Pulatova Xurshida Ahrolovnaning Matematika o’qitish metodikasi


Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda muhimdir



Yüklə 99,22 Kb.
səhifə2/4
tarix20.04.2023
ölçüsü99,22 Kb.
#100887
1   2   3   4
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda kompetensiyaviy yon

Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikr almashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona - o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir.
Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’ liqdir. Bola jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi.
Kommunikativ kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. Ulg’ayayotgan kishining hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi, texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi.
Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yosh xususiyatiga ko‘ra esa voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish zarurki, barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular bilim sanalmaydi. Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan uzluksiz ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta miqdordagi yuklama esa o‘z- o‘zidan inson miya faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida tushkunlikni keltirib chiqaradi. Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladiI.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin:
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun kurash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik; -o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash. Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi.
Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondashish talab qilinadi.
O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy "men"ini anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o'tishida muhim rol o'ynaydi.
Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy jarayonlar ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni belgilash, qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va mustahkamlashda ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati kattadir. Bolalarga biron mehnat topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining mayl-xohishlarini yengib, mehnat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarishga intiladilar. Bolalardagi irodaviy harakatlami rivojlantirish maqsadida ularni o'z- o'ziga xizmat qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim. Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi.
Bundan tashqari bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik, mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar irodasining bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter xislatlariga aylanib ketgan darajada bo'lmaydi. Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa, o'zlari mustaqil ravishda bartaraf qilishga urinadilar.

Yüklə 99,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin