Standart. Standart toifaga kiritilgan aktivlar berilishida ikkilamchi to`lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta ta'minlangan bo`lishi lozim. Umuman olganda qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim noqulay vaziyatlar yoki yo`nalishlar mavjud bo`lib, agarda ular bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o`z vaqtida to`lash qobiliyatiga nisbatan shubha uyg`onishi mumkin. SHu bilan birga moliyaviy ahvol yoki garovni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo`lishi mumkin. Kredit hujjatlarida yetarlicha axborot bo`lmagan yoki garov ta'minoti bo`yicha hujjatlari bo`lmagan “YAxshi” kreditlar (aktivlar) ham “Standart” aktivlar sifatida tasniflanishi mumkin. To`lanmagan foizlari yangi kreditga aylanadigan (kapitallashtiriladigan) kredit hech bo`lmaganda “Standart” aktiv sifatida tasniflanishi zarur. Qisqa vaqt mobaynida (30 kungacha) kechiktirilgan kreditlar “Standart” aktivlar sifatida ko`rib chiqilishi mumkin. Biroq, kechiktirilish maqomi aktivning tasniflanishini baholashda asosiy omil bo`lmasligi lozim. “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo`yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz summasining 10 foizi miqdorida zahiralar tuzishi shart.
Substandart. Substandart aktivlar aniq ifodalangan kamchiliklar belgilariga ega bo`lib, bu holat dastlabki shartnomaga muvofiq qarz qaytarilishi shartlarining bajarilishiga shubha uyg`otadi. “Substandart” sifatida tasniflangan kreditlarda qarz to`lashning dastlabki manbai qarzga xizmat ko`rsatish uchun yetarli darajada bo`lmaydi va bank qarzni qaytarish uchun qo`shimcha manbalar (garovdan undirish va qarzdor tomonidan ssuda qaytarilmaganda garovni sotish, asosiy fondlarni sotish singari manbalar)ni qidirishga majbur bo`ladi. SHuningdek, substandart aktivlar ishonchli joriy moliyaviy ahvol va qarz oluvchining to`lov qobiliyati bilan himoyalanmagan. Substandart aktivlar odatdagiga nisbatan qoniqarli joriy moliyaviy axborotning yo`qligi yoki garov hujjatlarining yetarli emasligi bilan bog`liq bo`lgan tavakkalchilik darajasi ancha yuqori bo`lgan kreditlarni ifodalaydi. Ular bo`yicha foizlar yoki asosiy qarz 30 kundan ortiq muddat davomida kechiktirilgan ta'minlanmagan kreditlar, hech bo`lmaganda, substandart sifatida tasniflanishi zarur, shuningdek, 90 kundan ortiq muddat davomida kechiktirilgan ta'minlangan kreditlar ham substandart sifatida tasniflanishi lozim.
SHuningdek, quyidagi muammo yoki xususiyatlardan kamida bittasi mavjud bo`lsa, aktiv to`lov muddati to`lgunicha substandart sifatida tasniflanishi mumkin:
a) asosiy to`lov manbalari qarz to`lash uchun yetarli emas, bank garovga qo`yilgan mulkni sotish, qarz oluvchining boshqa asosiy mablag`larini sotish, to`lanishi lozim bo`lgan boshqa qarz mablag`larini qayta moliyalash kabilarni hisobga olgan holda qo`shimcha to`lov manbalarini topishi kerak;
b) qarz oluvchining joriy moliyaviy holati yoki uning pul mablag`larining mo`ljallanayotgan oqimi majburiyatlarni qoplash uchun yetarli bo`lmagan hollarda;
v) qarz oluvchi kapitali ko`p darajada yetarli bo`lmagan korxona bo`lgani taqdirda;
g) ushbu sohaga nisbatan yo`nalish va istiqbollar barqaror bo`lmagan holda;
d) kreditlar (aktivlar), garov qiymati asosiy qarz summasidan oshmagan, hech bo`lmaganda asosiy qarzning to`lanmagan summasiga teng bo`lgan holda (ya'ni kredit qisman ta'minlangan bo`lsa).
“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo`yicha bank asosiy qarzning to`lanmagan summasining 25 foiziga teng bo`lgan zahiralarni shakllantirishi lozim. SHubhali kreditlar substandart deb tasniflanuvchi kreditlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo`lib, mavjud sharoitda aktivlarning to`liq qaytarilishini shubha ostiga qo`yadi va kam ishonchli qilib qo`yadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Qiyin iqtisodiy vaziyatlarda ayniqsa koronavirus pandemiyasidan keyin kredit qaytmasligi xavf xatari va koʿp miqdordagi muommoli kreditlar koʿpgina davlatlarda kreditlash jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun insonlarning xulq atvoriga eʿtibor qaratish zaruriyatini tugʿdirdi. Shuningdek pandemiyadan keyin aholi daromadlari kamayganligini yoki boshqacha qilib aytganda kreditga nisbatan talab yanada ortganligini guvohi bo’ldik va bu o῾z navbatida zamonaviy kredit skoring modellaridan foydalangan holda kredir riskini kamaytirib kreditlashni taqozo etadi. Bunda albatta xulq-atvor iqtisodiyoti omillariga tayanish maqsadga muvofiq.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda bank tizimini har tomonlama takomillashtirish mamlakat iqtisodiyotini yangi imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Bank xizmatlarini zamonaviy jihatdan takomillashishi mamlakatdagi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solinishini hamda milliy iqtisodiyotni o‘sishida moliyaviy dastak bo‘lishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda bank-moliya tizimini shakllantirishda shu jumladan, tijorat banklarining investitsion jozibadorligini oshirish masalalari, shuningdek, hukumat tomonidan mamlakat bank sektorini modernizatsiya qilish bo‘yicha qabul qilingan bir qator oqilona qarorlar o'z taqbig'ini topmog'i lozim. Ana shundagina, banklar tijorat samaradorligini oshirish o‘rta va uzoq muddatli strategiyani shakllantirish mumkin