Pul va banklar fanidan mustaqil ta’lim Reja: Pul nazariyalari Pulning nominallik naariyasi



Yüklə 29,84 Kb.
səhifə2/7
tarix25.03.2023
ölçüsü29,84 Kb.
#89807
1   2   3   4   5   6   7
Pul va banklar fanidan mustaqil ta’lim

Pulning nominallik nazariyasi

Pulning nominallilik nazariyasining asoschilari bo`lib Angliyalik ruhoniy va faylasuf J.Berkli va Angliyalik iqtisodchi J.Styuard hisoblanadi. Ular bu nazariyaning yetakchisi. Bu nazariyani rivojlantirishga eng katta hissa qo`shgan olim G.Knapp. 1905- yilda Knappning ‘’Pulning davlat nazariyasi’’ nomli kitobi nashrdan chiqdi. Pulning naminallilik nazariyasi XVIII asrda paydo bo`lgan. Ushbu nazariya namoyondalari pulning Tovar xususiyatini inkor etdilar. Ular aytadiki pul qiymat va iste`mol qiymatiga ega emas. Pulning qiymati unga qo`yilgn nominali bilan belgilanadi.



  • Knapp pulning nominallilik nazariyasini rivojlantirar ekan quyidagi xulosaga keldi.

  • Pulni davlat yaratadi;

  • Pulning asosiy funksiyasi bu to`lov vositasi funksiyasidir;

  • Davlat pulga xarid qobilyatini beradi;

  • Pulning xarid qobilyati davlatning qonun hujjatlari bilan belgilanadi;

Keyns pulning nominallilik nazariyasi tarafdori u aytadiki qog`oz pullarning oltin tangalarni muomaladan siqib chiqarishi Knappning buyuk g`alabasidir.
Pulning mohiyati 3 shaklda namoyon bo`ladi.

  • 1. Pul barcha tovarlar qiymatini o`zida ifoda etuvchi umumiy ekvivalentdir.

  • 2. Pul mustaqil almashinuv xususiyatiga ega. Pul tovarlarsiz ham erkin harakatlana oladi. (talabalarga stipendiya, oylik maoshlar, soliqlar, bankdan kredit olish)

  • 3. Pul buyumlashgan mehnatning tashqi o`lchovi.

  • Nominalistlar baho masshtabi deganda milliy valyutaning oltin asosiga aytiladi.

  • Nominalistlar oltinga almashmaydigan qog`oz pullar muomalasini afzal ekanligini e`tirof etadilar. Hozir dunyoda hech bir valyuta oltin asosiga ega emas. Hozirgi davrda muomlaga chiqarilayotgan naqd pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta`minlanadi.

  • Nominalizmning asosiy xatosi shundaki, bu nazariya bo‘yicha pulning qiymati davlat tomonidan aniqlanar edi.

  • Nominalistlar pulning qiymat o‘lchovini va baholar masshtabini aralashtirib yubordilar. J. Styuart pulni teng bo‘lgan bo‘laklardan iborat masshtab sifatida aniqladi. Shu bilan birga, agar buning asosida masofa mavjud bo‘lsa, geografik masshtabni tushunish va ishlatish mumkin. Agar u qandaydir og‘irlikka ega bo‘lsa, mahsulot og‘irligini o‘lchash mumkin. Shu kabi pul ham qiymat o‘lchovi funktsiyasini bajarishi uchun tovar bilan qandaydir jinsdoshlikka ega bo‘lishi kerakligini qayd qilib o‘tdi.

Pulning metallik va nominallik nazariyalar
Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o`z qarashlarini 1581-yilda Londonda chop etilgan “Vatandoshlarimizning ba`zi odatiy arizalarining qisqartmasi” nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi.

Yüklə 29,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin