print(satr.format(ism = "Abbosbek", yosh = 20)) Uning ismi Abbosbek, yoshi 20 da
ma’lumot to’Plamlari va turlari
Pythonda ma’lumot to’plamlarining turlari 4 xil. Ulardan odatda bir nechta yoki undan ham ko’p qiymatlarni saqlashda foydalanamiz. Bizga kerakr bo’lganda o’sha to’plamlarga murojaat qilib tegishli qiymatlarni olamiz.
Har bir ma’lumot to’plamining o’z xususiyatlari bor va shunga ko’ra ularni kerakli joyda tanlab ishlatamiz. Darsimiz davomida barcha turlarning xususiyatlarini ko’rib chiqamiz:
List – tartiblangan va o’zgaruvchan ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin.
Tuple – tartiblangan va o’zgarmas ro’yxat. Elementlarini dublikatlash mumkin.
Set – Tartiblanmagan va indekslanmagan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi.
Dictionary – tartiblanmagan,o’zgaruvchan va indekslangan to’plam. Elementlari dublikatlanmaydi.
Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda tegishli joylarda qo’llaniladi. Ularni birma-bir ko’rib keyingi mavzularda ko’rib chiqamiz.
list (ro’yxat)
List- Pythonda erkin turdagi obyektlarning o`zgaruvchan qatorlashgan kolleksiyasi hisoblanadi (massivga o`xshash, lekin tiplar har xil bo`lishi mumkin). Ro`yxatlardan foydalanish uchun ularni tuzish kerak. List – aytib o’tganimizdek tartiblangan va o’zgaruvchan ro’yxat. Ro`yxatni har xil yondashuvlar yordamida yaratish mumkin. Uni kvadrat qavslar bilan hosil qilamiz:
mashina = ["Audi", "Mustang", "Ferrari"] print(mashina)
list() konstruktori
List ro’yxatini list() konstruktori yordamida hosil qilish mumkin. Bunday holatda kvadrat qavslar ishlatilmaydi:
meva = list(("olma", "banan", "apelsin", "nok", "uzum")) print(meva)
Elementlarga murojaat
List elementlariga murojaat qilish uchun, murojaat qilinayotgan elementning indeksi ko’rsatiladi. Sanoq har doimgidek 0 dan boshlanadi. Quyidagi kodimiz isga tushsa, ekranga ikkinchi element chiqadi: