Pul aylanmasi va uning mohiyati
Pul aylanmasi - bu ma’lum bir davr uchun naqd va naqdsiz shaklda barcha to`lovlarning yig’indisi. Muomala va to`lov vositasi vazifasini bajaruvchi to`lov aylanmasiga naqd va naqdsiz operatsiyalarda pul mablag’lari harakati, shuningdek boshqa to‘lov vositalarining harakati: cheklar, veksellar, depozit sertifikatlari, ya`ni pul vazifalarini bajarishga qodir muomaladagi pul vositalari kiradi.
Milliy to`lov tizimini yaratish pul va to`lov aylanmasining quyidagi asosiy vazifalarini hal qilishni nazarda tutadi:
• doimiylik; • xavfsizlik; • samaradorlik; • adolat.
Pul aylanmasi 2 yirik qismdan iborat: 1. Naqdsiz pul aylanmasi 2. Naqd pul aylanmasi Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag’larining to`lovchining bankidagi hisob raqamida oluvchining hisob raqamiga ko`chirish shaklidagi harakatlarining yig’indisidir.
Naqd pul aylanmasi bu pullarning naqd ko`rinishidagi harakatlarining yig’indisidir. Naqd pul aylanmasi – bu naqd pullarning doiraviy aylanishining doimiy ravishda takrorlanishidir. Naqd pul aylanmasi bu pul mablag’larining naqd ko`rinishidagi aylanmasidir.
Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi.
Pul aylanmasi – bu pullarning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlarning yig‘indisidir.
I. SHakerning ta’rif berishicha, pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo‘lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo‘lib, bunda pullar muomala vositasi va to‘lov funksiyasini bajaradi. Pulning bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishini SHaker doiraviy aylanish- deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga otishi. Pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Pul aylanmasidan tashqari to‘lov aylanmasi degan tushuncha mavjud.To‘lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To‘lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag‘larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarning yig‘indisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
Obligatsiyalar – o‘z egasiga qat’iy belgilangan foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘oz.
Davlatning xazina majburiyatlari.
Depozit sertifikatlar –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz.
Jamg‘arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog‘oz.
Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to‘ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo‘yadi
Dostları ilə paylaş: |