘oz pullarning emitenti davlat xazinasi yoki emission bank hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida muomalaga pul belgilarini O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki chiqaradi. Qog‘oz pullarning tabiati ularning inflyawiyaga 
moyilligini ko‘rsatadi. Qog‘oz pullarni muomalaga chiqarishda pul muomalasi 
qonuni talablarini e’tiborga olish kerak. Lekin amaliyotda har doim ham shu talablar 
e’tiborga olinavermaydi. Pul muomalaga tovar aylanmasi ehtiyojini qoplash 
uchungina chiqarilishi kerak. Haqiqatda pul yuqoridagidan tashqari, byudjet 
taqchilligini, davlatning boshqa xarajatlarini qoplash uchun ham chiqariladi, ya’ni 
emissiya miqdori tovar aylanmasi bilan cheklanmasdan davlatning moliyaviy 
resurslarga bo‘lgan talablariga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu, albatta, muomaladagi pul 
massasining o‘zgarib turishiga, aksariyat hollarda uning muomalaga keragidan 
ortiqcha chiqib ketishiga olib keladi. Natijada pulning barqarorligiga putur 
etadi, 
uning qadri tushadi
, xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi pasayadi, to‘lov 
balansining barqarorligi yo‘qoladi, (passiv qoldiq hajmi ortadi) milliy valyuta kursi 
tushadi va h. k. 
Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning etishmasligi 
kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to‘lov aylanmasining 
ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar bilan bir qatorda 
kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan. 
Kredit pullar deb kredit munosabatlar asosida yuzaga keluvchi, to‘lov vositasini 
bajaruvchi qiymat belgilariga aytiladi. 
Kredit pullar o‘zining mustaqil qiymatiga ega emas, chunki ularni yaratish uchun 
abstrakt zaruriy mehnat sarflanmaydi. Kredit pullar qog‘oz pullardan farq qilib, ular 
bir vaqtning o‘zida qiymatni ifodalaydi va u kredit hujjat bo‘lib, kreditor va qarz 
oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarning asosiy 
turlaridan biri vekseldir. 
Veksel – bu qarzdorning (oddiy veksel) yoki kreditorning (o‘tkazma veksel - tratta) 
ko‘rsatilgan summani, ko‘rsatilgan vaqtda va joyda to‘lash to‘g‘risidagi yozma 
majburiyati hisoblanadi. 
Banknota – kredit pullarning etakchi vakillaridan bo‘lib, Markaziy bank tomonidan, 
veksellarni hisobga olish yo‘li bilan chiqariladi. 
O‘tmishda banknota muddatsiz majburiyat bo‘lib, xohlagan vaqtda uni bankka 
topshirib, o‘rniga unda ko‘rsatilgan summaga oltin yoki kumush olish mumkin 
bo‘lgan. 
Hozirgi zamon banknotalari oltinga almashilmaydi. Lekin ular quyidagi yo‘llar bilan 
pul muomalasiga kelib tushadi: 


– xo‘jaliklarni bank tomonidan kreditlash orqali berilgan kreditlarning bir 
qismi 
muomalaga kirib keladi

– davlatni kreditlash, ya’ni banknotalar davlatning qarz majburiyati sifatida 
muomalaga chiqadi; 
– aktiv to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlarda rasmiy valyuta zaxiralarining o‘sishi 
orqali va boshqalar; 
CHek veksel va banknotadan keyin paydo bo‘lgan kredit vositasi hisoblanib, 
to‘lovchining o‘z bankiga uning schyotidan mablag‘ni oluvchining schyotiga 
o‘tkazib qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘idir. 
Banklar faoliyatida EHM lardan foydalanish elektron pullar yordamida qarzlarni 
to‘lashni tezlashtiradi. AQSHda pul mablag‘larining elektron o‘tkazish tizimi – 
EFTS (Electronicfunds Transfert Sistem) aylanmaning samarali bo‘lishini 
ta’minlamoqda. 
Hozirgi zamon amaliyotida qo‘llanilayotgan kredit kartochkalar naqd pullar o‘rniga 
hisob-kitoblarni olib borish uchun chiqarilgan bo‘lib, ular juda qulay va bir qator 
afzalliklarga ega. Kredit kartochka bilan barcha turdagi chakana savdo va 
xizmatlarga haq to‘lash mumkin. Hozirgi vaqtda kredit kartochkalar bank, savdo 
xizmatlarini to‘lashga mo‘ljallangan. 

Yüklə 91,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin