Hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda pulning vazifalari to`g`risida turli qarashlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar pulning 5 ta vazifasini tan olsalar, ayrimlari 4 tasini, boshqalari esa faqat 3 tasini e`tirof etadilar. Pul qiymat o`lchovi Avval ta`kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi bo`lib xizmat qiladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi.
Tovar qiymati qancha yuqori bo`lsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past bo`lsa, bahosi shuncha arzon bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi uning qiymati asosida shakllanadi, ya`ni tovar bahosi uning qiymatiga teng bo`lishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda ko`p omillar, shu jumladan bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta`sir etadi.

Bu omillarning biri tovar bahosini ko`tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori bo`lishi baland narxni taqozo etsa, raqobat kurashi hamda taklifning ko`payishi uni pasaytiradi. Pul - muomala vositasi Iqtisodiyotda tovarlar harakati pul harakatini keltirib chiqaradi va aksincha, pul harakati tovarlar harakatini ta`minlaydi. Pul yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Pulning muomala vositasi ekanligi tovarlarni naqd pulga sotilishi jarayonida namoyon bo`ladi. Bu vazifani banklar tomonidan muomalaga chiqariladigan banknotlar va tangalar bajaradi. Bunda tovar harakati pul harakatiga mos keladi, ya`ni bir vaqtning o`zida pul to`lanadi va tovar sotib olinadi.