Pul va banklar fanidan mustaqil ish


Tijorat banklari kreditlarini tasniflash tizimi va mezonlari



Yüklə 97,65 Kb.
səhifə6/8
tarix14.12.2023
ölçüsü97,65 Kb.
#180413
1   2   3   4   5   6   7   8
kredit mustaqil ish

Tijorat banklari kreditlarini tasniflash tizimi va mezonlari.

Banklar va ular tomonidan beriladigan kreditlar respublika iqtisodiyotida muhim o`rin tutishi o`z-o`zidan aniq. Ayniqsa, bugungi global moliyaviy inqiroz sharoitida banklarning iqtisodiyotdagi ahamiyati yanada oshadi.


Tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslar moddiy – texnika bazasini tuzish, tiklash va ko`paytirish manbai bo`lib xizmat qiladi. Korxona va tashkilotlarga o`z mablag`lari bilan cheklanib qolmaslik, yangi pul mablag`larini xo`jalik oborotiga kiritish imkonini beradi va shu bilan ishlab chiqarishning o`sishi hamda jadallashishi uchun zarur iqtisodiy zamin yaratadi.
Kreditlashni tashkil etish kredit munosabatlarining ikki sub'ekti – bank(qarz beruvchi) va qarz oluvchining o`zaro majburiyatlari hamda manfaatlarini uyg`unlashtirishni nazarda tutadi.
Tijorat banklari tomonidan kredit operasiyalarini to`la – to`kis olib borish ular tomonidan kreditni tasniflash qay darajada tuzilganligiga bog`liq. Har bir bank siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy va boshqa jihatlarini hisobga olgan holda o`z kredit siyosatini shakllantirishi bank kreditlash faoliyatining muhim jihati hisoblanadi. Aktivlarni tasniflash tizimi barcha turdagi kreditlar, jumladan, bank kafolatlari, kredit liniyalari, banklararo kreditlar, overdraftlar uchun qo`llaniladi va balansdan tashqari majburiyatlarni tasniflashni ko`zda tutadi. Mazkur tizim boshqa bank aktivlari, jumladan, investisiyalar, qimmatli qog`ozlar oldisotdisi, olishga doir hisobvaraqlar, uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarni bajarish bo`yicha sotib olingan talab qilish huquqi va qaytarilmaslik xatari mavjud bo`lgan boshqa aktivlarni baholashda ham qo`llanilishi mumkin.
Kreditni tasniflash tizimi quyidagi mezonlar bo`yicha qarzdorni baholashdan boshlanadi:
- tendensiya va tarmoq (iqtisodiy sektor) kelajagi;
- qarzdorning moliyaviy ahvoli;
- mijozning kredit tarixi; - muayyan loyihaning iqtisodiy jihatdan asoslanishi (nizomi);
- korxonadagi rahbarlik va boshqarish sifati (agar kredit korxonaga berilsa).
Kredit taxlili va aktivlar tasnifi natijalari qarz oluvchining moliyaviy ahvoli, kreditlarni to`lash tarixi va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan garovning mavjudligi kabi omillarga bog`liq. Ushbu omillarni kredit portfeli va tijorat bankining boshqa aktivlariga xos bo`lgan tavakkalchilikni aniqlash va baholashda qo`llash juda muhimdir.
Bank aktivlari quyidagi tartibda va toifalar bo`yicha tasniflanadi: Yaxshi. Ushbu aktivlar bo`yicha qarzlarning o`z muddatida to`lanishi shubha tug`dirmaydi. Qarz oluvchi moliyaviy jihatdan barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlar, jumladan, mazkur qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag`lari oqimiga ega. Qarz oluvchi amalda bajariladigan, jumladan, bozorda raqobatlasha olish, yaxshi mahsulot ishlab chiqarishga doir strategik rejani taqdim etadi va o`z mahsulotlari uchun marketing rejasiga ega bo`ladi. Qarzdor mavqeini baholash kreditga doir to`lovlar tarixi, garovning bozorda sotilishi (mulk va ko`chmas mulk, kafolat) kabi omillarni o`z ichiga qamrab oladi. Garov “yaxshi ta'minlangan” kredit mezonlariga mos keladi. Garov amaldagi qonunchilikka muvofiq notarial jihatdan puxta tasdiqlangan bo`lishi va zarur hollarda tegishli mulk bitimini ro`yxatdan o`tkazish uchun belgilangan tartibda ro`yxatga olinishi lozim. Bank kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin ravishda uni garov hisobidan undirib olishi mumkin. Ta'minotga doir taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi kerak. “YAxshi” deb tasniflangan kreditlarda ular qaytarilmasligi alomatlari bo`lmaydi. Foizlar muddati o`tgan ssudalar “YAxshi” deb tasniflanishi mumkin emas.

Yüklə 97,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin